28
2. YERDAN FOYDALANISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYON
EKANLIGI, UNING IQTISODIY JIHATLARINING USTUVORLIGI
Jamiyat va iqtisodiyotda yerning juda ko‘plab maqsad va funksiyalarni
bajarishga yo‘naltirilganligi yerdan foydalanish jihatlarining turli-tumanligini
taqozo qiladi. Yerdan foydalanishning jihatlari deyilganida,
yerning ijtimoiy
ahamiyatga ega, yerning deyarli mustaqil yo‘nalishi yoxud mazkur jarayonlarni
amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlash tushuniladi. Shu sababli, yerdan
foydalanish amaliyotida bevosita foydalanish jihati (ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion,
ekologik) va mazkur jarayonlarni amalga oshirish jihatlari (huquqiy, informatsion,
tashkiliy, hududiy, texnologik, resurs, tadbirkorlik) farqlanadi. Birinchi guruhdagi
jihatlar (yerdan bevosita foydalanish) uchun yer resurslaridan foydalanishdan
daromad olish xos bo‘lib, uni baholash uchun maxsus uslublar qo‘llaniladi. Shu
bilan
birga qayd etish joizki, yerdan foydalanishning ijtimoiy va rekreatsion
samaradorlik turlari hozirgi vaqtda faqat tabiiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi va
mazkur ko‘rsatkichlarni iqtisodiy hamda ekologik samaradorlik bilan taqqoslash
umuman mumkin emas. Shuning uchun ijtimoiy va rekreatsion samaradorlikning
qiymat bahosini aniqlash masalasi alohida tadqiqotlarni taqozo etadi.
Yerdan foydalanish jihatlarining ikkinchi guruhi yerdan foydalanishdan
daromad (samaradorlik) olish yoki daromadni ko‘paytirish uchun sharoit yaratadi.
Qayd
etish kerakki, ikkinchi guruh jihatlarini qo‘llash orqali yer resurslaridan
foydalanishning samaradorligi ortib borishini alohida ko‘rsatish va baholash
qiyinchilik tug‘diradi, chunki ikkinchi guruh jihatlari mustaqil namoyon bo‘lmay,
asosiy (birinchi guruh) jihatlari bilan birgalikda amalga oshadi. Hozirgi vaqtda
mazkur masalalar ham yetarli darajada o‘rganilmagan va o‘zining echimini talab
etadi.
Yerdan foydalanishning ikkala guruh jihatlari xususiyatlaridan
kelib chiqib
xulosa qilish mumkinki, birinchi guruh asosiy bo‘lib, zero uning jihatlari mustaqil
amalga oshadi va aniq mazmunga ega; ikkinchi guruh jihatlari bilvosita, ya’ni
birinchi guruh jihatlari samaradorligi orqali amalga oshadi. Shularni inobatga
29
olgan holda, yerdan foydalanishning asosiy birinchi guruh jihatlarining mazmunini
ko‘rib chiqamiz.
1. Yerdan foydalanishning iqtisodiy jihati yer ishlab chiqarish vositasi,
qazilma boyliklar “omborxonasi”, mulkchilik ob’ekti (bozor munosabatlari),
soliqqa tortish ob’ekti (fiskal mohiyati) ekanligidir.
Jamiyat farovonligi va
iqtisodiy rivojlanishning moddiy asosi bo‘lgani holda makonda cheklangan,
miqdoriy jihatdan takror ishlab chiqarilmaydi. Bularning barchasi yerdan
foydalanishning iqtisodiy mohiyatini belgilaydi, yagona davlat yer fondidan
samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Jamiyat faoliyatining turli sohalarida va iqtisodiyotning
turli tarmoqlari va
hududlarida yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi turlicha, chunki bir
tomondan “amaliyot bajariladigan makon” bo‘lsa, boshqa bir tomondan ishlab
chiqarish vositasi, uchinchi holatda – ishlab
chiqarishning asosiy vositasi,
to‘rtinchidan esa, tovar, kapital, xo‘jalik va ko‘chmas mulk ob’ekti hamda
investitsiya resursi sifatida namoyon bo‘ladi.
Yerdan foydalanish iqtisodiy jihatlarining tarkibiy qismlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-
asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yerlardan qishloq va o‘rmon
xo‘jaligida ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish;
-
sanoat, transport va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va sohalarida yerdan
ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish;
-
yerga ijara haqi to‘lash;
-
yerdan foydalanishning soliq-byudjet (fiskal) jihati;
-
bozor (oldi-sotdi) sohasida yerdan foydalanish;
-
yer maydonlarini qaytarib olganda ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar uchun
tovon to‘lash;
-
yerlarni takror ishlab chiqarish samaradorligi;
-
yerlarni himoya qilish;
30
-
yerlardan
oqilona
foydalanishni
rag‘batlantirish (jumladan jazo
sanksiyalari)ni qo‘llash.
Ro‘yxatdagi dastlabki beshta holat yerdan foydalanishda iqtisodiy daromad
bilan, ikkinchi guruh (6-9) holatlar yerdan foydalanishning
keyingi sharoitlarini
yaratish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni ifodalaydi. Davlatning yagona yer
fondidan foydalanishning iqtisodiy darajasining iqtisodiy-matematik modelini
umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
7
1
9
6
7
1
5
1
max
Do'stlaringiz bilan baham: