Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1. Yer mulkchiligining iqtisodiy mazmuni, ahamiyati, uning mamlakat mulk 
tizimidagi o‘rni nimalardan iborat? 
2. Yer mulkchiligining vazifalari bilan iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro 
bog‘liqligini tushuntiring. 
3. Yer mulkchiligining shakllari, ularning xususiyatlari nimadan iborat 
4. Yerga davlat mulchiligiining mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini 
tushuntiring. 
5. Yerga xususiy mulkchilikning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyalarini 
tushuntiring.
6. Yer mulkchiligi xarakterini belgilovchi omillar xarakterini tushuntiring. 
7. O‘zbekistonda yer mulkchiligi rivojlanishida mavjud muammolarning 
mazmuni va sabablarini tushuntiring. 
8. Yer mulkchiligi bilan yerdan foydalanish tizimi, yer kadastri, geoaxborot 
tizimlari, hududlarni tashkil etish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi nimadan 
iborat? 
9. Yer mulkchiligini realizatsiya qilish mexanizmi, uning mazmuni va 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar nimalardan iborat?
10. Yer mulkchiligi yuzasidan xalqaro tajribalarning o‘ziga xos jihatlari 
nimadan iborat?
 
 
 
 
 
 
 
 


212 
12. YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH, UNING
VAZIFALARI VA USLUBLARI
Bozor sharoitlarida yerdan yanada samaraliroq foydalanishni ta’min-lash 
hamda rag‘batlantirish uchun uning doimiy va to‘xtovsiz takror taqsimla-nishi 
kuzatiladi. Bunday takror taqsimlash asosan yer uchastkalarini xarid qilish – sotish 
orqali bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda yer bozori shakllanmoqda va yer 
bilan bog‘liq bitimlar soni ko‘payib bormoqda va bunda yirik shaharlarda 
ko‘chmas mulkning narx – navosi o‘sib borishi ham muhim rol o‘ynamoqda. 
Hozirgacha mablag‘larni qo‘yishning eng daromadli sohasi uy-joy ko‘chmas 
mulkini xarid qilish va uni keyinchalik sotish bo‘lsa, endi esa mablag‘ni yer 
uchastkasini xarid qilishga qo‘yish aksariyat jihatdan foydaliroq hisoblanmoqda. 
Biroq, yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqining bo‘lmasligi hamda ko‘chmas mulk 
egalariga huquqiy kafolatlarning yo‘qligi yer bozorining jadal rivojlanishi uchun 
to‘sqinlik qiladi. 
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 
yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-5623 son Farmoniga ko‘ra, urbanizatsiya jarayonlarining davlat 
tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining 
aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish 
maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va 
inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni 
kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-
sharoitlar yaratish belgilangan va 2019-yil 1-iyuldan yuridik shaxslar – 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan 
yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan bino va inshootlar, sanoat 
infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash 
hududlardagi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi 
yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga egaligi, jismoniy shaxslar – 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularga yakka tartibda uy-joy qurish va turar 


213 
joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish 
huquqiga egaligi, yer uchastkalarini xususiylashtirish jismoniy va yuridik 
shaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan 
amalga oshirilishi, xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk (fuqarolik 
muomalasi ob’ektlari) hisoblanishi va daxlsizligi, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinishi, 
yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan 
holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshirilishi, “Qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul 
qilish, xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar 
miqdorlari, shuningdek ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul 
qilish, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi 
Urbanizatsiyani 
rivojlantirish 
jamg‘armasiga 
yer 
uchastkalarini 
xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash, keyinchalik tushgan 
mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion 
savdolari orqali sotish, ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va 
joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni 
institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish, 
shuningdek milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya 
institutlari mablag‘larini jalb qilish kabi O‘zbekistonda yer aylanmasini tashkil 
qilishning prinsipial nuqtai nazardan yangi va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning sifat 
jihatidan yanada yuqori darajasini ta’minlashga qaratilgan qoida va mexanizmlar 
belgilab berilgan. 
Ushbu Farmonning qabul qilinishi munosabati bilan xususiylash-tirilgan yer 
uchastkalari oboroti chegaralanmaydi, ular harid qilish – sotish, ayirboshlash, 
hadya qilish, meros, ijara va garov ob’ektlari bo‘lishi mumkin. Lekin, yer 
uchastkalarini ajratishning amaliyotdagi tizimi yerga bo‘lgan huquqning 


214 
cheklanganligi munosabati bilan korxonalarga mavjud yerning bozor oborotidan 
to‘liq foydalanish imkoniyatini bermas edi. Bir tomondan, korxona davlat 
hokimiyati organlarining yer uchastkasini doimiy foydalanishga berish 
to‘g‘risidagi u bilan tuzilgan shartnomani xohlagan vaqtda bekor qilmasligi 
haqidagi ishonchli va mustahkam kafolatga ega emas edi. SHuning uchun 
foydalanishga berilgan yer uchastkasiga katta miqdorda mablag‘ni investitsiya 
qilishga xavfsirar edi. Boshqa tomondan, ko‘p mulkdorlar bino va inshootlar 
ko‘rinishidagi ishlab chiqarish quvvatlarini xususiylashtirish paytida avtomatik va 
bepul yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olishdi, bu yerlar o‘nlab, hattoki 
yuzlab gektarni tashkil qilib, turli xil sabablarga ko‘ra bunday yerlardan samarali 
foydalana olmayaptilar. Natijada ko‘p miqdordagi ishlab chiqarish maydonlari 
foydalanishdan chiqarilgan, chunki investitsiya qilishga tayyor boshqa 
tadbirkorlarning bunday yerlarni olishga yo‘li va imkoni chegaralangan edi. 
Respublikaning ko‘p shaharlarida sanoat zonalari noproporsional katta 
salmoqqa ega. Toshkent shahrida uning maydoni umumiy qurilish maydonining 
qariyb 14,0% ni, turar-joy qurilish maydonlarining 2/3 qismini tashkil etadi. 
Shahar markazidan 7 - 8 km radiusda infratuzilmasi yaxshi rivojlangan eng qimmat 
yerlar sanoat korxonalari bilan band qilingan. Ushbu jihatga muvofiq, yer 
munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ishlab chiqilgan 
bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- birinchidan, shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasining yuridik shaxslari - mulkiy huquq asosida o‘zlariga qarashli yoki 
ular tomonidan xususiylashti-riladigan bino va inshootlarni, ishlab chiqarish 
infratuzilmasi ob’ekt-lari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek mazkur 
ob’ektlarga tutash yer uchastkalarini qo‘llaniladigan texnologiya jarayonlari, 
shahar qurilishi norma va qoidalarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish 
faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda xususiylashtirish 
huquqiga ega bo‘ladilar. Bunda yer uchastkalarini xususiylashtirish bozor 


215 
qiymatidan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkka egalik 
huquqini rasmiylashtirgan holda ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi; 
- ikkinchidan, xususiylashtirilmagan, O‘zbekiston Respublikasining yuridik 
shaxslari – rezidentlari tomonidan doimiy foydalanib kelinayot-gan yer 
uchastkalari ellik yilgacha, ammo o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan uzoq muddatli 
ijaraga takrordan rasmiylashtirilishi; 
- uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari – rezidentlariga 
yakka tartibda uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish uchun 
ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi berilgan. Bu xuquq 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilingan paytda amalda 
egallab turilgan va o‘rnatilgan tartibda berilgan kadastr hujjatlarida belgilangan 
chegara va miqdorda doimiy foydalanish yoki umrbod meros qilib qoldiriladigan 
egalik huquqi bilan uchastkalarga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriylik 
asosida, yer uchastkalarini yakka tartibda uy-joy qurilishiga kim oshdi savdosi 
asosida qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda sotish chog‘ida, tomonlar – 
ko‘chmas mulkni begonalashtirayotgan yoki sotib olayotgan (qabul qilayotgan) 
shaxsning ahd-lashuvi bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joyni sotish yoki hadya etish 
(yaqin qarin-doshlar bundan mustasno) chog‘ida majburiy tartibda amalga 
oshiriladi. Bevosita iqtisodiyot va yerdan foydalanuvchilar uchun yerga bo‘lgan 
xususiy mulkchilikni joriy etishning afzallik tomonlari va ijobiy samarasi 12.1 – 
sxemada ifodalangan. 
Yer uchastkalarini xususiylashtirishda mavjud bino-inshootlarning real qiymatini 
to‘liq aks ettirish va noqonuniy hamda maqsadsiz o‘zlashtirishning oldini olish 
muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan ham, ushbu jarayonda, avvalambor, 
yuridik shaxslarga tegishli bino va inshootlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini 
xususiylashtirish hamda bozor qiymatini va bino va inshootlar bilan band bo‘lgan 
yer uchastkalari, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun 
zarur bo‘lgan ularga tutash uchastkalarning chegaralarini belgilash, yakka tartibda 
uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish uchun beriladigan yer 


216 
uchastkalarini xususiylashtirish va ularning bozor qiymatini aniqlash hamda yer 
uchastkalarini ijaraga berishning huquqiy va iqtisodiy asoslari 
shakllantirilmog‘i lozim.
Bunda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga, merosga umrbod egalik 
qilish va ijaraga, savdo hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ostidagi yer 
uchastkalarini xususiylashtirishga berish (sotish)ga alohida yondashish zarur. 
Jumladan, yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolar va yuridik shaxslar 
uchun rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi tadbirlar, xorijiy investorlar uchun 
esa bazaviy bozor qiymatidan past bo‘lmagan boshlang‘ich qiymat bilan 
investitsiya majburiyati ostida amalga oshirilishi lozim. 
Yerni xarid qilish xarajatlarini mahsulot tannarxiga kiritish mumkin 
emasligi va u korxona uchun sezilarli moliyaviy yuk ekanligini hisobga olib, 
yuridik shaxs tomonidan yer uchastkasini xususiylashtirish yuzasidan to‘lov 
muddatini 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish, tendyer yoki tanlov 
bo‘yicha investitsiya majburiyati bilan sanoat ishlab chiqarishini tashkil etayotgan 
xususiylashtirilgan yoki xususiylashtirilayotgan yuridik shaxslar uchun esa, 5 
yilgacha muddat berish mexanizmidan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim. 


217 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish