Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

2.1-jadval. 
O‘zbekiston Respublikasida 1 kishiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar
maydoni
 
Yillar 
1 kishiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yerlar maydoni, 
gektar 
1940 
0,31 
1960 
0,26 
1970 
0,20 
1980 
0,19 
1990 
0,17 
2000 
0,17 
2006 
0,15 
2016 
0,11 
2017 
0,11 
2018 
0,10 


39 
keltiradi, mazkur eroziyalar oqibatida yerning unumdor qatlami yo‘q bo‘ladi. Tekis 
relefga ega bo‘lmagan, yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lgan regionlarda yuza suv 
eroziyasi xosdir. Sug‘oriladigan dehqonchilik hududlarida esa irrigatsion eroziya 
uchraydi. O‘rtacha va kuchli shamollar harakatlanadigan hududlarda shamol 
eroziyasi vujudga keladi. 1-3 sm qalinlikdagi unumdor tuproq tabiiy sharoitlarda 
bunyod bo‘lishi uchun 200 yildan 1000 yilgacha vaqt talab etilsa, eroziyalar tufayli 
tuproq qatlamining buzilishi 20-30 yil ichida ro‘y berishi mumkin. Har kuni 
dunyoda eroziya jarayonlari oqibatida qishloq xo‘jaligi oborotidan 3 ga ekin 
maydonlari yo‘qotilmoqda. O‘zbekistonda 1,5 mln. ga ekin maydoni suv va 
shamol eroziyasiga uchragan, bu yerlarning yarmida muntazam ravishda eroziyaga 
qarshi kurash olib borilishi talab etiladi. Eroziya jarayonlari uchraydigan yerlarda 
hosildorlik, odatda, 20-40% kam bo‘lib, texnik mexanizmlar ishlatilishi 
qiyinlashadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy shart-
sharoitlarining 
yomonlashuvi 
bilan 
birgalikda, 
biogeotsenoz 
buzilishi 
kuzatilmoqda, uning natijasida tabiatda bioekologik muvozanat buzilmoqda. 
Masalan, yerlarning sho‘rlanishi nafaqat ulardan foydalanishning iqtisodiy 
samaradorligini pasaytirmoqda, balki biogeotsenoz buzilishlariga olib kelib, atrof-
muhitning tabiiy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda esa, turli 
melioratsiya tadbirlarining o‘tkazilishi ushbu jarayonlarning salbiy oqibatlari bilan 
kurashish vositasidir. Buning uchun yerlar sho‘rlanishiga qarshi qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini joriy qilish, irrigatsiya kanallari 
filtratsiyasini amalga oshirish, tomchilash usulida sug‘orish, drenaj tizimi 
yordamida minerallashgan suvlarni chiqarib yuborish, yerlardagi tuz miqdorini 
minimallashtirish maqsadida tuproq qatlamini yuvish kabi tadbirlar o‘tkazilishi 
kerak. 
Tuproqning va atrof muhitning ifloslanishi, umuman olganda, insonning 
tabiatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan faoliyatining oqibatidir. 
Bugungi kunda tuproqlarning holatini tahlil qilish ularning sanoat chiqindisi, 
issiqlik elektr stansiyalar kuli, qurilish axlati, neftning oqib ketishi, qishloq 


40 
xo‘jaligida zaharli ximikatlarning ehtiyotsizlik bilan ishlatilishi, maishiy ishlatilgan 
oqava suvlar, shahar maishiy chiqindilari bilan ifloslanib ketganligini 
ko‘rsatmoqda. Qolaversa, sanoat chiqindilari bilan ifloslangan atmosferadan 
yoqqan yog‘inlar yana tuproqni ifloslantiradi. Zaharli ximikatlar, barqaror 
gyerbitsidlar va sintezlashtiruvchi kimyoviy moddalar yerda to‘planib, tuproq 
mikroorganizmlarini halok etadi, o‘simliklarga singib, ularga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bularning barchasi tuproq hosil bo‘lish jarayonining buzilishi, tuproq 
unumdorligining yomonlashuvi, biosferada biotiklar almashinuvining buzilishiga 
olib keladi. 
Yaylovlarda, ayniqsa cho‘llarda, tuproqni muhofaza qilishda qum 
ko‘chishlarining oldini olish va mustahkamlash, ulardan tuproqni tiklashda 
foydalanish ham muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu o‘rindi tuproq ustini 
bitumlash, maysazorlar yaratish, daraxt-butalar bilan o‘rmonlashtirish, saksovul 
plantatsiyalarini yaratish va ularni chiziqli joylashtirish orqali himoya to‘siqlarini 
barpo etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Ushbu tadbirlarga 
yaylovlardagi 
maysazorlardan 
oqilona 
foydalanish, 
xo‘jaliklarda 
ko‘kalamzorlashtirish ishlarining olib borilishi ham kiradi.
Mamlakatning juda katta hududlarini o‘z ichiga olgan noqishloq xo‘jaligi 
yerlaridan foydalanish jarayonida yerlar tuproq qatlamining buzilishi karerlardan 
foydalanish, tog‘ jinslarining ko‘chishi, yo‘llar, kanallar, truboprovodlar va boshqa 
sanoat va fuqaro ob’ektlar qurilishi va infrastruktura tizimlarining barpo etilishi 
oqibatidir. Bu jarayonlar esa, pirovard natijada relef va landshaftning buzilishi yoki 
umuman o‘zgarib ketishiga, tuproq qatlamining ifloslanishiga olib keladi. Yerlarni 
tiklash va uni xo‘jalik oborotiga qayta kiritish rekultivatsiya orqali amalga 
oshiriladi. Bunda eng muhim tadbir bo‘lib tuproq qatlamini saqlab qolib, undan 
yerlarni rekultivatsiya qilishda foydalanish hisoblanadi. 
Yerlarni muhofaza etishning ekologik jihatining muhim masalalari sifatida 
yerlarni eroziya, sho‘rlanish, ifloslanish, botqoqlanish, cho‘llanish, qum 
ko‘chkilarining bosib qolishi, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan 


41 
zaharlanishdan saqlash; yer resurlarini takror ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi 
oborotidan yerlarni chiqarish jarayonini imkon qadar kamaytirish yoki butunlay 
to‘xtatish, ilmiy asoslangan holda yangi yerlarni o‘zlashtirish, yerdan oqilona 
foydalanayotgan tidbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish 
kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Yerlardan foydalanish samaradolrligini aniqlashda tabiat kuchlarining 
salbiy ta’siri va inson faoliyati oqibatida yerlarning kelgusidagi yomonlashuvi, 
unumdorligi past yerlardan foydalanishga o‘tilishi, qishloq xo‘jaligi oborotidan 
yerlarning chiqarib yuborilishining oldini olish uchun ketgan sarf-xarajatlar ham 
inobatga olinadi, ya’ni: 
E
ekol 
= S
dar
– Z
ekol 
– S
dar
– P
dar
( 2.3 )
bu yerda: 
E
ekol 
– yerlardan foydalanishning ekologik samaradorligi; 
S
dar
– yerlarning ekologik ahvolini yaxshilash natijasida ulardan foydalanish 
samaradorligining oshishi; 
Z
ekol 
– yerlarning ekologik ahvolini yaxshilash uchun ketgan sarf-xarajatlar; 
S
dar
– yerlarning ekologik ahvoli yomonlashuvi oqibatida yer 
samaradorligining pasayishi; 
P
dar
– ekologik holat tufayli xo‘jalik oborotidan chiqarib yuborilgan 
yerlardan olinadigan daromadning yo‘qotilishi. 
Yer resurslaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarining mazmuni 
bilan tanishib chiqish ularning mazkur jarayondagi roli xususida ma’lum bir 
xulosalarga kelish imkonini beradi. Avvalambor, yerlardan foydalanish 
jarayonining eng muhim, ustuvor jihati sifatida iqtisodiy tomonini ko‘rsatish kerak. 
Bunda, birinchidan, yerlardan foydalanishning iqtisodiy jihatini ushbu jarayonda 
jamiyat va iqtisodiyot barqaror mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
ijtimoiy mahsulot ishlab chiqariladi; ikkinchidan, yerlardan foydalanish
jarayonida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot yer resurslari (tuproq 
unumdorligi)ni takror ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil etadi; 


42 
uchinchidan, yerdan foydalanishning ijtimoiy, rekreatsion va ekologik 
samaradorligini qiymat ko‘rinishidagi baholanishi provardida ushbu jarayonlarni 
iqtisodiy baholashga olib keladi. Yerlardan foydalanishning iqtisodiy jihatining 
ustuvorligi mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
shakllantirishda, ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha yerlarni 
taqsimlashda, ularning tarkibini takomillashtirishda, hududlarni kompleks 
rivojlantirishda, ayniqsa, ishlab chiqaruvchi kuchlarni optimal va samarali 
joylashtirishda inobatga olinishi maqsadga muvofiq. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish