AGROKIMYO FANINI O’RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI
Agrokimyoviy tekshirishlarda qo’llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga bo’linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo’linadi. Bu usullar deyarli birgalikda qo’llanilib, bir-birini to’ldiradi.
biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va mezimetrik usullardan ibort bo’ladi. Dala tajribasi usuli - taosir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish qilish usullarining ekinlar hosiliga taosirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, yani dalaning o’zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog’liq holda qo’llaniladigan o’g’itlrning samaradorligini o’rganishning asosiy usulidir.
Vegetatsion usul - alohida omillardan har birining o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga taosirini tekshirib ko’rishga imkon beradi.
Vegetatsion tajribalarda o’simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, qumli va tuproqli muhitlarda sim to’r ostida o’stiriladi.
Vegetatsion tajribalarda o’simliklarning oziqlanish sharoitlarini va maolum darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug’lik, harorat va shu kabi omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo’ladi.
Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi mumkin yoki dala tajribasiga qo’shimcha ravishda o’tkazilishi mumkin.
Mezimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - mezimetrlar yordamida tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o’tishini o’rganishga yordam beradi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o’g’itlar bilan qilinadigan tajribalarda suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o’g’itlarning tuproqdanyuvilib ketishi darajasini o’rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar balansini ularning tuproqqa tuishi bilan o’simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi va yo’qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko’rishda qo’llaniladi.
Laboratoriya usuli o’simliklarni, tuproq va o’g’itlarni agrokimyoviy analiz qilishning laboratoriya usuli biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy usullarini o’z ishlab chiqarishiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o’rinni egallaydi.
Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to’g’riligi haqida xulosa chiqarish, o’g’itlar bilan hosildorlik orasidagi bog’liqlikni aniqlash, o’simliklarning yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarning tuproqda aylanishi va ularning tuproqdan hamda o’g’itlardan yo’qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |