MAVZU: Gap. Gap haqida umumiy ma`lumot
MAQSAD: Kurs tinglovchilarini gap haqida umumiy ma’lumot haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi.
KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovchilarini gap haqida umumiy ma’lumot haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.
Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor
mavzuning texnologik xaritasi
Fan: O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari
Mavzu: Gap haqida umumiy ma`lumot
Kalit so‘zlar: tushuncha, fikr, gap
Soatlar soni: 2 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)
Bizga ma`lumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak , gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esafikr anglash vositasidir. Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi . Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi
asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,
Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.
Baholash: Rag‘batlantirish
Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob
|
Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
|
Maqsad:
Kurs tinglovcilariga gap haqida umumiy ma’lumot berish ko‘zda tutiladi.
|
Vazifalar:
Ta’limiy savol:
1. Gap deb nimaga aytiladi ? 2. Gap maqsadga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?
|
Kutilayotgan natijalar:
|
Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):
Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi
asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .
So‘z birikmasi tushuncha , gap fikr ifodalaydi
|
1.Gapning asosiy belgilari nimadan iborat ?
2. Darak gap qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang
|
Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi . Bu fikriy mundarija fe`l - kesimning mayl va zamon
ma`nolari bilan bog‘liq bo‘ladi .
|
1. Gap maqsadga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?
Misollarda izohlang
|
Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):
Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik , egalik , son , zamon va shaxs-son qo‘shimchalari , shuningdek , ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi ..
|
Qanday topshiriqlar beriladi?
1.Gapning asosiy belgilari nimadan iborat ?
Tarqatmadagi topshiriqlar bo‘yicha ish olib boriladi.
|
Dars jarayoni va bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
metodi
|
Vaqt (daqiqa)
|
1-bosqich: tashkiliy qism.
|
Davomatni aniqlash
|
Xotira mashqi
|
5
|
2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash
|
Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi
|
savol-javob
|
10
|
3-bosqich:
Mavzu bayoni
|
Mavzuni reja asosida yoritish:
Reja yo‘q
|
Slaydlar asosida kichik ma’ruza.
Aqliy hujum
O‘zaro tajriba almashish
|
10
10
10
5
|
4-bosqich:
Mustahkamlash:
|
Kurs tinglovcilariga gap haqida umumiy ma’lumot berishda interfaol o‘yinlardan foydalaniladi
|
Guruhlarda ishlash.
|
10
|
5-босқич: Baholash.
Dars yakuni
|
Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)
|
Guruhlarni baholash
Savol-javob
|
10
5
|
6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)
|
Mavzuga oid savollar
Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.
|
Og‘zaki
|
5
|
Nazariy mashg‘ulotning borishi:
1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash
2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi:
1. Gap deb nimaga aytiladi ? Gapning asosiy belgilari nimadan iborat ?
2. Gap maqsadga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?
3. Darak gap qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang
3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:
Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.
4-bosqich: MustahkamlashKurs tinglovcilariga gap haqida umumiy ma’lumot berishda interfaol o‘yinlardan foydalaniladi. Guruhlarda ishlash.
5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi
6-bosqich: mavzuni mustahkamlash uchun mustaqil test ishlaydilar. O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.
Bizga ma`lumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak ,
gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esa
fikr anglash vositasidir . Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi .
Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi
asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .
So‘z birikmasi tushuncha , gap fikr ifodalaydi . Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi . Bu fikriy mundarija fe`l - kesimning mayl va zamon
ma`nolari bilan bog‘liq bo‘ladi . Masalan , Bolalar ishlayaptilar . Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa , Bolalar ishladi . Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi . Siz dalaga borasizmi ? Sen hikoyani o‘qidingmi ? gaplari o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi . Siz she`rni o‘qing .
Siz shu ishni bajarib qo‘ysangiz gaplari esa buyruq – istak ma`nosiga ega .
Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma`no tomondan , ham grammatik tomondan o‘zaro
bog‘lanadi .
Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik , egalik , son , zamon va shaxs-son qo‘shimchalari , shuningdek , ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi . Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham bog‘lanadi . M: Oq paxtalar ochildi . Havo sovuq . Ular tez yurdi .
Har bir gap biror maqsadni – mazmunni ifodalaydi . Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi . Ohang ayni bir vaqtda gaplarni
bir-biridan ajratib turadi .
Ohang gap uchun eng muhim belgidir . Ayrim so‘z ( Kuz . Tong .) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak , gap yuzaga keladi va biror fikr – maqsad
anglashiladi : Ko‘m-ko‘k dala . G‘arbiy chegaralardan biri .
Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba`zan uch xil mazmun
ifodalash mumkin : Buvijonim keldilar . - Buvijonim keldilar ! – Buvijonim keldilar ?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta , yo undov yoki so‘roq belgisi qo‘yiladi .M : Qor yog‘yapti . – Qor yog‘yapti ! - Qor yog‘yapti ?
Gaplar o‘zining bir qator xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha turlarga bo‘linadi .
Gapning bo‘laklarga ajratilishi
Gap bo‘laklari tushunchasi birdan ortiq so‘zdan tashkil topgan gaplarga tadbiq qilinadi . Yolg‘iz bir so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarda , xususan , so‘z gap ( Ha .Yo‘q . Aslo . Ura ! ) va atov gaplarda ( Bahor . O‘rmon . ) gapning bo‘laklari to‘g‘risida so‘zlash mumkin emas .
Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib , gap bo‘laklarini hosil qiladi .
Gap bo‘laklari vazifasini esa mustaqil so‘zlargina bajaradi .
M`alumki , gapda so‘zlar bir-biri bilan teng va tobe aloqaga kirishishi mumkin .
Gapni bo‘laklarga ajratishda so‘zlarning tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon sanaladi . Teng aloqa gapning bo‘laklarini belgilashda asosga olinmaydi .
Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatiga ko‘ra belgilanadi , ya`ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma`lum sintaktik aloqada bo‘ladi . Masalan , Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi gapida quyidagi gap bo‘laklari mavjud :
Dildora (kim?) – ega , kechagi ( qachongi ?) – aniqlovchi , uchrashuv haqida (nima haqida ?) – to‘ldiruvchi , zavqlanib (qay tarzda ?) – hol , gapirdi (nima qildi ?) – kesim .
Gapdagi so‘zlar esa quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan :
1) Dildora gapirdi ; 2) zavqlanib gapirdi ;
3) uchrashuv haqida gapirdi ; 4) kechagi uchrashuv
Demak , gap bo‘laklarining turi ,odatda , bir-biriga nisbat berib tayinlanadi .Chunonchi, ega kesimga , kesim egaga , to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga , aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan tayinlanadi . Nisbat beriluvchi so‘z bo‘lmas ekan , u yoki bu bo‘lak haqida gap bo‘lishi mumkin emas .
Gap bo‘laklari 5 ta : kesim , ega , to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi .
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir . Ega kesimga ergashib , kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi . Bular gapning bosh bo‘laklari sanaladi . To‘ldiruvchi , aniqlovchi , hol kabi bo‘laklar esa ega yoki kesimga ergashib kelib , ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi . Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi .
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Gap deb nimaga aytiladi ? Gapning asosiy belgilari nimadan iborat ?
2. Gap maqsadga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?
3. Darak gap qanday bo‘ladi ? Misollarda izohlang .
4. So‘roq gap va unga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat . Sof va ritorik
so‘roqni tushuntirib bering .
5. Buyruq gap deb nimaga aytiladi ? Istak gap qanday yuzaga keladi ?
6. Undov gap deb nimaga aytiladi .
7. Tasdiq va inkor gaplarni misollarda izohlang .
8. Gap tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi .
9. Sodda va qo‘shma gapga misollar keltiring .
10.Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar qanday bo‘ladi ?
Test savollari:
Shuni bilginki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi. Gapni tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani aniqlang?
A) teng bog‘lovchi
B) ko‘makchi
S) yuklama
D) shart mayli qo‘shimchasi
Qismlari teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gaplar deyiladi?
A) ergashgan qo‘shma gap
B) bog‘langan qo‘shma gap
S) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) murakkab qo‘shma gap
Tarkibida uch va undan ortiq sodda gaplar ishtirok etgan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gaplar deyiladi?
A) bog‘langan qo‘shma gap
B) ergashgan qo‘shma gap
S) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) murakkab qo‘shma gap
Bosh gapda agar yuklamasi yordamida bog‘langan ergash gap bosh gapning qanday ma’nosini ifodalaydi?
A) payt ma’nosini
B) shart ma’nosi
S) o‘rin ma’nosi
D) sabab ma’nosi
Aralash murakkab qo‘shma gaplar qanday bog‘lovchi yordamida bog‘lanadi?
A) ergashtiruvchi bog‘lovchi
B) teng bog‘lovchilar
S) ohang yordamida
D) javoblar to‘g‘ri
Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar qanday gaplar deyiladi?
A) qo‘shma gap
B) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
S) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
D) qismlari uyushgan qo‘shma gap
Murakkab qo‘shma gaplar necha turga bo‘linadi?
A) 1 B) 2
S) 3 D) 4
Qo‘shma gaplar necha turli bo‘ladi?
A) 2
B) 3
S) 4
D) 5
Matndagi tinish belgilaridan keyin qanday bog‘lovchi vositalarni qo‘llash mumkin?
Aqling bo‘lsa, biron narsani o‘rgan, . . . . o‘quvsiz aql ko‘ylaksiz tana, yoinki beqiyofa odamdir, . . . . ilmni aqlning yuzb deyishadi-ku.
A) shuning uchun, go‘yo
B) yoki, balki
S) chunki, axir
D) lekin, xatto
Qaysi qatorda qo‘shma gap berilmagan?
A) Ilm inson ro‘zin ochar, qulog‘in ochar, fan miyaga idrok bilan yorug‘lik sochar
B) Bilim o‘z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuiganmas boylikdir, o‘g‘ri va qalloblar uni hech o‘g‘irlab ololmaydilar.
S) Inson tanasidagi sog‘lom aql, eng kichik vujudda jamumjam bo‘lgan beqiyos buyuklikdir
D) Aql bu – yolqinlanuvchi oyna, nur taratadi-yu, o‘zi muzdek qolaveradi.
MAVZU: KESIM VA UNING TURLARI.
MAQSAD: Kurs tinglovcilariga kesim va uning turlari haqida chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi .
KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovcilariga kesim va uning turlari haqida chuqur ma’lumot olishlari kerak.
Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor
mavzuning texnologik xaritasi
Fan: O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari
Mavzu: KESIM VA UNING TURLARI.
Kalit so‘zlar: fe’l ot, sodda kesim murakkab kesim
Soatlar soni: 2 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)
Eski darsliklarda : “ Ega haqidagi xabarni bildirib , unga grammatik tobe bo‘lgan bo‘lak kesim deyiladi “ ,-deyilgan . Aslida , kesim gap markazi bo‘lib , u tasdiq-inkor , zamon , mayl , shaxs-son ma`nolarini ifodalab keladi , hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi .
Gapni yuzaga keltirish , fikrni ifodalash jihatdan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta . U hukmni ifodalovchi , gaplikning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lakdir . Gapda ega ham , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (to‘ldiruvchi , hol , aniqlovchi ) bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi .
Ega , to‘ldiruvchi , hol kesimga bevosita , ya`ni to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi .
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,
Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.
Baholash: Rag‘batlantirish
Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob
|
Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
|
Maqsad:
Kurs tinglovcilariga kesim va uning turlari haqida chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi
|
Vazifalar:
Ta’limiy savol:
1. Gap bo‘laklari haqida so‘zlab bering . Gap bo‘laklari nimalardan iborat ?
Tarbiyaviy savol:
1. Ot kesim va fe`l kesimni izohlang.
Rivojlantiruvchi savol:
4. Sodda va murakkab kesimlarga misollar keltiring .
|
Kutilayotgan natijalar:
|
Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):
Kesim nima qildi ? nima qilyapti ? nima qiladi ? nima ? kim? nechanchi ? qanday ?
nechta ? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi .
M: Dehqonlar dalada ishlayapti . - nima qilyapti ? Mashina joyidan qo‘zg‘aldi .-
( nima qildi ? ) , Otam – shifokor . – kim ? Hayot go‘zal .- qanday ?
|
Qaysi savollar beriladi:
1.Kesim va uning ifodalanishi haqida tushuntirib bering
|
Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma Fe`l kesim - fe`l va uning sifatdosh , ravishdosh formalari bilan ifodalangan kesim .
Fe`l-kesim quyidagi ko‘rinishlarga ega :
a) sof fe`l kesimlar : Gullar ochildi . Atrof yashnadi . Bolalar o‘ynayapti;
b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim : Motor gurillab , mashina oldinga intildi ;
d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim : It xurar – karvon o‘tar . Gullar ochilgan .
|
Qaysi savollar beriladi:
1. Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilish o‘rnini izohlab bering .
|
Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi : sodda kesim va murakkab kesim .
Sodda kesim – birgina so‘z bilan ifodalangan kesim . M: Mard maydonda bilinar . Paxta va tilladan yurt bezandi . Opam Tinglovchi . Ishlar ko‘p . Havo issiq .
Murakkab kesim – ikki va undan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim . M: Odamlar tarqala boshladi . Uchrashuv qiziqarli bo‘ldi .
|
Qanday topshiriqlar beriladi?
1. Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari qanday bo‘ladi ?
|
Dars jarayoni va bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
metodi
|
Vaqt (daqiqa)
|
1-bosqich: tashkiliy qism.
|
Davomatni aniqlash
|
Xotira mashqi
|
5
|
2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash
|
Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi
|
savol-javob
|
10
|
3-bosqich:
Mavzu bayoni
|
Mavzuni reja asosida yoritish:
Kesim va uning ifodalanishi
Kesimning turlari
Fe’l kesim va ot kesim
Sodda kesim va murakkab kesim
|
Slaydlar asosida kichik ma’ruza.
Aqliy hujum
O‘zaro tajriba almashish
|
10
10
10
5
|
4-bosqich:
Mustahkamlash:
|
Kurs tinglovcilariga kesim va uning turlari haqida chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi
|
Guruhlarda ishlash.
|
10
|
5-босқич: Baholash.
Dars yakuni
|
Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)
|
Guruhlarni baholash
Savol-javob
|
10
5
|
6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)
|
Mavzuga oid savollar
Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.
|
Og‘zaki
|
5
|
Nazariy mashg‘ulotning borishi:
1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash
2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi/
3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:
Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.
Kesim va uning ifodalanishi
Kesimning turlari
Fe’l kesim va ot kesim
Sodda kesim va murakkab kesim
4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga kesim va uning turlari haqida chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi. Guruhlarda ishlash.
5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi
6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.
Kesim va uning ifodalanishi
Eski darsliklarda : “ Ega haqidagi xabarni bildirib , unga grammatik tobe bo‘lgan bo‘lak kesim deyiladi “ ,-deyilgan . Aslida , kesim gap markazi bo‘lib , u tasdiq-inkor , zamon , mayl , shaxs-son ma`nolarini ifodalab keladi , hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi .
Gapni yuzaga keltirish , fikrni ifodalash jihatdan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta . U hukmni ifodalovchi , gaplikning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lakdir . Gapda ega ham , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (to‘ldiruvchi , hol , aniqlovchi ) bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi .
Ega , to‘ldiruvchi , hol kesimga bevosita , ya`ni to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi .
M : Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta`sir qildi .
1) gaplari (ega ) ta`sir qildi 2) qattiq (hol ) ta`sir qildi
3) dehqonning (aniqlovchi) gaplari 4) Luqmonga (to‘ldiruvchi ) ta`sir qildi
Kesim nima qildi ? nima qilyapti ? nima qiladi ? nima ? kim? nechanchi ? qanday ?
nechta ? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi .
M: Dehqonlar dalada ishlayapti . - nima qilyapti ? Mashina joyidan qo‘zg‘aldi .-
( nima qildi ? ) , Otam – shifokor . – kim ? Hayot go‘zal .- qanday ?
66
Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi :
1) ot kesim ; 2) fe`l kesim .
Kesim tuzilishiga ko‘ra ham ikki xil : sodda kesim va murakkab kesim .
Kesimning turlari
Tuzilishiga ko‘ra Ifodalanishiga ko‘ra
sodda kesim murakkab kesim ot kesim fe`l kesim
sodda ot-kesim sodda fe`l -kesim
murakkab ot-kesim murakkab fe`l -kesim
Fe`l kesim va ot kesim
Fe`l kesim - fe`l va uning sifatdosh , ravishdosh formalari bilan ifodalangan kesim .
Fe`l-kesim quyidagi ko‘rinishlarga ega :
a) sof fe`l kesimlar : Gullar ochildi . Atrof yashnadi . Bolalar o‘ynayapti;
b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim : Motor gurillab , mashina oldinga intildi ;
d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim : It xurar – karvon o‘tar . Gullar ochilgan .
Ot kesim – fe`ldan boshqa so‘z turkumlari , shuningdek , fe`lning harakat nomi shakli
bilan ifodalangan kesim . Ot –kesimlar quyidagicha ifodalanadi :
a) ot bilan : Onam – o‘qituvchi . Bular o‘quvchi . Men sening o‘g‘lingman . Oyoq
yugurgisi - oshga , til yugurgisi – boshga .
b) sifat bilan : Atrof charag‘on . Tabiat go‘zal . Usti yaltiroq , ichi qaltiroq .
d) son bilan : Birniki mingga , mingniki tumanga .U sinfda birinchi .Hammasi o‘nta .
e) olmosh bilan : Sen kimsan ? Istagim – shu . Aybdor sizsiz .
f) ravish bilan : Ishchi kuchi ozmi ? Talabgorlar ko‘p .
g) modal so‘z bilan : Issiq ovqat bormi ? Bularning insofi yo‘q . Kitob menga kerak .
h) harakat nomi bilan : Maqsadim – o‘qish . Yashamoq –kurashmoq .
i) undov va taqlid so‘zlar bilan : Orqada qolganlarning holiga voy . Yaprpqlar
shildir-shildir . Otning quloqlari ding edi .
Sodda kesim va murakkab kesim
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi : sodda kesim va murakkab kesim .
Sodda kesim – birgina so‘z bilan ifodalangan kesim . M: Mard maydonda bilinar . Paxta va tilladan yurt bezandi . Opam Tinglovchi . Ishlar ko‘p . Havo issiq .
Murakkab kesim – ikki va undan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim . M: Odamlar tarqala boshladi . Uchrashuv qiziqarli bo‘ldi . To‘garak mashg‘ulotlari haftada bir marta o‘tadigan bo‘ldi . Bizda odat mana shu edi . Mehnatning noni shirin bo‘ladi . Bu kitobni o‘qib chiqdim . Vazifani puxta bajarish kerak .
Esda saqlang . Tarkibida ko‘makchi fe`l va bog‘lamalar (-dir bundan mustasno ) ishtirok etgan kesim murakkab kesim sanaladi . Bog‘lama sodda ot-kesimni murakkab ot-kesimga aylantiradi . M:
Sodda ot kesim Murakkab ot kesim
Birovni qarg‘ash gunoh . Birovni qarg‘ash gunoh sanaladi .
Bugun havo issiq . Bugun havo issiq bo‘ldi .
Otasi - shifokor . Otasi shifokor ekan .
Biz ham boramiz . Biz ham borishimiz kerak .
Foydalanilgan adabiyotlar:
Test savollari:
Hosilimiz mo‘l bo‘lsa uyimiz donga to‘lsa, turmushimiz bo‘lar farovon. Murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi?
A) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap.
B) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
S) aralash murakkab qo‘shma gap
D) to‘g‘ri javob yo‘q
Shuni unutmangki siz kelajagimiz va butun umidimiz sizlardan. Ushbu gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi?
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
B) aralash murakkab qo‘shma gap
S) bog‘lovchisoz qo‘shma gap
D) a va b javoblar to‘g‘ri
Kimning qalbi pok bo‘lsa, uning ishlari o‘z-o‘zidan uyishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo‘ladi. Murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga kirishini aniqlang.
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap
B) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap.
S) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap.
D) barcha javoblar to‘g‘ri
Turli bog‘lovchi vositalar yordami bilan o‘zaro bog‘langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi qanday gap sanaladi?
A) ergashgan qo‘shma gap
B) bog‘langan qo‘shma gap
S) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) murakkab qo‘shma gap
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang?
A) Shunday odamlar borki kelajagini oldindan bashorat qila oladi
B) Suv keldi cho‘llarda hayot boshlandi
S) Ravshanlik tilning asosiy fazilatidir
D) Erta eksang, erta o‘rasan
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun qanday tinish belgilari ishlatiladi?
vergul
tire
2 nuqta, nuqtali vergul
Javoblar to‘g‘ri
Qo‘shma gaplar necha turli bo‘ladi?
A) 2
B) 3
S) 4
D) 5
Matndagi tinish belgilaridan keyin qanday bog‘lovchi vositalarni qo‘llash mumkin?
Aqling bo‘lsa, biron narsani o‘rgan, . . . . o‘quvsiz aql ko‘ylaksiz tana, yoinki beqiyofa odamdir, . . . . ilmni aqlning yuzb deyishadi-ku.
A) shuning uchun, go‘yo
B) yoki, balki
S) chunki, axir
D) lekin, xatto
Qaysi qatorda qo‘shma gap berilmagan?
A) Ilm inson ro‘zin ochar, qulog‘in ochar, fan miyaga idrok bilan yorug‘lik sochar
B) Bilim o‘z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuiganmas boylikdir, o‘g‘ri va qalloblar uni hech o‘g‘irlab ololmaydilar.
S) Inson tanasidagi sog‘lom aql, eng kichik vujudda jamumjam bo‘lgan beqiyos buyuklikdir
D) Aql bu – yolqinlanuvchi oyna, nur taratadi-yu, o‘zi muzdek qolaveradi.
Tarkibida uch va undan ortiq sodda gaplar ishtirok etgan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gaplar deyiladi?
A) bog‘langan qo‘shma gap
B) ergashgan qo‘shma gap
S) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D) murakkab qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |