MA’RUZA: KIRISH. AGROKIMYO FANINING PREDMETI, O`RGANISH USULLARI, MAQSADI, VAZIFALARI, UNING BOSHQA FANLAR ORASIDAGI TUTGAN O`RNI VA ULAR BILAN ALOQASI
Reja:
Agrokimyo fani nimani o`rganadi?
Agrokimyo fanining pryedmyeti, maqsad va vazifalari.
Agrokimyo fanini o`rganish va tyekshirish usullari.
Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o`rni.
Agrokimyo fanining xalq xo`jaligidagi ahamiyati.
AGROKIMYO FANI NIMANI O`RGANADI?
Agrokimyo fani - qishloq xo`jalik ekinlarini yetishtirish va oziqlanish jarayonida o`simliklar, tuproq va o`g’it o`rtasidagi o`zaro munosabatni o`rganadi.
Bundan tashqari dyehqonchilikda moddalar aylanishi to`g’risida va linadigan hosilni ko`paytirishda o`g’itlardan samarali foydalanish, hosilning sifatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini oshirish to`g’risidagi bir qator masalalarni o`rganadigan fandir. Hozirgi zamon Agrokimyo fani qishloq xo`jalik ishlab chiqarishiga to`g’ridan-to`g’ri amaliy va almiy yordam byeradigan ham biologik ham kimyoviy fandir.
Agrokimyoda o`rganiladigan uchtalabalar asosiy obyekt - o`simliklar, tuproq va o`g’itlar bir-birlari bilan dialyektik o`zaro aloqada bo`lib, bir-biriga taosir etib turadi. Bu bog’lanishlar sistyemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko`rinishdatasvirladi, uning uchtalabalar uchi o`simlik, tuproq va o`g’it, qo`sh, qarama-qarshi yo`nalishdagi stryelkalar esa bu obyektlarning bir-birlari bilan o`zar taosirini ifodalaydi, chunki uchburchak markazida esa agrokimyo turadi.
O`simliklar oziqlanish jarayonida tuproq va o`g’it bilan tuproq - o`simlik va o`g’it bilan, o`g’it-tuproq va o`simlik bilan o`zaro taosirlashadi.
Bunday o`zaro taosirning sharoitlari va xaraktyeri olinadigan hosilning miqdorini va sifatini byelgilaydi. «O`simlik, tuproq va o`g’it orasidagi o`zaro munosabatlarni o`rganish, - dyeb yozgan edi D.N.Pryanishnikov, - hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo`lib kyelgan».
D.N.Pryanishnikov faqat agrokimyogina tuproqning unumdorligini va qishloq xo`jalik ekinlirining hosildorligini oshirish uchun tegishli bo`lgan o`g’itlarni solish yo`li bilan yuqorida aytib o`tilgan o`zaro taosir etuvchi uchtalabalar omilga doir bilimlarning sintyezi bilan shug’ullanishini taokidlagan edi. O`simliklarning oziqlanishi va o`simlik, tuproq hamda o`g’itlar orasidagi o`zaro taosirni o`rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi.
Nazariy asoslarni bilish o`g’itlar ishlatishga doir amaliy masalalarniijodiy xal etishga imkon byeradi. Bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi.
O`g’itlarning eng samarali shakllarini, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq-iqlim sharoitida turli qishloq xo`jalik ekinlariga solishning optimal muddatlari va usullari, o`g’it solishni tuproqqa ishlov byerish, almashlab ekish, sug’orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda birga olib borish ana shunday masalalar jumlasiga kiradi.
o’simlik o
o o
tuproq o’g’it
Do'stlaringiz bilan baham: |