Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi



Download 1,63 Mb.
bet204/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Ilk o’rta asrlar davri tarixshunosligi, tarixiy manbalari jumladan, turk xoqonligi, arablar bosqini, 9-12 asrlar davri tarixiy manbalari o’rganiladi. Shuningdek tarixiy manbalar tahlili orqali mavzuning dolzarbligi yoritishdan iborat

  • Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)

  • Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Tarixiy bilimlarning paydo bo`lishi va uning XVIII asr oxirigacha rivojlanishi to’g’risida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut

  • Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut

  • Yo`qlama- 5-minut

  • Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut

  • Yangi mavzu bayoni – 50 minut

  • sinov savollar namunasi – 5 minut

  • Uyga vazifa berish – 3 minut


50 – yillarning birinchi yarmida Sovet davlatidagi siyosiy vaziyat va jamiyatni demokratiyalashtirishga urinishi tarixshunosligi.

XX asrnig birinchi yarmida Sovet davlati ittifoqqa qo`shib olingan barcha millat va madaniy tengsizligini bartaraf qilish uyzasidan bir qancha shularni amalga oshirgan bo`lsa-da, aslida bu xalqlarga ittifoq tarkibida majburan ushlab turish, ularni nazorat qilib turish siyosatini olib bordi. Masalan, quyidagi hujjatda Sovet davlatining o`ziga qaram bo`lgan hududlarda qat`iy amal qilinadagan yo`riqnomasidan, bu xol ochiq yozib qoldirilgan: 35. Boshlang`ich va o`rta maktablari, bundan ham avval, o`rta va oliy o`quv uyrtlarida o`ta e`tibor qozongan o`qituvchilar shidan chetlashtirilishi lozim bo`ladi. Ularnig o`rniga biz tomonimizdan belgshilanadigan kishilarni qo`yish kerak. Fanlar orasidagi farq teislab uyborilishi originallar nashri cheklanishi, lotin va o`zbek tillari, umumiy filosofiya, mantiq va genetika fanlarinig o`tilmog`i to`xtatilishi shart. Tarix darslarida o`tgan siyosatdonlar kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urinishga burmoq lozim bo`ladi. Maxsus maktablarda mutaxassislik juda chegaralab o`tilishi kerak.

Ko`rinib turibdiki, urishdan keyin butun dunyoga kommunistik g`oya ustinligini yoyish uchun harakatlar boshlangan. Sovetlar jahon bo`ylab o`z hukmronligini o`rnatmoqchilar. Bu hujjat – yo`riqnomada tarixchi olimlarga ham bevosita aloqadar jumlalar bor edi. 45. Oliy o`quv yurtlariga shunday kishilarni qabul qilish kerakki, ular xalqning omi qatlamidan bo`lishsin va ularni mutaxassislik bo`yicha chuqur bilim olish emas, balki faqat diplom qiziqtirsin. (O`zb.yangi: -510 bet). Demak, kommunistik mafkura milliy o`zlikni anglashni ongli ravishda buzishga harakat qilib, hayosizlarga, dalil – isbotsiz xalqning eng ongsiz bo`lib qolishini istab, O`zbekistonninggsh ham yoshlarining ziyoliy kishilarining hurfikrliklarini yo`q qilishga intildi.

Bu harakatlarning boshida kommunistik partiya turar edi. O`z. KP(b) Mq byurosi 1950 yil 1 sentyabrdagi qonunlari O`zbekiston xalqlari tarixining Sovet davriga bog`ishlangan kitoblar ham yaratilmaganini tanqid qilib, “Bizda tarix masalalarida yana bir muhim kamchiliklar bor. O`zbekiston tarixi Sovet davri haqida birorta ham asar yozilgan emas”. “O`zbekiston xalqlari tarixi”ning Sovet davriga bag`ishlangan uchunchi jildda va “O`zbekiston KP(b) tarixi ocherklari” juda sekin yozilmoqda. Bizning tarixchilarimiz VKP(b) ning rahbarlik va yo`l ko`rsatuvchilik rolini, O`zbekiston saqialistik negizda o`zgartirishda buyuk rus xalqi, VKP (b) Markaziy Komitet, ulug` yo`lboshchilarimiz Leninva Stalin bergan g`oyat katta yordamini har tomonlama ko`rsatib berishga alohida e`tibor qilishlari kerak. deb olimlarga tariximizni qanday yozish kerakligi haqida maxsus “ko`rsatma” berildi.

Mana shular natijasida, zulm va zo`ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o`zligini, millat qadr – qiymatini teran anglagan, ijtimoiy – siyosiy ongi yuksak, xalqni uyhotishga, xalqni boshqarishga qodir bo`lgan, ma`rifat va ma`naviyat yo`lida fidoyilik ko`rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining qancha-qanchalari jismonan yo`q qilindi. Bular orasida ko`plab tarixchi, sharqshunos, ziyoliy va olimlarimiz ham bor edi. Partiyaning XX s`ezdi, shaxsga sig`inish deb Stalinni qoralagan bo`lsada, hech qanaqa demokratiya haqida, erkinlak haqida ochiqchasiga gapirish mumkin emas edi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish