Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

i
j
i
j
фид
Nij
Dij
Е
( 2.1 ) 
bu yerda: 
E
fid
 
– yagona yer fondidan foydalanishning iqtisodiy darajasi;

D –
yerdan foydalanishdan olinadigan iqtisodiy daromad; 
N –
yerdan foydalanishdan daromad olishni ta’minlovchi sarf-xarajatlar; 

– yagona yer fondi kategoriyasining indeksi;
j – yerdan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar turlarining indeksi. 
Birinchi qo‘shiluvchi barcha turdagi yerlardan foydalanish olingan daromad, 
ikkinchi qo‘shiluvchi – yerlarni takror ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlar 
ko‘rsatkichi. Tabiiyki, yerdan foydalanishning ratsional va samarador 
foydalanishda olinadigan natija doimo samarali bo‘lishi kerak. 
Iqtisodiyotning sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik tarmoqlarida yerdan 
foydalanish darajasi yerdan foydalanuvchilarning tegishli xo‘jalik faoliyati 
natijasida iqtisodiy samara (daromad) olishlari bilan bog‘liq. Ishlab chiqarishning 
qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan tarmoqlarida iqtisodiy samara yerning ishlab 
chiqarish vositasi sifatidagi daromaddagi ulushi, shuningdek qurilish ob’ektlari 
uchun yer maydonlarini tejash, qurilishlar zichligini oshirish hisobiga olinadigan 
daromad ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida yerning roli va o‘rni alohida ahamiyat va xususiyatga egaligi yer 
ishlab chiqarishning asosiy omili va vositasi sifatida namoyon bo‘lishida ko‘rinadi. 
Bunda ishlab chiqarish darajasi va natijalari nafaqat yer resurslaridan foydalanish, 
balki suv, mehnat, moddiy, moliyaviy kabi resurslarni ham sarflash hisobiga 


31 
moddiy ne’matlar yaratish bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Mazkur 
jihatning dolzarb muammolari quyidagilar: 
-
zamonaviy usullarda qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlari sifati (tuproq 
tahlili, yerlarning iqtisodiy holati)ni baholash; 
-
tabiiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda hududlarni qishloq xo‘jaligiga 
moslashtirib rayonlashtirish va uni amalga oshirish; 
-
yer maydoni birligidan yuqori foyda olish maqsadida yer turlari va ekin 
maydonlari tarkibini yaxshilash; 
-
yer uchastkalari hududlarini samarali tashkil etish; 
-
yerdan foydalanishning zamonaviy tizimi va qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
parvarishlash ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; 
-
yer resurslarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash, ishlab 
chiqarilgan mahsulotni samarali taqsimlash, uni to‘g‘ri va ekvivalent ayirboshlash 
va iste’mol qilish; 
-
sanoat, tadbirkorlik, ijtimoiy, investitsiyaviy va boshqa ob’ektlarning 
loyihalarini amalga oshirishda yer maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanish; 
-
noqishloq xo‘jaligi yerlarining texnologik xususiyatlarini va qiymatini 
aniqlash; 
-
yer solig‘i va yer uchun ijara haqi miqdorini asoslash; 
-
yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish; 
-
yer resurslarini takror ishlab chiqarish va muhofaza qilish. 
2. Yerdan foydalanishni bozor munosabatlari asosida tashkil etish yer 
maydonlari yoki unga bo‘lgan huquqlar (oldi-sotdi, ijara, hadya, garov, meros) 
bilan bozor kelishuvlarini amalga oshirish, shuningdek yerlardan foydalanganlik 
uchun haq to‘lashni nazarda tutadi. 
Shu nuqtai nazardan yerga bozor narxini va ijara haqini o‘rnatish muhim 
masala sanaladi. Yer narxi irratsional tushuncha bo‘lsa-da, bozor kelishuvlarini 
amalga oshirishda yer uchastkalarining oldi-sotdisi to‘g‘risidagi statistik 
ma’lumotlar asosida belgilanadi, va mohiyatan, kapitallashgan rentani, ya’ni renta 


32 
miqdorining bank foizi normasiga nisbatini ifodalaydi. Bunda yer bozorining 
kon’yunkturasi (yerga talab va taklif, foiz, kursdagi farqlar, narx-navo, subijara va 
boshqalar) ham inobatga olinadi. Davlat mulkchiligida qolgan yer maydonlari 
uchun ijara, ishonchli boshqaruv, davlat-xususiy sheriklik, auksion asosida turar 
joy qurilishi uchun yer maydoniga umrbod egalik qilish huquqini sotish, yerga 
umrbod egalik qilishni meros qoldirish, yer maydoni ijarasi huquqini garovga 
berishga ruxsat etish kabilar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ta’kidlash zarurki, mana shu 
sharoitlarda yerning kadastr, bozor, me’yoriy narxi va yer solig‘i va yer ijara haqi 
miqdori belgilanadi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 
me’yoriy qiymati, noqishloq xo‘jaligi yerlarini auksion savdolari orqali doimiy 
foydalanishga berish, yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha narxlarini belgilash 
usullari ishlab chiqilgan. 
Ma’lumki, soliq siyosatining umumiy tizimida mamlakat byudjetini 
shakllantirish, jamiyatda daromadlarni qayta taqsimlash, yerlardan samarali 
foydalanishni rag‘batlantirish, tuproq unumdorligini tiklash borasidagi tadbirlarni 
moliyalashtirish maqsadida yer solig‘ini joriy qilish davlatning huquqidir. Bunda 
ushbu holatda yerlarni soliqqa tortishni zarurat sifatida qarash talab etiladi va u yer 
resurslaridan foydalanishning fiskal tomonini tashkil etadi. Soliq solinadigan 
ob’ektlar, ma’lumki, jismoniy va yuridik shaxslarning daromadi va mulkidir. 
Demak, davlat mulkchiligida yerdan foydalanuvchilar (ijarachilar) foydalanilgan 
yer maydonlari uchun haq to‘lashlari kerak. Shunga qaramasdan, aytish joizki, 
hozirgi kunda yer ijarasi haqi va yer solig‘i miqdorining asoslangan miqdori 
masalasi kam o‘rganilganligi bois, amaliyotda yer ijarasi haqi yer solig‘iga 
tenglashtirilgan (qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlar 
uchun), qolgan yerlarga ijara haqi yer solig‘ining 1-3 marta ko‘p miqdorida
belgilanadi. Nazariy nuqtai nazardan yerdan foydalanuvchi barcha yuridik va 
jismoniy shaxslarning yer maydonlari yer ijarasi haqi to‘loviga yoki yer solig‘iga 
tortilishi lozim. Biroq, mulkdor (davlat) yerdan foydalanuvchilarning ijtimoiy, 
siyosiy mavqei, ular xo‘jalik faoliyati, daromadlarining shakllanishi, moddiy va 


33 
moliyaviy resurslari taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan 
holda yer ijarasi haqi, yer solig‘i yuzasidan ularga muayyan imtiyoz va engilliklar 
berishi mumkin. Masalan, yer ijarasi haqi yoki soliq to‘lashdan ijtimoiy 
yo‘naltirilgan va tabiatni muhofaza qiluvchi ob’ektlar ozod etilgan. Imtiyozga ega 
shaxslarning yerdan samarali foydalanishga rag‘batlantirish maqsadida soliq 
to‘lashlari mexanizmi doimo takomillashtirilib boriladi. 
3. Qishloq xo‘jaligi oborotidan yerlarni olib qo‘yish natijasida ko‘rilgan 
yo‘qotish va zararlarni qoplash uchun tovon to‘lash mexanizmi bir nechta unsurni: 
yerlarni irrigatsion tayyorlash va o‘zlashtirish uchun ketgan sarf-xarajatlar, 
hududni obodonchiligini buzish oqibatida ko‘rilgan zararlar, shuningdek ko‘p 
yillik o‘simliklarning yo‘qotilishi, joriy yilda boy berilgan foyda va kelgusi 
yillarda ko‘rilajak foydani o‘z ichiga oladi. Yerlarni o‘zlashtirish uchun ketgan 
sarf-xarajatlar uchun tovon miqdori yerning qiymati, shuningdek boy berilgan 
foydaga asoslangan bo‘lishi kerak. 
Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yerlarni qaytarib olishda ko‘rilgan 
zararlarni qoplash uchun tovon yangi yer maydonlarini berish, shuningdek hudud 
obodonligini buzish oqibatidagi zararlar to‘lanishi orqali amalga oshiriladi. Davlat 
va jamoat ehtiyojlari uchun xususiy mulkdor yerlarining qaytarib olinishida tovon 
puli o‘sha hududdagi yerga bo‘lgan bozor qiymati hisobida to‘lanadi. 
4. Yer resurslarini takror ishlab chiqarish ikki taraflama iqtisodiy 
ahamiyatga ega. Birinchidan, bu – yer resurslarining takror ishlab chiqarilishi 
uchun sarflanadigan mablag‘ va takror ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi 
bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish 
maxsus tadbirlarning muntazam va tez-tez amalga oshirilishini talab etadi, bu esa 
katta miqdordagi mablag‘ sarflanishi va uning samaradorligini baholash zarurati 
bilan bog‘liq. Yangi yerlarni o‘zlashtirish ham uzoq muddatli kapital xarajatlarni 
talab etadi. Ishlab chiqarishning qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan sohasida 
yerlarni takror ishlab chiqarish qisqa muddatli bo‘lishiga qaramay, sezilarli sarf-
xarajatlarni talab etadi (kamqavatli binolarni buzish, avtomobil va temir yo‘l 


34 
polotnolarini kengaytirish, karerlar rekultivatsiyasi va b.). Ikkinchidan, takror 
ishlab chiqarilgan yer resurslari mahsulot ishlab chiqarish yangi jarayonining 
iqtisodiy asosi bo‘lib xizmat qiladi, uning miqdori takror ishlab chiqarilgan 
yerlarning darajasi va sifati (qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini takror ishlab 
chiqarish miqdori, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan sohalarda esa, takror ishlab 
chiqarilgan yer maydonlarining hajmi) bilan aniqlanadi. 
Yerdan foydalanish ijtimoiy jihatining natijasi ijtimoiy samaradorlikdir. U 
esa, yer odamlarning yashashlari uchun zarur sharoitlar ta’minlanadigan va 
yashaydigan makon bo‘lib xizmat qiladigan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. 
Bunday faoliyat turlariga sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari, 
maorif, ijtimoiy ta’minot, madaniyat va sport, shuningdek turar joy qurilishi 
sohalari kiradi. Ijtimoiy sohada jamiyat yerdan foydalanish orqali aholini 
joylashtirish, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, tiklash va boshqa eng muhim 
ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. Yerdan foydalanishning ijtimoiy ahamiyati yoki 
yerdan foydalanishning ijtimoiy samaradorligini umumiy ko‘rinishda quyidagicha 
ifodalash mumkin: 



Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish