Aloqasi reja: Agrokimyo fani nimani


AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA XORIJIY OLIMLARNING QO’SHGAN XISSALARI



Download 35,45 Kb.
bet6/8
Sana28.01.2023
Hajmi35,45 Kb.
#904272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aloqasi reja Agrokimyo fani nimani

AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA XORIJIY OLIMLARNING QO’SHGAN XISSALARI

Turli xil ekinlarning hosildorligini oshirish uchun tuproqni go’ng, kul, ohak va boshqa mahalliy o’g’itlar bilan o’g’itlash o’simliklarni oziqlantirishning hozirgi nazariyalari ishlab chiqilishidan ancha ilgari dehqonlar tomonidan qo’llanilar edi. Lekin o’sha paytlarda o’g’itlrning ijobiy taosiri nazariy jihatdan tushuntirib berilmagan bo’lib, bu hol tuproqni o’g’itlashning turli usullarining rivojlanishi va takomillashish yo’lini berkitib qo’ygan edi.


Qadimgi mualliflarning asarlarida tuproqning «yog’i», yani tuproq unumdorligini oshirishda muhim omil haqida so’z yuritiladi. bu esa o’simliklarning chirindi bilan oziqlanish nazariyasi edi.
Mineral moddalar va o’g’itlarning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar frantsuz tabiatshunosi Bernar Pallisi tomonidan 1563 yilda bildirilgan edi va u shunday yozgan edi: Hamma ekinlarning hayoti va rivojlanishi uchun qandaydir tuz asos bo’ladi, ekinlarga solinayotgan go’ngning ham ahamiyati uning tarkibida pichan va poxollarning chirishi natijasida hosil bo’lgan tuzning borligidadir, dean edi.
Shundan 100 yil o’tgandan keyin, 1956 yilda ingliz kimyogari Glauberning tajribalari shuni ko’rsatdiki, tuproqqa selitra solinishi natijasida u ekinlarning hosildorligiga kuchli taosir qiladi, yani hosilini keskin oshirib yuborgn.
Lekin 17-asr olimlari ushbu fikrni to’g’ri baholay olmadilar, chunki hali azotning kashf etilishi uchun 100 yil bor edi, azotning o’simliklar hayotidagi bebaho ahamiyati yana ham kechroq aniqlandi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan fikrni kimyo fanining asoschilaridan M.V.Lomonosov 1753 yilda birdirgan edi.
18-asrning oxirida G’arbiy Yevropada o’simliklarning chirindi bilan oziqlanishi to’g’risidagi nazariya tarqalgan edi. Bu nazariyani dastlab 1761-1766 yillarda shved kimyogari Vamrius ilgari surdi.
Bu nazariyaga ko’ra tuproqdagi chirindi o’simliklar oziqlanishining yagona manbaidir, mineral moddalar (kul) esa chirindining oson o’zlashtiriladigan shaklga o’tishiga yordam beradi, xolos.
«CHirindi nazariyasi»ning keng tarqalganiga va ommalashib ketishiga 19- asrning birinchi yarmida, ayniqsa nemis olimi Teer katta xissa qo’shgan.
1775 yilda atmosferada azot borligini kashf etgan Lavuaz’e o’simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi o’rtasida aloqadorlik borligini bildirgan edi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi va kislorodning kashf etilishi munosabati bilan Pristli (1775), Ingenguz (1779) va Senebe (1782) kabi olimlar o’simliklarning yashil bargi karbonat kislotadan kislorodni havoga ajratib chiqaradi, o’zida uglerodni qoldiradi yoki o’zi karbonat angidrid gazi bilan oziqlanadi, ko’rsatib berdilar.
SHunday qilib, o’simliklardagi kechadigan fotosintez jarayonining ilk mohiyatiga qadam qo’yildi.
Agrokimyoning rivojlanishida ulkan, olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan voqea sodir bo’ldi, yani 1836 yilda frantsuz olimi Jorj Bussenganing olib borgan ishlari natijasida dehqonchilikda moddalar aylanishiga asoso solindi va dukkakli ekinlar tuproqda azot to’plashini aniqlandi.
O’simliklarning chirindi bilan oziqlanishi to’g’risidagi nazariya o’rniga J.Bussengo azot bilan oziqlanish nazariyasini ilgari suradi va azotning ahamiyatini birinchi darajaga ko’tarib, dukkakli ekinlar almashlab ekishda azot balansini yaxshilaydi va hosilni sezilarli darajada ko’paytiradi, deydi.
J.Bussengo dukkakli ekinlar azotni havodan o’zlashtiradi, degan to’g’ri taxminni aytgan edi. Bir vaqtning o’zida uning ishlarida hosil tarkibidagi uglerodning miqdori go’ng tarkibidagi uglerodga bog’liq emasligi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan uglerod manbai bo’lib havodagi karbonat angidrid gazi xizmat qilishi to’g’ri ko’rsatilgan. 1740 yilda taniqli nemis olimi Yustus Libix «Ximiyani dehqonchilik va fiziologiyaga tatbiqi» nomli kitobida «chirindi nazariyasi»ni qattiq tanqid qiladi va o’simliklarning mineral oziqlanishi nazariyasini taoriflagandan so’ng o’simliklarning oziqlanishiga doir qarashlarda tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Yu.Libix bir xil ekin ekilavergandan tuproqning unumdorligi pasayishi sabablarini ishonarli dalillar bilan tushuntirib berdi va o’zining hosildorlikni saqlash uchun va tuproqning unumdorligini saqlash uchun tuproqni o’g’itlash nazariyasini ilgari surdi, bu nazariya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni tuproqqa qaytarish lozimligiga asoslangan edi.
Yu.Libix tuproqda juda kamayib ketgan moddalarni, yani birinchi minimumdagi moddalarni qayta ishi zarur deb hisoblardi.
Bu qoida keyinchalik «minimum qonuni» degan nom oldi. Yu. Libix kuldagi moddalardan birinchi navbatda fosforni tuproqqa qaytarish lozim, chunki tuproqdan don bilan birga eng ko’p fosfor chiqib ketadi, deb xisoblar edi.
O’g’it tarkibidagi azotning ahamiyatiga esa yetarlicha baho bermadi, havodan keladigan yog’in-sochin suvlari bilan tuproqqa tushadigan ozgina ammiak miqdori o’simliklar uchun bemalol yetadi, deb noto’g’ri o’ylagan edi. Yu.Libixning go’ng o’rniga uning kulini ishlatsa ham bo’laveradi, degan fikri ham noto’g’ri edi.
1843 yilda Looz-Angliyadagi Rotasted tajriba stantsiyasining asoschisi, o’zining bir qator dala tajribalaridan olinan maolumotlar asosida ibixning yuqoridagi noto’g’ri fikrlarini rad etdi.
Hosilni oshirish uchun o’g’itlar tarkibidagi kul elementlari bilan birgalikda azot ham, albatta bo’lishligi lozimligi ko’rsatilgan edi.

  1. asrning o’rtalarida Yevropa va Amerikada o’g’it sifatida chili selitrasini ishlata boshladilar, u juda katta samara berdi. Bu hol o’simliklarning oziqlanishida azotning birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatgan J. Bussengoning fikrlari to’g’ri ekanligini tasdiqladi.

Yu.Libixning tuproqqa olingan oziq moddalarning qatishi haqidagi talabini ham absolyut ahamiyatga ega deb bo’lmaydi, umuman o’simliklar olgan oziq moddalarning tuproqqa qaytarish zarurligi haqidagi g’oyaso’zsiz to’g’ri bo’lsa ham oziq moddalarni tuproqqa to’liq qaytarish mutlaqo shart emasligi hozir aniqlangan.
SHu munosabat bilan keyinchalik K.A. Timiryazev Yu. Libixning «to’la qaytarish» to’g’risidagi taolimotini fanning eng buyuk kashfiyoti deb baholagan edi va shunday yozgan edi: «Qaytarish zarurligi haqidagi taolimotning ahamiyatini cheklashga har qancha urinishlardan qatiy nazar, bu taolimot fanning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo’lib qolaveradi».
Yu. Libix dehqonchilikda moddalar aylanishini ongli ravishda boshqarish lozimligi, chunki uning buzilishi tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelishi haqidagi g’oyani birinchi bo’lib aniq aytib bergan edi. Uning bazi fikrlari xato ekanligiga qaramay, uning ishlari o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatish masalalariga qiziqish uyog’otdi, shu sohadagi tadqiqotlarning rivojlanishiga yordam berdi.
Ko’pgina mamlakatlarda agrokimyoviy tajriba stantsiyalari vujudga keldi, ular agrokimyoning yanada rivojlanishida va qishloq xo’jalik amaliyotida o’g’itlar ishlatilishida muhim rol o’ynaydi.
O’simliklarning oziqlanishi haqidagi talimotni rivojlantirishda o’simliklarni suniy muhitda - suvda va qumda o’stirishga doir tajribalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ularda zaruriy oziq moddalar, mineral tuzlar holida qo’shilganda ko’pchilik olilar Knop, Saks va boshqalar 1858-1859 yillarda o’simliklarning normal o’sishiga va o’simliklarning oziqlanishi uchun qaysi elementlar qanday miqdorlarda va nisbatlarda zarur bo’lishini anqlashga erishdilar.
Gel’rigellining 1886 yilda dukkakli o’simliklarning azot bilan oziqlanish xususiyatlarini o’rganishga doir tekirishlri ham katta ahamiyatga ega bo’ldi, ular dukkakli o’simliklar ildizlarida rivojlanadigan tuganak bakteriyalari yordamida atmosferadan molekulyar azotni o’zlashtirishini va tuproqni azot bilan boyitishni ko’rsatdi.
O’simliklarning oziqlanish nazariyasining rivojlanishi bilan birga qishloq xo’jalik amaliyotiga o’g’itlar ishlatish ham tatbiq etila bordi. 19-asrning o’rtalaridayoq G’arbiy Yevropa mamlakatlarida superfosfat va CHili selitrasini ishlata boshladilar, keyinroq (1865) esa kaliyli tuzlarning tabiiy qatlamlaridan olinadigan kaliyli o’itlardan ham foydalana boshlandi.

Download 35,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish