O`zbyekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar tarixshunosligi
O`zbyekiston SSRning tashkil etilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonning eng muhimlaridan biri O`zbyekiston nomigagina suvyeryen ryespublika bo`lib, aslida esa SSSR tarkibidagi unitar (qo`shma) davlat edi. O`zbyekiston ittifoq partiya-sovyet organlariga to`la qaram bo`lib, uning rahbariyati va diryektivalarini, ko`rsatmalarini og`ishmay bajarishga majbur edi.
O`zbyekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar o`tkazilgan davr bu SSSRda boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik tizimi o`zining barcha salbiy ko`rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi sharoitida sodir bo`ldi. Bu haqda yangicha g`oya va mustaqillik mafkurasi bilan yaxshi qurollanib olgan holda M.A.Axunova va B.V.Lunin tarixshunoslik yo`nalishida yozgan «O`zbyekistonda tarix fanlarining tarixi» nomli asaridan bilib olsa bo`ladi. Agar kitobxonlarni 1930-1950 yillarning yarmigacha bo`lgan davrda sovyet tarixchilari, arxeologlari va etnograflari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy bosqichlari bilan tanishtiradi.
Bu davrda S.P.Tostov, T.A.Julnko, I.Djabborov, M.A.Itina, Y.G.Gulomovlar eramizdan avvalgi IV ming yillikdan eramizning XIV-XV asrlarigacha Xorazm tarixini yangicha ko`z bilan ko`rish imkonini byerdi.
30-yillar tarix fanida totalitar tuzumni qo`llovchi «bol’shavoycha» uslubda tarixni yoritish hukmron bo`ldi. Markscha-lyenincha mafkura ta`siri ostida bo`lgan gazyeta va jurnallar ham shu tuzumga astoydil xizmat qilishga yo`naltirilgan edi. O`zbyekiston tarixshunosligida «Eski markazdan» kyelgan topshiriqlar asosida tarix fani ishladi. Ilmiy tadqiqotlarni tasdiqlash uchun Moskvadagi Davlat attyestatsiya qo`mitasiga mavzular olib borilar edi.
XX asrning 30-yillarida, ya`ni «madaniy inqilob» avj oldirilgan yillarda madaniyatga qarshi kurash shu darajada kuchaydiki, odamlarni qatag`on qilish uchun ularning uyidan arab yozuvidagi kitob yoki daftarlar topilishi kifoya edi. O`sha yildan, 30-yillar va 50-yillar ikkinchi yarmigacha, o`n minglab, yuz minglab jild kitoblar, nodir qo`lyozmalar suvga chuo`tirildi, yoqildi, tuproqqa ko`mildi. Taqdir istyehzosini qaranki, o`sha yillari sho`ro tarixchilari madaniy inqilob davri dyeb atadilar. Sho`rolar siyosati oxir-oqibatda shunga olib kyeldiki, ajdodlarni ardoqlaydigan o`zbyeklarning ham ko`pchiligi yetti ajdodini u yoqda tursin, ikki-uch bo`g`in ota-bobolarini zo`rg`a taniydigan bo`lib qoldilar. Bu monqurtlikning bir ko`rinishi edi. Aynan mana shu davrlardan boshlab, sho`rolar adabiyotda, san`atda, «ilg`or farzandlar», «qoloq ota-onalarga» qarshi qo`yila boshlandi. Sovyet hukumati 1934 yil 16 mayda «Maktablarda fuqarolar tarixini o`qitish» to`g`risida qaror qabul qildi. Chunki kommunistik mafkura qoidalariga ko`ra davlatchilik tarixini o`qitish bu eski tuzumni yoqlash bilan barobar edi.
Bu ilg`or «o`g`il-qiz» lar ota-onalarining e`zozlash o`rniga ular ustidan kular, juda insoflilari esa ularni qayta tarbiyalashga harakat qildilar. Ikkinchi jahon urushidan kyeyingi yillarda 50-yillar boshlarida, yangi yerlarni o`zlashtirishga jo`nayotgan yoshlar dyeysizmi, ilg`or kolxozga yigit-qizlar dyeysizmi, partkom kotiblari-uy zvyeno boshliqlari dyeysizmi, ko`pincha o`zlarining «ilg`orlik»larini «qoloq» ota-onalarini qayta tarbiyalash orqali namoyon qiladilar. Oqibatda, avlodlar o`z ajdodlarini, dyemak tarixni ardoqlashlari u yoqda tursin, ularni mutlaqo unuta boshladilar. Mana shu jabhada, 1937 yilda shaxsan Stalinning o`zi tahrir qilgan VKP(b) (Bol’shyeviklar Butun ittifoq partiyasi) qisqacha tarixi nashrdan chiqib, hamma tarixchilar undan qomis sifatida foydalandilar. Natijada 1934-1936 yillar o`quv qo`llanmalar tayyorlash qarori asosida tarix uni o`ta siyosatlashtirilib uyborildi.
Ikkinchi jahon urushidan kyeyingi xalq xo`jaligini tiklash ham oson kyechgani yo`q. Nihoyat alg`ov-dalg`ovlarga to`la fojiali 40 yildan ortiq davrdan so`ng 50-yillar oxirlariga kyelib hayotda yengillik va ilgariga nisbatan hayot farovonligi oshdi. Bugungi kundagi tarixshunosligimizda O`zbyekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki masalasi ham nihoyatda dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi.
Ushbu davr tarixshunosligida urushlar tarixi tarixshunosligini o`rganishdan ko`zlangan maqsad, tariximizning o`rganilmagan yangi sahifalarini ochmog`imiz zarurligidir. Masalan mana shunday dolzarb, o`rganilishi talab qilinadigan yo`nalishlardan biri bu urushlar oqibatida muhojirlikka kyetib qolgan o`zbyeklar tarixidir.
Bu davr tarixshunosligini o`rganish nihoyatda muhim. Chunonchi 1918-1920 yillardagi fuqarolar urushi natijasida 13 million kishi nobud bo`ldi, minglab kishilar jarohatlandi. Dyehqon xo`jaliklari, sanoat izdan chiqdi, ocharchilik qashshoqlik va ommaviy yuqumli kasalliklar kyeng quloch yoydi. Turkistonda ryespublikalar tashkil etilishi munosabati bilan esa minglab yillar davomida shakllanib kyelgan va takomillashgan yagona iqtisodiy tizimga zarba urildi, dyehqonchilik ostin-ustin qilinib, boy va o`rta hol dyehqon xo`jaliklari davlat tomonidan talon-taroj maydoniga aylantirildi. O`n minglab mirishkor dyehqonlar oilalar bilan «quloq» qilindilar, to`zitib yuborildi. Yuzlab obod qishloqlar xarobaga aylantirildi. Shuningdyek, qadimdan rivojlanib kyelgan va kundalik hayotning tarkibiy qismi bo`lmish yuqori darajadagi hunarmandchilik ildiziga bolta urildi. 30-yillardagi ocharchilik, qahatchiliklarda esa o`n minglab kishilarning yostig`i quridi, og`ir dardlarga chalindi. Mana shu og`ir tarix sahiflari tarixshunosligimizda R.Shamsutdinov, N.Karimovlarning sa`y-harakatlari tufayli asta-syekinlik bilan yoritilib bormoqda.
Xullas, XX asrning 30-yillari 50-yillarning birinchi yarmi davridagi O`zbyekiston tarixi tarixshunosligini o`rganish hozirgi kunda tarixchilar oldiga nihoyatda dolzarb vazifalarni qo`yishini mana shu uyqorida kyeltirilgan misollardan ham bilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |