4. Ko`p tomlik O`rta Osiyo respublikalari tarixining yaratilishi.
Malumki tarix fani ishtimoiy siyosiy iqtisodiy va manaviy hayotining taxlilchisi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim tamonlarini ibrat tarozisida o`lchab bermog`i lozim. Lekin, bugungi mintaqaviy qo`shni va qardosh xalqlar o`rtasidagi munosabatlar doyrasida o`zora yordam, bir-biriga ko`makdoshlik ananalari bilan bir qatorda, tarixga munosabat masalarida ayrim mavhum milliy yondashuvlarni olg`a surishga, yaxlit tarixshunosligimizni o`zlariga qulay shaklda tor millatchilik ruhida talqin qilishga urinishlar uchramoqda. Bunday qarashlar haqiqiy ilmiy nuqtaiy nazardan obektev olimlar tomonidan fosh etilmoqda. Chunki bir tarixiy sharoitda yashab kelgan bir xil iqtisodiy, siyosiy madaniy-manaviy jarayoni boshidan kechirib bir xil tafakkur meyorlariga ega bo`lgan birodar xalqlarni bugun “sen emas, men” ruhida qarama qarshi qo`yish hech qanday mantiqga mos kelmaydi. Buni agar olimlar qilsa, ilmiy haqiqat oldidagina emas, balki vijdon oldida ham javobgar bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasi olimlari yangi, har tamonlama olis ilmiy yondoshuv asosida ko`p jildli “O`zbekiston tarixini” yozishga kirishdilar. Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojigiston va Turkmaniston olimlari tamonidan ham xuddiy shunga o`xshash nashrlarni amalga oshirishga kirilishmoqda.
Lekin hozir markaziy Osiyodagi barcha xalqlarning tarixiy yutiqlarini faqat bir xalqniki qilib ko`rsatish hisobiga o`z davlatchiligi tarixini qadimiylashtirishga urinish bemaniylik darajasiga borib etdi.
Kishini ajablantiradigan narsa shuki, xalqlari tarixini maxsus taqiqodlar vositasida yoritayotgan olimlar fasiga davlat arboblari ham qo`shilib qolmoqdalar. Afsuski ularning xaddan tashqari extiroslariga berilishi va o`z xalqi tarixini ko`tarinki ruxta ko`satishga urinishi ba`zida yaqqol ko`rinib turgan tarixni o`zgartirish, xalqlarning o`zoro aloqalariga etarli darajada ba`xo bermaslik hamda alohida xodisalar va shaxslarni idiallashtirish bilan qo`shib olib borilmoqda. Bu narsa xususan, davlatchilik tarixi va tsivilizasiyalar rivoji masalariga ta`luqli. Bunday tadqiqodlarning davlat raxbarlari qalamiga mansusligi esa jamiyat ongiga eng so`ngi bosqichdagi xaqiqat siqatida ta`sir ko`rsatib, ularga siyosiy tus beradi. Ayni paytda, aytaylik Saparmurod Turkman boshining “Ruxnoma” kitobida 5 ming yil muqaddam bu xududda xorazm orqali volgacha cho`zilgan qadimiy – o`g`iz –turkman davlati “O`g`izxon turkman saltanati” xukum surganliga davo qilinadi. O`z fikirining dalili sifatida muallif mazkur arealda o`q va yoyning keng tarqalganligini keltirada. Xolbuki bunday davlat fanga ma`lum emas, bu qadimiy qurol turi esa mis davridan boshlab butun Evropa va Osiyoda tarqalgan.
Ko`chmanchi charvodor xalqlarning davlatchiligi va tsivilizatsyasi muammolari nixoyatda murakkab. SHunga qaramay, Asqar Akaevning “Qirg`iz davlatchiligi va “Manas” xalq eposi” kitobida qirg`iz davlatchiligi ko`p asrlar mabonida ko`chib uyrib, nixoyat xozirgi Qirg`iziston xududida qaytadan vujudga kelgan bo`lishi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Asqar Akaev eramizdan avvalgi II-I asrlarda xitoy sarkardasi Li Linning turli xalqlar qatori, Enisey qirg`izlari ham yashagan Enisey xavzasiga xunlar noibi vazifasini bajarish uchun tayinlanishi ilk qirg`iz davlatining shakillanishidan darak beradi, deb hisoblaydi.Li Lin orqali ushbu saltanatni eramizning VII-X asrlarida hukumronlik qilgan xitoy sulolalari bilan qon-qarindoshlik rishtalari vositasida bohlashga xarakat qilinadi.
Aslida esa, tarkibiga Mo`g`iliston va Enisey qirg`izlari kirgan ko`chmanchi xalqlarning ko`p sonli birlashmalari orqali eramazdan avvalgi birinchi asrlardagi Li Linning noyibligi bilan eramizning IX asrdagi Qirg`iz davlatining o`zoro bog`lash mumkin emas.
CHinakkam olim xar bir fikrni nayob xujjatlar, manbaalar asosida mantiqiy isbotlaydi. Tarix ilmi, tarix haqiqati shuni taqoza qiladi. Ammo O`rta Osiyo, xususan turkiy qavmlar tarixini soxtalashtiruvchi, tarix xaqiqatini buzub ko`rsatuvchi kitoblar tez-tez paydo bo`lib turibdi. Qirg`izistonlik olim R.Raxmonaliev qalamiga mansub “Turkiy saltanatlar” (Maskva, “Progres” nashriyoti, 2002 yil) tadqiqoti anashunday asarlar jumlasiga kiradi. Ochig`ini aytganda, bu kitob bir qancha jixatlari bilan diqqatni tortadi. Rustam Raxmonovning tadqiqoti ezgu tilak yo`lida yozilganiga shubxa yo`q. Lekin uning g`ayri ilmiy, noto`g`ri g`ayri ilmiy fikrlariga munosabatimiz bor. Masalan, kitobning 18 betida shunday xulosa chiqarilgan: “Vse ariytsi, kotorie sanranili vernost’ drevnim bogam, stali turantsami, a storonnika Zaratustri – prantsami. Tak sovershilas’ razdelenie na Iron i Turon”. Agar xamma oliy bo`lsa turklar qaerdan, osmondan tushganmi?
Mualif kitobining 527 betida Amir Temur faoliyati xususida so`z uyritib, jo`ro davrida tarixchilarning soxta qarashlarini takrorlaydi. Eng yomoni muallif kitobida ko`chirmachilikga ham yo`l qo`yadi.
Xullas, ko`p to`mlik o`rto Osiyo Respublikalarining eng yangi, xaqqoni tarixini yorutuvchi asarlarni yaratish zarur, qolavesa davr talabidir. Zero begun O`rta Osiyo oxolisini tashkil etgan barcha xalqlar, dunyo tsivilizitsiyasining yirik o`chog`i xisoblangan bu mintaqa boy tarixiy o`tmishning vorislari ekanliklarini esta tutish zarur.
Bu xalqlarning kelajagi, tarixshunos olimlarga ham bog`liqkim, tarixnovislarimiz o`tmishini asliga muvofiq tiklash shunga qanchalik professanal yondoshishimizga ko`p darajada bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |