Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
— shamolga aylantirishga qodir. Zero, Uning yolgʻiz oʻzi Olam olti kunlik Ijod
jarayonida Buyuk Ijod mahsuliga aylanishini tushunardi.
Boʻzbola Olam Qalbiga uygʻunlashdi va koʻrdiki, Olam Qalbi — Tangri Qalbining bir
boʻlagi, xolos, Tangri Qalbi esa uning oʻzining qalbi. Va, demak, u moʻ'jizalar yaratishga
qodir.
Oʻsha kuni samum har qachongidan-da kuchli esdi. Shamolga aylangan boʻzbola va bu
shamolning butun qoʻnalgʻani yer bilan yakson qilguday quturib, kimsan qabila
boshligʻining oʻzini maydonga chorlagani haqidagi rivoyat avloddan avlodga oʻtib
yuradi.
Shamol tingach, hamma boʻzbola turgan joyga qaradi, biroq u yoʻq edi. U qoʻnalgʻaning
narigi boshida, yarmi qumga koʻmilgan qoʻriqchining yonida oʻtirardi.
Sehrli Kuch hammani qoʻrqitdi. Faqat ikki kishi kuldi: shogirdidan koʻngli toʻlgan
Alkimyogar va qabila boshligʻi — u boʻzbolaning Tangri taolo qudratini anglaganini
tushundi.
Ertasi kuni u Santyago bilan Alkimyogarni toʻrt taraflaring ochiq, deya qoʻyib yubordi,
ularni kuzatib qoʻyish uchun jangchilaridan birini qoʻshdi.
Ular otda kun boʻyi yoʻl bosishdi, qosh qoraya boshlaganda esa Alkimyogar jangchini
ortiga qaytardi va egardan tushdi.
— Naryogʻiga yolgʻiz oʻzing ketasan, — dedi u Santyagoga. — Ehromlargacha uch
soatli yoʻl qoldi.
— Rahmat senga, — javob qildi boʻzbola. — Sen meni Umum Tiliga oʻrgatding.
— Men senga oʻzing biladigan narsani eslatdim, xolos.
Alkimyogar koptlar ibodatxonasining darvozasini taqillatdi. Qora libosda ruhoniy chiqib
keldi, ular koptchada qisqagina nima haqdadir gaplashib olishdi va Alkimyogar
Santyagoni ichkariga taklif qildi.
— Seni menga yordam beradi, deb aytdim.
Ibodatxona oshxonasida Alkimyogar oʻchoqqa oʻt yoqdi. Ruhoniy bir boʻlak qoʻrgʻoshin
olib keldi va Alkimyogar qoʻrgʻoshinni temir idishga solib, olovga qoʻydi. Qoʻrgʻoshin
erigach, u choʻntagidan sariq shisha tuxum chiqardi, undan toʻgʻnogʻichning boshiday
boʻlakchani ushatib mumladi va erigan qoʻrgʻoshinga tashladi.
Suyuqlik qonday qizil tusga kirdi. Alkimyogar qozonchani olovdan oldi va sovushi
uchun chetga qoʻyib, ruhoniy bilan sahrodagi urush haqida gurunglashdi.
— Uzoq davom etar-ov, deb qoʻrqaman, — dedi u.
Ruhoniy afsuslandi: urush bois karvonlar qachondan beri Gʻizoda turib qolishdi. «Bari
Do'stlaringiz bilan baham: |