Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

 

Shu payt Alkimyogarning gapi yodiga tushdi: «Pulning senga nima keragi bor, agar 



oʻlishingga toʻgʻri kelsa? Pul ajalingni bir lahzaga ham kechiktirolmaydi». 

— Men xazina qidirayapman! — baqirdi Santyago. 

 

Yorilib, qoni qotgan lablarini zoʻrgʻa qimirlatib, u qaroqchilarga tushida ikki marta misr 



ehromlari poyiga bekitilgan xazinani koʻrganini gapirib berdi. 

 

Qaroqchilar sardori uzoq jim turdi va keyin sheriklaridan biriga murojaat qildi: 



— Uni qoʻyib yubor. Unda boshqa hech narsa yoʻq, bu quymani u biror joydan 

oʻmargan. 

 

Santyago yiqildi. Qaroqchilar sardori uning koʻziga qaramoqchi boʻldi, biroq 



boʻzbolaning nigohi ehromlarga qadalgan edi. 

— Ketdik bu yerdan, — dedi sardor sheriklariga, keyin oʻgirilib Santyagoga dedi: 

— Men seni shuning uchun tirik qoldirayapmanki, sen bunaqa ahmoq boʻlish 

yaramasligini tushungin. Xuddi oʻsha joyda, hozir sen turgan joyda, mening oʻzim ikki 

yil burun ayni bir tushni bir necha marta koʻrdim. Tushimda koʻrinishicha, goʻyo men 

Ispaniyaga borishim kerak, u yerda bir vayrona cherkov bor emish, unga choʻponlar 

qoʻylarini qamab tunarmish, omborxonasida tutanjir oʻsib chiqqanmish, shu cherkovni 

qidirib topishim kerakmish. Biroq men tush koʻrdim, deb sahroda tentirab yoʻl kezadigan 

ahmoq emasman. 

 

Shu gapdan keyin qaroqchilar ketishdi. 



 

Santyago azob bilan oʻrnidan turdi va soʻnggi bor ehromlarga qaradi. Ular boʻzbolaga 

tabassum qildi, u ham javoban kulib qoʻydi va yuragi baxt-saodatga toʻlganini his etdi. 

 

U oʻz xazinasini qoʻlga kiritdi. 



 

XOTIMA 


Boʻzbolaning ismi Santyago edi. U vayron boʻlib yotgan cherkovga yetib kelganida 

allaqachon qorongʻu tushgan edi. Omborxonada hanuz tutanjir koʻkarib turar, oʻyiq 

gumbazdan, xuddi burungiday, yulduzlar koʻrinardi. U bir oqshom otari bilan shu yerda 

tunaganini esladi, oʻshanda, koʻrgan tushini aytmaganda, tun xotirjam oʻtgandi. 

 

Hozir u yana shu yerda. Biroq bu safar qoʻylarini haydab kelgani yoʻq. Uning qoʻlida 



belkurak bor edi. 

 

U osmonga uzoq tikildi, keyin toʻrvadan vino olib, bir qultum ichdi. Bir safar oqshom 



sahroda yulduzlarga termilgani va Alkimyogar bilan vino ichgani yodiga tushdi. Orqada 

qancha yoʻl qolib ketganini va Tangri unga qanaqa gʻaroyib usul bilan xazinaga ishora 

qilganini oʻyladi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish