Alkimyogar ( r o m a n ) Paulo Koelo



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/90
Sana19.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#70822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Bog'liq
Alkimyogar

Alkimyogar

 

(

R O M A N

)  

Paulo Koelo 

 

library.ziyonet.uz/ 

 

egilib suvlarimga termilib oʻtirganida, koʻzlarining tubida mening goʻzalligim yuz 



koʻrsatardi». 

 

«Naqadar gʻaroyib rivoyat», — Oʻyladi Alkimyogar. 



B

IRINCHI QISM

 

Boʻzbolaning ismi Santyago. U qoʻylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona 

cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi 

allaqachonlar oʻpirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob boʻlgan joydan 

kattakon tutanjir oʻsib chiqqan. 

 

Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qoʻylarini 



ichkariga haydab kiritdi-da, boʻlak-soʻlak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib 

eshikni tambaladi. Okrugda boʻrilar yoʻq edi, biroq ba’zan qoʻylar uloqib ketib qolar

biror-bir daydi qoʻyni qidirib kun-uzzun ovora boʻlishga toʻgʻri kelardi. 

 

Santyago kamzulini yerga toʻshadi, boshi tagiga yaqinda oʻqib tugatgan kitobni qoʻydi va 



choʻzildi. Uyquga ketishdan oldin: qalinroq kitob olib chiqqanim tuzuk ekan — ancha 

vaqt oʻqirdim, yostiq uchun ham qulay boʻlardi, deb oʻyladi. U uygʻonganda hali 

qorongʻu, tepasida tun choyshabining yirtiqlaridan yulduzlar charaqlab turardi. 

 

«Yana ozgina uxlasam», oʻyladi Santyago. 



 

Uyqusida yana oʻsha – oʻtgan hafta koʻrgan tushi jonlandi va tushni tagʻin oxirigacha 

koʻrishga ulgurmadi. 

 

U boshini koʻtardi, vinodan bir qultum ichdi. Tayogʻini qoʻliga oldi va mudrab yotgan 



qoʻylarni turtkilay boshladi. Biroq suruvning katta bir toʻdasi u koʻzini ochgan damdayoq 

qoʻzgʻalgan, goʻyo u bilan qoʻylar orasida allaqanday sirli aloqa borday, u suruv bilan, 

mana, ikki yildan beri suv va ozuqa qidirib, bir joydan boshqa joyga sangʻiydi. «Menga 

shu qadar oʻrganib qolishdiki, hamma odatimni oʻzlashtirib oldi bular, — mingʻilladi u. 

— Mening hatto kundalik rejamdan ham boxabar». 

U yana shu haqda biroz mulohaza qilib, ehtimol, buning aksidir — men ularning 

odatlarini oʻzlashtirib, suruvning tartibiga tushib olgandirman, degan xulosaga keldi. 

 

Biroq boshqa bir toʻda qoʻy Santyagoning tayoq uchi bilan birma-bir nomini aytib 



turtkilaganiga qaramay, qoʻzgʻalishga shoshilmasdi. Umuman, uning ishonchi komil edi 

— qoʻylar Santyago aytgan gaplarni yaxshi tushunardi, shuning uchun ba’zan u 

kitobchalarning oʻziga yoqqan joylarini qoʻylarga eshittirib oʻqir yoki suruvni haydab 

oʻtgan shaharlar, qishloqlarda eshitgan yangiliklarni ularga gapirib berardi. 

 

Darvoqe, keyingi paytlarda boʻzbola faqat bir narsa — yana toʻrt kundan keyin oʻzi yetib 



keladigan shaharda yashaydigan savdogarning qizi haqida gapirardi. U qizni faqat bir 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish