3.O`zbekiston xalqining moddiy ahvoli va ijtimoiy turmushini o`rganishning tarixshunosligi.
1946-1985 yillar oralig`ida Markaz ideologlari tamonidan o`ylab topilgan “komunizmga erishish uchun rivojlangan sotsializmni qurish g`oyasi ” kabi xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakat – SSSRda bo`lganidek, O`zbekistonda ham maorif, oliy ta`lim, ilm-fan, sanat o`ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyat “rivoji” maxsus qolibga solib qo`yildi. Xalqning moddiy ahvoli va ishtimoiy turmushi nihoyatda qoloq darajada rivojlandi. To`g`ri sinfiylik nuqtaiy nazaridan shaharlardagi turmush darajasi qishloqdagi ahvoldan keskin farq qilar edi. Ammo esdan chiqarmasligimiz kerakki, mamlakat aholisining 65-70% qishloqlarda istiqomat qiladi.
Soxta prolitar baynalminallikni kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotni kengroq o`qitishga urg`u beriladi. Natijadi 60 yillarda O`zbekiston tarixi darslari hajmi keskin qisqaradi. Nihoyatda boy va ko`hna O`zbek xalqi tarixini o`rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang`ich maktablarda rus tili va adabiyot predmentlari uchun 1600 soat ajratildi. 1970-1980 yillarda xalq ta`limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mavlag` 11% dan 8 % gacha kamayib ketdi. Respublikaning barcha viloyatlardagi maktablarning 20-60% ni zarur o`quv qurollari, asbob – anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi, 50% dan ortiq maktablarda issiq ovqat, bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o`lda –jo`lda qoldi. 70 – 80 yillarda 1 – 8 sinf o`quvchilarning atigi 8-9 % ni bunday guruhlarga jalb etilgan edi, xolos. Maktablardagi tarbiya evropa tarixi misolida olib borildi. Maktab bolalarini paxta va boshqa qishloq xo`jalik ishlariga jalb qilinishi natijasida, o`quvchilarning o`quv rejasidagi soatlarni o`zlashtira olmasligi odatiy hol bo`lib qoldi.
Bu davrda xalqning moddiy ahvolini o`rganish va ijtimoiy ahvolni o`rganish ochiqchasiga haqqoniy ravishda olib borilmas edi. Agar ochiqchasiga aytadigan bo`lsak, Ikkinchi jahon urishidan keyin xalq xo`jaligini tiklash ham osonlikcha kechgani yo`q. Nihoyat 60-70 yillarda ham oziq-ovqat borasida sezilarli darajada katta qiyinchiliklar ro`y bermadi. Ammo oylik maosh bilan ro`zg`orni bemalol tebratish .hammaga ham, hech bir qo`rqmasdan aytish mumkinki, ko`pchilikka nasib etmagandi. Uzoq yillar davomida etishmovchilik va nochorlikda yashab kelgan halq “qorin to`ysa bas” qabilida kun kechirardi. Bundan umumxalq soniga nisbatan kamchilikni tashkil etgan katta maoshli va nufizli tabaqa vakillari mustasno albatta. Brejnev rahbarligining oxirgi yillariga kelib, nisbatan to`qchilik va arzonchilik sharoiti o`zgara borib oziq-avqat turlari kamayib asta-sekin to`qchilik yuzaga kela boshlaganligini, ba’zi bir narxlarning oshib borishi holatlari kuzatildi. Xuddiy mana shu davrda sovet davlati chetga milyard-milyard dollorga neft sotib uning hisobiga mamlakatni ma`lum darajada oziq-ovqat bilan taminlashga majbur bo`lgan edi. Jahon bozorida nevtning narxi arzonlashishi, mamlakatda uni qazib olishdagi qiyinchiliklar orqasida chetdan oziq ovqat keltirish tobara ozayib borganligi ham XX asrning 60-80 yillari tarixi guvohdir.
Bu tez orada iqtisodiyotda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirib, qammatchilikni boshlanishiga olib keldi. Umuman olganda esa bir necha 10 yillar davomida oziq-ovqat masalasini hal etishni sovet davlati uddalay olmadi. Buni qarangki O`zbekistondan to`nnalab oltin va shu kabi nodir qazilma boyliklar tashib ketildi, ammo undan bahramand bo`lish u yoqda tursin, hatto hisobini ham aytmay haqiqat egasidan berkitildi. Xalqimiz o`z eri qaridan chiqqan gaz, o`z daryolaridan ichimlik sifatda foydalana olmadi. Tarixshunosligimizning ham eng dolzarb vazifazi ushbu muammolarni haqqoniy yoritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |