Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Ilk o’rta asrlar davri tarixshunosligi, tarixiy manbalari jumladan, turk xoqonligi, arablar bosqini, 9-12 asrlar davri tarixiy manbalari o’rganiladi. Shuningdek tarixiy manbalar tahlili orqali mavzuning dolzarbligi yoritishdan iborat
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Tarixiy bilimlarning paydo bo`lishi va uning XVIII asr oxirigacha rivojlanishi to’g’risida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut
Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut
Yo`qlama- 5-minut
Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
sinov savollar namunasi – 5 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
50 – yillarning birinchi yarmida Sovet davlatidagi siyosiy vaziyat va jamiyatni demokratiyalashtirishga urinishi tarixshunosligi.
XX asrnig birinchi yarmida Sovet davlati ittifoqqa qo`shib olingan barcha millat va madaniy tengsizligini bartaraf qilish uyzasidan bir qancha shularni amalga oshirgan bo`lsa-da, aslida bu xalqlarga ittifoq tarkibida majburan ushlab turish, ularni nazorat qilib turish siyosatini olib bordi. Masalan, quyidagi hujjatda Sovet davlatining o`ziga qaram bo`lgan hududlarda qat`iy amal qilinadagan yo`riqnomasidan, bu xol ochiq yozib qoldirilgan: 35. Boshlang`ich va o`rta maktablari, bundan ham avval, o`rta va oliy o`quv uyrtlarida o`ta e`tibor qozongan o`qituvchilar shidan chetlashtirilishi lozim bo`ladi. Ularnig o`rniga biz tomonimizdan belgshilanadigan kishilarni qo`yish kerak. Fanlar orasidagi farq teislab uyborilishi originallar nashri cheklanishi, lotin va o`zbek tillari, umumiy filosofiya, mantiq va genetika fanlarinig o`tilmog`i to`xtatilishi shart. Tarix darslarida o`tgan siyosatdonlar kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urinishga burmoq lozim bo`ladi. Maxsus maktablarda mutaxassislik juda chegaralab o`tilishi kerak.
Ko`rinib turibdiki, urishdan keyin butun dunyoga kommunistik g`oya ustinligini yoyish uchun harakatlar boshlangan. Sovetlar jahon bo`ylab o`z hukmronligini o`rnatmoqchilar. Bu hujjat – yo`riqnomada tarixchi olimlarga ham bevosita aloqadar jumlalar bor edi. 45. Oliy o`quv yurtlariga shunday kishilarni qabul qilish kerakki, ular xalqning omi qatlamidan bo`lishsin va ularni mutaxassislik bo`yicha chuqur bilim olish emas, balki faqat diplom qiziqtirsin. (O`zb.yangi: -510 bet). Demak, kommunistik mafkura milliy o`zlikni anglashni ongli ravishda buzishga harakat qilib, hayosizlarga, dalil – isbotsiz xalqning eng ongsiz bo`lib qolishini istab, O`zbekistonninggsh ham yoshlarining ziyoliy kishilarining hurfikrliklarini yo`q qilishga intildi.
Bu harakatlarning boshida kommunistik partiya turar edi. O`z. KP(b) Mq byurosi 1950 yil 1 sentyabrdagi qonunlari O`zbekiston xalqlari tarixining Sovet davriga bog`ishlangan kitoblar ham yaratilmaganini tanqid qilib, “Bizda tarix masalalarida yana bir muhim kamchiliklar bor. O`zbekiston tarixi Sovet davri haqida birorta ham asar yozilgan emas”. “O`zbekiston xalqlari tarixi”ning Sovet davriga bag`ishlangan uchunchi jildda va “O`zbekiston KP(b) tarixi ocherklari” juda sekin yozilmoqda. Bizning tarixchilarimiz VKP(b) ning rahbarlik va yo`l ko`rsatuvchilik rolini, O`zbekiston saqialistik negizda o`zgartirishda buyuk rus xalqi, VKP (b) Markaziy Komitet, ulug` yo`lboshchilarimiz Leninva Stalin bergan g`oyat katta yordamini har tomonlama ko`rsatib berishga alohida e`tibor qilishlari kerak. deb olimlarga tariximizni qanday yozish kerakligi haqida maxsus “ko`rsatma” berildi.
Mana shular natijasida, zulm va zo`ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o`zligini, millat qadr – qiymatini teran anglagan, ijtimoiy – siyosiy ongi yuksak, xalqni uyhotishga, xalqni boshqarishga qodir bo`lgan, ma`rifat va ma`naviyat yo`lida fidoyilik ko`rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining qancha-qanchalari jismonan yo`q qilindi. Bular orasida ko`plab tarixchi, sharqshunos, ziyoliy va olimlarimiz ham bor edi. Partiyaning XX s`ezdi, shaxsga sig`inish deb Stalinni qoralagan bo`lsada, hech qanaqa demokratiya haqida, erkinlak haqida ochiqchasiga gapirish mumkin emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |