283
asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi
tahrirdagi Soliq kodeksi, keyingi yillarda unga va Yer kodeksiga kiritilgan bir
qator o‘zgartish va qo‘shimchalar ushbu tizimni yangilash va modernizatsiya qilish
masalalarini qamrab oldi.
Ushbu qonun hujjatlarining hamda ularga kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalarning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi yerlarini, ayniqsa sug‘o-
riladigan yerlarni noqishloq xo‘jaligi maqsadlariga ajratishning
huquqiy-iqtisodiy
choralarini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratish, ayniqsa yer-soliq tizimining
rolini oshirish, mazkur tizimda islohotlarni yanada erkinlashtirishga xizmat
qiladigan me’yorlarni joriy qilish va bu boradagi munosabatlar sub’ektlarining
manfaat va javobgarligini yanada aniq balgilash edi. Ana shu maqsadlarga erishish
uchun bu boradagi tashki-liy-iqtisodiy mexanizmni
yanada aniqlashtirishga
qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari
qabul
qilindi.
Masalan,
1998
yil
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 26 dekabrdagi 539-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi
tovarlari ishlab chiqaruvchilarining byudjet oldidagi majburiyatlarini amalga
oshirish mexanizmi soddalashtirildi va u yagona yer solig‘i shaklida belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish-ning mazkur
mexanizmi yerni xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatida emas, balki yerni resurs sifatida
soliqqa tortish ob’ektiga aylantiradi, ya’ni yagona yer solig‘ining tizimi,
ayniqsa
uning miqdori, yerdan foydalanish, soliq to‘-lovchi-qishloq xo‘jalik korxonasining
xo‘jalik-moliyaviy faoliyati nati-jalariga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi.
Boshqacha aytganimizda, qish-loq xo‘jaligida soliq yuki mehnat, daromad,
investitsiya va tadbirkorlik zimmasidan yer va u bilan bog‘liq resurslar zimmasiga
o‘tkaziladi.
Mazkur mexanizmning iqtisodiy mazmun-mohiyati shundaki, soliq to‘lovchi
– qishloq xo‘jalik korxonasi yerdan foydalanishni moliyaviy zarar bilan yakunlasa
ham soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilinmaydi yoki aksin-cha, uning rentabellik
darajasi yuqori bo‘lgan sayin, soliq to‘lovining miq-dori shuncha pasayib boradi.
284
Yagona yer solig‘i tizimi qishloq xo‘jaligi yerla-ridan, ayniqsa, sug‘oriladigan
yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlan-tirish, yerdan foydalanuvchilar –
qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini soddalashtirish,
tabaqalashgan tarzda soliqqa tortish oqibatida ular
uchun bir xil sharoitlarni
ta’minlash, byudjet daromad-larini barqarorlashtirish hisobidan yerlarning
unumdorligini oshirishga qaratilgan choralarni ko‘rish va, eng muhimi, qishloqda
yer munosabatlarini ijtimoiy adolatga tayangan holda tashkil etish imkoniyatlarini
yaratadi.
Lekin tahlillar ko‘rsatmoqdaki, yuqorida nomi keltirilgan qaror bilan
amaliyotga joriy etilgan yagona yer solig‘i tizimining ta’kidlab o‘tilgan
muhim
qulaylik va engilliklari bilan birga muayyan kamchiliklari ham mavjud. Masalan,
birinchidan, yerdan foydalanuvchi-qishloq xo‘jaligi korxonasining avval to‘lab
kelgan soliqlari yig‘indisini faqat ma’lum foizga oshirilishi sifatidagi uslub
ekanligi, ikkinchidan, uning ilmiy-nazariy asoslarining sayoz ekanligi va,
uchinchidan, keyingi yillarda yerning “me’yoriy qiymati”dan olinadigan soliq
summasiga har xil yig‘im va to‘lov-larning ham kiritilishi
oqibatida uning asl
mazmun-mohiyati o‘zgarib ketganligi va hokozo.
Yagona soliq tizimining yuqorida qayd qilingan va boshqa kamchilik-larini
bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 19
aprelda №1563 bilan qayd qilingan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining
me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik Yo‘riqnomasi” ning joriy
etilishi qishloq xo‘jaligi yerlari-dan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini
shakllantirishga yangicha yondashuvni
ifoda qilibgina qolmasdan, balki tarmoqda
yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini yanada oshirishga, byudjet bilan
munosa-batlarni to‘g‘ri tashkil qilishga ham xizmat qildi. Lekin mazkur Yo‘riq-
nomada belgilangan mexanizmni tanqidiy o‘rganish natijasida uni tako-
millashtirish nuqtai nazaridan o‘z fikrlarimizni bayon qilmoqchimiz.