Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
oʻzining kuchini koʻrsatsa, harqalay, kishi yolgʻizlik azobidan unchalik ozor chekmaydi.
Tez-orada, atigi bir necha kundan keyin, u ehromlarga yetib boradi. Sof oltindan yasalgan
koʻkraksiparli qariya besh-oltita qoʻyini olib, boyib qolish uchun uni anoyi qilmagandir.
Qariya unga belgilar haqida gapirdi va Santyago, boʻgʻozdan suzib oʻtgunicha, faqat
shular haqida oʻyladi. Gap nimadaligini u tushundi: Andasuliyada sangʻib yurib, yerdagi
va osmondagi belgilarga qarab oʻzini oldinda nimalar kutayotganini bilib olishga urindi.
Chumchuq ilonning bekinib turgan joyidan xabar yetkazishi mumkin; buta shu atrofda
jilgʻa yoki daryo borligidan darak beradi. Bularning bariga uni qoʻylar oʻrgatdi.
«Agar ularni Tangri yoʻllab turgan boʻlsa, U menga ham yoʻldan chalgʻishimga monelik
qilmaydi», — Oʻyladi Santyago va biroz xotirjam boʻldi. Shunda hatto choy ham
unchalik taxir tuyulmadi.
— Sen kim boʻlasan? — tuyqusdan ispancha soʻz eshitildi.
Santyago beixtiyor yengil tortdi: u belgilar haqida oʻylayotgandi va mana, belgi berildi.
Unga ovoz bergan taxminan uning tengquri, yevropacha kiyingan boʻlib, faqat terisining
rangi shu yerlik ekanini bildirardi.
— Sen ispanchani qayoqdan bilasan? — soʻradi Santyago.
— Bu yerda uni qariyb hamma biladi. Ispaniya ikki soatlik yoʻl.
— Kel, oʻtir, men seni biror narsa bilan mehmon qilay. Oʻzingga ham, menga ham vino
buyur. Choyga uncha tobim yoʻq.
— Bu mamlakatda vino ichishmaydi, — javob qildi u. — Vino ta’qiqlanadi.
Shunda Santyago ehromlargacha yetib borishi zarurligini aytdi. Xazina haqidagi gap
ogʻzidan chiqib ketishiga bir bahya qoldi, biroq vaqtida tilini tishladi: aytib boʻladimi, bu
arab unga yordam berishi evaziga xazinaning bir qismini talab qilishi mumkin-ku.
Boʻzbola qariyaning gaplarini esladi: qoʻlingda, oʻzingniki boʻlmagan narsani va’da qila
koʻrma.
— Meni ehromlargacha olib borolmaysanmi? Buning uchun men senga haqini toʻlardim.
— Sen tasavvur qila olasanmi oʻzi, uning qaerdaligini?
Santyago yemakxona xoʻjayini ularning yaqiniga kelib, gurungni jon qulogʻi bilan
eshitayotganini payqadi. Garchi uning oldida gapirgisi kelmayotgan boʻlsa-da, boʻzbola
omadi chopib uchratgan yoʻl boshlovchini qoʻldan chiqargisi kelmasdi.
— Butun Sahroni kesib oʻtishingga toʻgʻri keladi, — dedi u. — Buning uchun pul kerak.
Puling bormi?
Bu savoldan Santyago hayron boʻldi. Biroq u qariyaning gapini esladi: agar sen biror
narsani xohlasang, butun Olam sening xohishing ijobat boʻlishiga koʻmaklashadi. Va u
choʻntagidan pulni olib, arabga koʻrsatdi. Xoʻjayin ularga yanada yaqinroq kelib,
tepalarida turib oldi, keyin esa haligi bola bilan arabchada qattiq-qattiq gaplashdi.
Santyagoning nazarida xoʻjayin nimagadir achchiq qilayotganday edi.
— Ketdik bu yerdan, — dedi bola. — Bizning bu yerda oʻtirishimiz unga yoqmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |