3.1-sxema. Yer resurslaridan foydalanish tizimi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmida yerning
ko‘p funksionallik xarakterini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
6
6
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган.
Differensi
al renta
-I
Differensi
al renta
-II
Absolyut
renta
Monopol
renta
1 ga yer
maydoninig
hosildorligi
1 ga
olinadigan
daromad
1 ga
olinadigan
foyda
2. iqtisodiy resurs-kapital
4. Хo’jalik yuritish
ob’ekti
Bevosita
Bilvosita
Differensial renta
Yerning tabiiy
unumdorligio
sifati
Yerning
joylashishi
Qo’shimcha
investitsiya va
kapital
Qat’iy o’ta
yomon
yerlardan
daromad
O’ta noyob mahsulotlar
yetishtiriladigan yerlar
Yerdan foydalanish iqtisodiy mexanizmining shakllari
Ko’chmas mulk
tarkibida yerning
ulushi
Natural miqdori
kapitallashuvi
Yalpi mahsulotda
yerning ulushi
Gumuslilik
darajasi
Tuproqning
mexanik
tarkibi
Sho’rlanish
darajasi
Eroziyaga
uchraganlik
darajasi
Yer
uchastkasininh
suv bilan
ta’minlanishi
1. Tabiiy resurs
Yalpi
mahsulot
ishlab
chiqarish
uchun yer
miqdori
Bir yillik
daromad olish
uchun yer
miqdori
Bir yillik hosil
miqdori uchun yer
miqdori
Mahsulot yer
sig’imi
Yer qiymati
Yerning
3. ko’chmas mulk ob’ekti
YR
Yer
uchastkasining
relefi
45
ko‘pchilik hollarda uning natijasini belgilaydi. Boshqa tarmoq va sohalarda yer va
uning unumdorligi bunday tavsifga ega bo‘lmasada, u xo‘jalik yuritishda muhim
ishlab chiqarish vositasi bo‘libgina qolmasdan, balki ishonchli aktiv va kapital ham
hisoblanadi. Shuning uchun ham yer jahon amaliyotida “asosiy kapital”
tushunchasiga kiritiladi va uning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirish
xususiyatiga ega bo‘lmasligi uni “tabiiy resurs”, “ko‘chmas mulk ob’ekti” va
“xo‘jalik yuritish ob’ekti” sifatidan ham ko‘ra ko‘proq “iqtisodiy resurs-kapital”
sifatida tadqiq etishga e’tibor beriladi. Bunday yondashuv esa, birinchidan, yer
resurslaridan foydalanish tizimi va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga oid
ilmiy qarashlarning shakllanishiga, ikkinchidan, yer resurslaridan foydalanish
jarayoniga ta’sirchan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm usullarini qo‘llash orqali yer
resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantiruvchi uslublarni
joriy qilishga va,
uchinchidan, yer egasi va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari doirasini ilmiy
asoslangan holda aniqlash imkonini beradi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, nazariy jihatdan, avvalo yerni ko‘p
funksional ob’ekt sifatida ifodalovchi “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-kapital”,
“ko‘chmas mulk ob’ekti” va “xo‘jalik yuritish ob’ekti” tushunchalarining o‘ziga
xos xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilish va ular orasidagi farq va chegarani aniq
belgilab olgandan so‘nggina yerlarni soliqqa tortish, ularni kredit uchun garov
ta’minoti sifatida baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa iqtisodiy
jarayonlarni tartibga solish haqida gapirish mumkin.
