Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
Kunlardan bir kun chol tush koʻradi, tushida unga samo farishtasi uchrab, uning
oʻgʻillaridan birining soʻzlari butun dunyoda mashhur boʻlishi va bir necha yuzlab
yillardan keyin ham ularni odamlar takrorlashini bashorat qiladi. Quvonganidan chol
yigʻlab yuboradi: taqdir unga kulib boqqan, har qanday otaga ham nasib etavermaydigan
oliy sevinchni in'om etgandi.
Oradan koʻp oʻtmay u halok boʻladi — ogʻir aravaning gʻildiragi tagidan bir yosh bolani
qutqaradi, biroq oʻzi gʻildirak tagida qoladi. Taqvoli umr kechirgani bois, uning ruhi
toʻgʻri samoga yoʻl oladi va samoda tushida koʻrgan farishtani uchratadi.
— Sen yaxshi, ezgu inson eding, — deydi unga farishta. — Hayoting mehr-muhabbatga
toʻlugʻ edi, qazoying — izzatli boʻldi. Men sening xohlagan tilagingni ado eta olaman.
— Hayot ham mendan ezguliklarini darigʻ tutmadi, — javob qiladi qariya. — Sen
tushimda koʻringaningda, qilgan barcha sa’y-harakatlarim behuda emasligini his etdim.
Zotan, oʻgʻlimning she’rlari avloddan-avlodga oʻtadi. Men oʻzim uchun hech nima
soʻramayman, har qanday ota ham oʻzi tarbiyalagan, oʻqitgan farzandi shuhrati bilan
gʻururlanadi. Shuning uchun men uzoq kelajakda oʻgʻlimning she’rlari qanday
jaranglashini bir eshitsam, degandim.
Shunda farishta uning yelkasiga yondashadi va har ikkalasi koʻz ochib yumguncha uzoq
kelajakda — katta shaharda, notanish tilda gaplashayotgan minglab odamlar orasida
paydo boʻlishadi.
Qariya quvonganidan yana koʻziga yosh oladi.
— Men oʻgʻlimning she’rlari asrlar osha yashashini bilardim, — deydi u koʻzlarida yosh
bilan. — Ayt-chi, bu odamlar uning qaysi satrlarini takrorlashayotir.
Farishta mehribonlik bilan uni oʻrindiqqa oʻtirgʻizadi va oʻzi ham uning yoniga oʻtiradi.
— Sen aytayotgan she’rlar butun Rimda shuhrat qozongan edi, ularni hamma yod bilar,
aytib huzur qilardi. Biroq Tiberiyaning podsholigi tugagan va she’rlar ham unutilgan.
Odamlar sening boshqa oʻgʻlingning—jangchi oʻgʻlingning soʻzlarini takrorlashayotir.
Qariya farishtaga taajjublanib tikilib qaradi.
— U uzoq bir hududda xizmat qildi, — davom etdi farishta. — Yuzboshi boʻldi. U ham
adolatparvar va bagʻrikeng inson edi. Bir safar qullaridan biri kasal boʻlib qoladi —
Oʻlim holatiga tushadi. Sening oʻgʻling qaerdadir bir tabib borligini eshitib, oʻsha odamni
izlab ketadi. Yoʻl-yoʻlakay bu odam — Xudo Oʻgʻli ekanini biladi. U davolagan
odamlarni uchratadi. Uning ta’limotini eshitadi va garchi oʻzi rimlik yuzboshi esa-da,
Uning e’tiqodiga oʻtadi. Va bir kuni ertalab Uning qoshida hozir boʻlib, xizmatkori kasal
ekanini aytadi. Va Ustoz — bu odamni shunday atashardi — uning bilan birga borishga
chogʻlanadi. Biroq yuzboshi dindor kishi edi, Ustozning koʻziga qarab olib tushunadiki,
hozir u Xudo Oʻgʻlining roʻparasida turibdi. Ana shunda sening oʻgʻling abadiy unut
boʻlmaydigan soʻzlarni aytadi. U shunday degan:
Do'stlaringiz bilan baham: |