Ma’lumotlarni tahlil qilish yer kurrasining umumiy maydoni, ya’ni sathi
510 mln km
2
yoki 51 mlrd gektarni tashkil etishini ko‘rsatadi. SHundan 134 mln
km
2
yoki 13,4 mlrd gektari yer fondidir. U qit’alar bo‘yicha quyidagicha
taqsimlangan: jumladan Osiyo qit’asida 33,1 foiz, Yevropada – 8,0 foiz, Afrikada
– 22,5 foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy) – 30,1 foiz va nihoyat Avstraliya
hamda Okeaniyada – 6,3 foiz. O‘zbekistonning yer fondi 2019 yilning 1 yanvariga
ko‘ra 44896,8 ming gektarni tashkil etadi. Jahonning hamda O‘zbekiston
Respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga ham ko‘paytirish imkoni
46
yo‘q. Shuning uchun ham yer fondi iqtisodiyotda miqdor va sifat jihatidan
cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin ushbu resurslarga jahondagi kabi
O‘zbekistonda ham ehtiyoj va talab yil sayin oshib bormoqda. Bunga eng asosiy
sabab, birinchidan, aholi sonining tobora o‘sib borishi bo‘lsa, ikkinchidan,
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yer resurslariga bo‘lgan
ehtiyojlarining to‘xtovsiz oshib borishidir. Eng muhimi, urbanizatsiya va ekologik
jarayonlarning yer fondi holatiga salbiy ta’siri natijasida yer resurslarining
degradatsiyalashuvi oqibatida foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan qulay
yerlarning kamayib borishi yer fondining cheklanganligini yanada keskinlashtirib
yubormoqda. Ayniqsa, aholi sonining ko‘payishi natijasida uning barcha turdagi
(uy-joy, korxonalar) qurilishlari uchun ma’lum miqdordagi yer ajratilishi oqibatida
foydalaniladigan yer maydoni kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan
samarali va to‘liq foydalanishni taqozo etadi. Jahonning ayrim qit’a va
mintaqalarida ushbu holat nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur
muammoning yanada dolzarb bo‘lishiga ko‘plab omillar singari aholining
joylashishi katta ta’sir qilmoqda. Masalan, jahon aholisining 60,55 % Osiyo
qit’asida, 11,15 % Yevropada, 13,73 % Afrikada, 13,76 % Amerika qit’asida va
0,81 % Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Bugungi kunga kelib esa jahon
aholisi 8,0 milliardga yaqinlashib qoldi
7
.
Yer yuzida hayot paydo bo‘lgandan beri yer insoniyatning yashash va
faoliyat yuritish makoni bo‘lib kelmoqda, hech bir jamiyat yerdan foydalanmasdan
mavjud bo‘lolmaydi. Ibtidoiy jamoa tuzumining ilk davrida odam yerda o‘suvchi
o‘simliklarning mevalarini iste’mol qildi, g‘orlarni uy-joy qurilishi uchun
moslashtirdi va h.k. Jamiyatning o‘sha davridagi rivojlanishida yer inson hayoti va
faoliyatida passiv rol o‘ynadi. Dehqonchilikning chorvadorlikdan ajralishi va
dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi oqibatida, yer inson xo‘jalik faoliyati
jarayoniga kiritildi. Yer har qanday ishlab chiqarishning asosiy sharti bo‘lib qoldi,
yer qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bularning barchasi
7
Darakchi. 19.08.2010. 8-bet
47
jamiyatda yerga egalik qilish, foydalanish borasida vujudga kelayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarda yerning rolini oshirdi.
Ekologik vaziyatning keskinlashuvi sharoitida yerning ekologik holatini
muhofaza qilish, jamiyat va tabiatning uyg‘un rivojlantirish zarurati yerdan
foydalanishning muhim jihatlaridan bo‘lib qoldi. Bozor munosabatlarining
rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor xususiyatlarini kasb etmoqda, yer
tovar-pul munosabatlariga kiritilmoqda, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar va
munosabatlarda yerning roli ortib bormoqda. Bu esa yerdan foydalanishning har
qanday jamiyat taraqqiy etishi uchun ob’ektiv, zaruriy sharti sifatida namoyon
etadi.
Jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etishi bilan yerdan foydalanishning
xilma-xil shakllari vujudga keladi, yerdan foydalanishning maqsad va vazifalari
yanada kengayadi. Yerdan foydalanish takomillashtirilmoqda, bu holat yerdan
foydalanish jarayonining muntazam rivojlanib boruvchi dialektik mohiyatini
belgilab beradi. Yerdan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish O‘zbekistonning
yagona davlat yer fondi tarkibida o‘z aksini topdi, unda mazkur belgilariga qarab
yer 8 ta toifaga ajratilgan. Yerdan foydalanish maqsadlari toifalarining mayda
detallarini bayon etish bilan birgalikda, yerning o‘zi ham maqsadlar tarkibiga ko‘ra
ma’lum bir kategoriyalarga tasniflangan.
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida yerning roli va undan foydalanish
xususiyatlari iqtisodiy nazariya klassiklari tomonidan to‘liq o‘rganilib, asarlarda
yoritib berilgan. Yerdan foydalanish xususiyatlari tashqi jihatdan uning
jamiyatdagi ishlab chiqarish, fiskal, bozor, ijtimoiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish,
tabiatni muhofaza qilish kabi ko‘p qirrali roli vositasida namoyon bo‘ladi. Yer
aholining joylashadigan va insonning hayotiy faoliyati amalga oshiriladigan joy,
ishlab chiqarish vositasi, yer osti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi
rivojlanishi uchun tabiiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun yerdan
foydalanish, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega. Yerdan rekreatsion va
sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga rekreatsion-
48
sog‘lomlashtirish mazmunini berdi, yerdan foydalanish jarayonida tabiat
muhofazasi talablarini ham inobatga olish ehtiyoji vujudga keldi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor
xususiyatlarini kasb etdi, bu esa, yerning jamiyat va iqtisodiyotda ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning muhim ob’ekti sifatidagi rolini yanada
kuchaytirdi. O‘z navbatida, jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etib borishi bilan
yerdan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish talablari murakkablashib
bormoqda, yerdan foydalanish shakllari va xususiyatlari o‘zgarib bormoqda, bu
holatlar yerning dialektik, muntazam o‘zgaruvchan xususiyatini belgilab beradi.
Jamiyatda yerning faoliyat shakllariga quyidagilar kiradi: qishloq va o‘rmon
xo‘jaligida – asosiy ishlab chiqarish vositasi; qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan
moddiy ishlab chiqarish, transport, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida –
ishlab chiqarish vositasi; ijtimoiy va rekreatsion sohalarda – jarayonlar uchun
amaliyot bajarish makoni; yer bozori yoki yerga ijara huquqi mavjud bo‘lgan
bozor iqtisodiyoti sharoitida – tovar.
Yerdan foydalanish moddiy ishlab chiqarish omili sifatida, iqtisodiyotning
turli tarmoqlarida ishlab chiqarish iste’moli muammosiga bag‘ishlangan ko‘plab
tadqiqotlar bo‘lishiga qaramay, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ishlab
chiqarishda yerdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi yetarli darajada
o‘rganilmagan. Mazkur yerlarning qiymat ko‘rinishida baholash uslublari ishlab
chiqilmagan va amalga oshirilmagan, ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan
biri sifatida yerning ishlab chiqarish daromadidagi ulushi miqdori, yer maydonini
ijaraga olish huquqi qiymati belgilanmagan, yer solig‘ining ilmiy asoslangan
miqdori va boshqalar mavjud emas. Jamiyat tomonidan yerning ijtimoiy va
rekreatsion maqsadlarda foydalanish jihatlari esa, umuman o‘rganilmagan.
Ma’lum bir ilmiy adabiyotlarda yer amaliyot bajariladigan makon sifatida
foydalanish fakti qayd etilsa-da, yerning ijtimoiy va rekreatsion samaradorligini
aniqlash va baholash, jamiyat tomonidan yerdan foydalanish samaradorligini
49
baholash borasida izchil o‘rganilgan chuqur tadqiqotlar mavjud emas. Yerdan
foydalanishning ekologik jihatlari ham yetarli darajada o‘rganilgan emas.
Mamlakat iqtisodiyotining, jumladan yerdan foydalanishning bozor
iqtisodiyotiga o‘tishi bilan mazkur muammolar naqadar dolzarb ekanligi ma’lum
bo‘ldi.
Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
(ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish)da resurs sifatida foydalaniladi. Shu
sababli, yerdan foydalanish usullarini o‘rganishda uning ishlab chiqarish va
noishlab chiqarishda iste’moli nazarda tutilishi kerak, bu esa yerdan
foydalanishning ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi ahamiyatini belgilash
imkonini
beradi.
Birinchisi,
odatda,
yerdan
foydalanishning
iqtisodiy
samaradorligiga erishish bilan bog‘liq, ikkinchisi – asosan, ijtimoiy va rekreatsion
sohalarga taalluqli. Birinchisiga agroxo‘jalik va ishlab chiqarish usullarini kiritish
kerak. Agroxo‘jalik uslubi yerning ustki qismi (tuproq)ni haydash va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun kerakli texnologik amaliyotlarning
bajarilishini ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda yer – asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yerdan foydalanish qishloq
xo‘jaligi mahsulotlaridan hosil va yog‘och olish, ya’ni iqtisodiy samara olish,
demakki, yerdan foydalanish daromad olish bilan bog‘liq. Shu bilan bir qatorda,
yerdan har yili foydalanish uning hosildorligining kamayishiga, unga ishlov berish
esa tuproqning mexanik tarkibi, suv va havo almashinuvi tartibining o‘zgarishiga,
ya’ni ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladi. Qishloq va o‘rmon
xo‘jaligida yerdan foydalanish iqtisodiy samara bilan birga, ekologik samara ham
beradi, bunda samaraning ikkala ko‘rinishi ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi
mumkin. Bundan tashqari, agroxo‘jalik uslubini ikki xil turga ajaratish mumkin: 1)
yerga ishlov berishning ma’lum bir texnologiyalari bilan bog‘liq (qishloq xo‘jaligi
ekinlarini ekish, ko‘p yillik daraxtlarni o‘tqazish); 2) yerga ishlov bermasdan
(yaylovlarni oborotga kiritish) yaylovlardan foydalanish.
50
Sanoat ishlab chiqarishi uslubi yer maydonlaridan o‘z faoliyatlari davomida
sanoat, transport, xizmat ko‘rsatish, savdo sohasi ob’ektlarini joylashtirish makoni
sifatida foydalanishlari bilan bog‘liq. Ob’ektlarning yerdan foydalanmasdan
faoliyat jarayonlarini amalga oshirishi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishi mumkin
emas. Bu o‘rinda yer ishlab chiqarishning zarur sharti, ishlab chiqarish omili
sifatida namoyon bo‘ladi. Yerdan ikkala usulda foydalanish natijasi – mahsulot
ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish (iqtisodiy samara, shu jumladan
pulli xizmatlar)dir. Zavod va fabrikalar, energetika va boshqa sanoat ob’ektlari
qurilishi yer maydonlarini ishlab chiqarish korpuslari, maxsus uskunalar, injenerlik
tarmoqlari, o‘tish yo‘llari va hokazolarni joylashtirilishi uchun loyiha asosida
moslashtirish bilan bog‘liq. Qurilish yerning ustki qismining buzilishiga olib
keladi, qurilish paytida tuproq qatlamini boshqa bir joyda yig‘ish yoki qishloq
xo‘jaligida ishlatish maqsadida boshqa joyga ko‘chirish, mahalliy qurilish
matyeriallaridan foydalanish uchun karerlar qazish zaruratini keltirib chiqaradi.
Transport ob’ektlarida yer maydonlarini qurilishga tayyorlash avtomobil yo‘llari,
temir yo‘l polotnolarini, metropoliten qurilishi va ekspluatatsiyasi esa, tuproqni
qazib chiqarish orqali tunnellarni vujudga keltirishdan iborat.
Kon qazib chiqarish sanoatida foydali qazilmalar “omborxonasi” bo‘lgan yer
ishlab chiqarish vositasi rolida namoyon bo‘ladi. Mazkur sanoatda yerdan
foydalanishning iqtisodiy samarasi qazib olingan qazilma boyliklarning (ichki yoki
tashqi) bozordagi narxi, ularni ishlab chiqishdagi sarf-xarajatlari va rekultivatsiya
kabi omillar bilan bog‘liq. O‘z navbatida, foydali qazilmalarni ishlab chiqarish
sarf-xarajatlari ularning joylashuv (chuqurlik) darajasi, shuningdek ulush hajmiga
(yer maydoni birligida) ham bog‘liq bo‘ladi. Agar foydali qazilmalarning narxi
yerdan foydalanish samarasining aktiv tarkibiga kiritilsa, ularni ishlab chiqarish
sarf-xarajatlari passiv tarkibiga kiritiladi. Shu o‘rinda ishlab chiqarish vositasi
sifatida yerning ham daromad ulushini aniqlash talab etiladi, bu esa mazkur sohada
yerdan maqsadli foydalanishning daromadini baholash usulidan foydalanish
imkonini beradi.
51
Sanoat va transport ob’ektlari, ko‘pincha, ularni me’yorida ekspluatatsiya
qilish uchun taqiqlangan, qo‘riqlanadigan, sanitar-himoya, qirg‘oq-qo‘riqlash kabi
zonalarning yaratilishini talab etadi.
Yerdan foydalanishning noishlab chiqarish usullari yerdan faqat joylashish
makoni sifatida foydalanishda qo‘llanadi va iqtisodiy mahsulot olish bilan bog‘liq
bo‘lmaydi. Yerdan bunday foydalanish ijtimoiy sohalarda uchraydi va, asosan,
ijtimoiy samara olishdan iborat bo‘ladi. Rekreatsion sohada yerdan foydalanish
xususiyati ommaviy dam olish zonalari (plyajlar, sun’iy ko‘llar, sayilgohlar, qayiq
stansiyalari va h.k.)ni tashkil etishga moslashtirilishida aks etadi. Yer bunday
usulda rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy sohada yer maydonlaridan uy-joy qurilishi va ijtimoiy maqsaddagi
ob’ektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Bunda yer amaliyotlarni bajarish
uchun makon vositasida namoyon bo‘ladi, undan foydalanish ob’ektlar (binolar)ni
qurish va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq. Sog‘lomlashtirish maqsadida
yerlardan foydalanishga kelsak, mazkur holatda yerning tabiiy xususiyatlari
(shifobaxsh loylar, mineral suvlar, iqlim sharoitlari)dan foydalaniladi. Yerdan
bunday usulda foydalanish rekreatsion (sog‘lomlashtirish) samara beradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasi (qo‘riqxonalar, zakazniklar) uchun yerga
texnogen ta’sirlardan holi, o‘simlik va hayvonat olamining “tabiiy” foydalanishiga
xosdir. Yerdan bunday usulda foydalanishning ekologik natijasi o‘laroq, o‘simlik
va hayvonot dunyosining saqlanib qolinishidir. Yerdan foydalanishning sanoat
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish usullari hozirgi vaqtda yetarli darajada
o‘rganilgan emas. Ko‘rib chiqilgan usullarning barchasi uchun yerdan
foydalanishning ekstensiv va intensiv shakllari xosdir.
Iqtisodiy foyda olish (iqtisodiy samara) nuqtai nazaridan yerning erkin bozor
sharoitida yerdan foydaldanishning usullaridan biri sifatida – kommersiya (tijorat)
uslubi ajralib turadi. Yer maydonlarining oldi-sotdisi kelishuvda ishtirok etayotgan
taraflarning ma’lum bir iqtisodiy foyda olishi, shunigdek yer maydonlari
(ko‘chmas mulk ob’ektlari)ga egalik huquqini ro‘yxatga olish uchun to‘lovlarni
52
amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga, mazkur usul yerga texnik-
texnologik ta’sir ko‘rsatishdan holi, yerdan foydalanishning “vaqtinchalik, o‘tib
ketuvchi” turi sifatida qarash to‘g‘riroq bo‘ladi, zero u qisqa muddatli xususiyatga,
ya’ni yer maydoni oldi-sotdisi davridagina mavjud bo‘ladi. Yerning yangi
egasining yerdan keyingi foydalanishi (yangi oldi-sotdi amalga oshgunga qadar)
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullardan biri bo‘ladi.
Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish uning asosiy xususiyatlari bilan
bog‘liq. Jamiyat faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan yer boshqa ishlab
chiqarish vositalariga o‘xshamaydigan, faqat o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Maxsus adabiyotlarda, ko‘pincha, yerning quyidagi xususiyatlari keltiriladi
8
:
1.
Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanadigan yer tabiiy tarixiy jism
bo‘lib, ishlab chiqarishning boshqa vositalari inson mehnati natijasi bo‘lgani holda,
yer – tabiat mahsulidir.
2.
Ishlab chiqarish jarayonida yer boshqa joyga ko‘chmaydi, uning joylashgan
o‘rni o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Undan farqli ravishda, ishlab chiqarishning ko‘pgina
vositalarini transportirovka qilinadi va zarurat tug‘ilganida, makonda o‘z o‘rnini
o‘zgartira oladi. Shu sababli, yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida imkon qadar
to‘liq va oqilona foydalanish maqsadida korxona hududini shakllantirishda ishlab
chiqarishning barcha elementlarining to‘g‘ri joylashuvini nazarda tutish kerak
bo‘ladi.
3.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalarining barchasining
moddiy va ma’naviy eskirishi yuz beradi. Buning natijasida, ulardan foydalanish
samarasi pasayadi yoki butkul yo‘qoladi va ishlab chiqarish sohasidan soqit
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy
vositasi sifatida yer undan to‘g‘ri foydalanilganida, nafaqat emiriladi, aksincha,
yaxshilanib boradi – uning unumdorligi ortadi.
4.
Yerning ustki qatlami tabiiy tarixiy jism bo‘lib, yer sharining quruqlik qismi
cheklangan va miqdori o‘zgarmasdir. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida
8
Удачин С.А. Научные основы землеустройства. – М.: Колос, 1965; Ушаков Д.Н. Большой толковый
словарь современного русского языка. – М.: “Альта-Принт”, ООО Издательство “Дом XXI век” , 2008.- YIII.
53
boshqa turdagi ishlab chiqarish vositasi bilan umuman almashtirib bo‘lmaydi. Shu
bilan bir paytda, ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanish jarayonida uzluksiz miqdoriy o‘zgarishi va zarurat
tug‘ilganida, biri boshqasi bilan almashtirilishi mumkin.
5.
Yer – planetadagi barcha mavjudot, jumladan insonning ishlab chiqarish
vositasi sifatidagi faoliyatni ta’minlovchi barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit
elementlarining saqlanib qolish asosidir.
6.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonida yer va ishlab chiqarishning
boshqa vositalari bo‘lgan irrigatsion kanallar, yo‘llar, kollektor-drenaj tarmoqlari,
gidrotexnik va dala inshootlari chambarchas bog‘liqdir.
7.
Qishloq xo‘jaligida yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish
boshqa tabiiy omillar (elektr nuri, suv, havo, issiqlik) bilan kompleks ravishda
amalga oshiriladi. Yerning bunday xususiyati texnologiyalarning hududlarga
moslashtirilishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘g‘ri joylashtirilishi, alohida
region, rayon, korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
8.
Ishlab chiqarishning barcha vositalari mehnat taqsimoti jarayoniga zamin
hozirlaydi, yerdan ratsional foydalanish esa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab
ekish, tarmoqlarning uyg‘unlashtirishni talab etadi. Yerning ushbu xususiyati tor
sohalarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligini shakllantirishda muhim ahamiyatga
ega.
9.
Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yerdan faqat vegetatsion davrda
foydalaniladi, ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan esa yil bo‘yi, uzilishlarsiz
foydalaniladi.
10.
Yerni tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb etilishi unga tovarlik
xususiyatini beradi, yerning ushbu xususiyatini bozor narxini belgilashda va yer
bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarishda inobatga olish kerak.
YUqorida sanab o‘tilgan yer xususiyatlari undan ishlab chiqarish va noishlab
chiqarishda foydalanishning umumiy shartlari sifatida yer resurslaridan barqaror
foydalanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |