Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Ishga necha sa'bliq imkon erur,
Kim ani oson tutar, oson erur.
Shod ani hit dahrda kirn g ‘am yemas,
Dahr is hi chun g ‘am yegali arzimas.
Nafasdek qisqa umrni g ‘animat bilib, uning qadriga yetish, 
bekorga sarflamasdan, rizo va shukronalikni shior aylash lozim, 
deydi shoir. Uning talqiniga kowra, har bir kishi bu dunyoda tosh, 
o‘simlik yoki qandaydir jonzot emas, balki koinot gultoji - inson
297


etib yaralishining o ‘zi eng oliy saodatdir. Chunki borliqning asl 
sababi va mohiyati, olara 
mavjudligining yagona 
asosi, 
tiriklikning asl maqsadi - inson ekan, bu mukarram maqom va 
aziz martabaning qadriga yetib, berilgan ne'matlarga shukrona 
qilish kerak bo'ladi. Navoiy insonga berilgan ne’matlarni birma- 
bir sanab chiqar ekan, ajoyib bir dalil keltiradi: inson bir marta 
nafas olganida Alloh unga ikki ne’mat ato qilarkan: nafas olish 
orqali tiriklik ozig'idan bahramand bo‘lsa, nafas chiqarishi 
zotining quvvatiga sabab b o iad i. Ana shu ikki ne’matning 
shukrini bajo keltirish uchun jonlar fido bo‘lsa hamki, kamlik 
qiladi:
Borchani qo 'yduq, muni-o 'q aytu bas,
Kim bu nafaskim, sangadur hamnafas.
Kir magi bir ne'mat eurur mug ‘tanam,
Uylaki kirmakligi chiqmog

ham.
Biri erur quti hayoting sening,
Yana biri quvvati zoting sening.
Bu iki ne'matki namudordur,
Har biriga shukryeri bordur.
O ln to‘qqizinchi maqolatni Navoiy Xuroson mintaqasi 
hamda mamlakat poytaxti Hirot shahrining ta'rifiga bag‘ishlaydi. 
Ushbu maqolatni Navoiyning Vatan haqidagi madhiyasi, deyish 
mumkin. 0 ‘z mamlakati va tug‘ilib-o‘sgan shahrini vasf etish 
asnosida Navoiy Xuroson yerning qoq yuragi - to ‘rtinchi iqlimda 
joylashganini alohida qayd etib, uni to ‘rtinchi falakda joylashgan 
Quyoshga qiyoslaydi. Osmonning m unaw arligi 
Quyoshga 
bog‘liq bo‘lsa, yerning obod va ma'murligi, tinch va barqaror 
b o lish i aynan Xuroson o'lkasiga bog‘liq, deydi Navoiy. Ayniqsa, 
Hirot shahrining ta'riflda shoir eng chiroyli o ‘xshatishlar, eng 
yoqimli mubolag‘alami qo‘llaydi. Yurtning tinchligi, xalqning 
farovonligi, qishloq va shaharlarning obodligi jamiyatda adolat 
tamoyili barqarorligi tufayli ekanligini shoh Bahrom haqidagi 
hikoyat mazmuni bilan quvvatlantiradi: Yazdijirddan taxtni 
meros olgan Bahrom bir muddat saltanat ahvolidan g'ofil bo‘lib, 
aysh-ishratga berilib ketadi. Ov chog‘i bir kambag‘al odamning
298


kapasiga mehmon b o ‘ladi. Uy egasi notanish mehmon oldiga bir 
piyola suv bilan bir burda qotgan non keltirib qo‘yadi. Bahrom uy 
egasidan ahvol socraganida, mezbon shohning zulmidan obod 
turmushi buzilib, qashshoq b o ‘lib qolganidan shikoyat qiladi. 
Bahromga ro ‘parasidan ko‘rinib turgan bir vayronani ko ‘rsatadi 
va bir zamon bu vayrona muhtasham saroy bo ‘lgani, saroy egasi 
yerdan suv chiqarib, bog‘dorchilik va dehqonchilik orqali katta 
daromad olib turgani, zulm kuchayib, quduq qurib qolgani, 
natijada hammayoq qurib, vayrona-valangor bolganini katta 
nadomat bilan aytib beradi. Bahrom o ‘sha zahoti qilib yurgani 
ishlaridan pushaymon b o ‘lib, mamlakatni adolat bilan obod 
qilishni niyat qiladi. Bu niyatning barakatidan quduqning ko‘zi 
ochilib, yana suv kela boshlaydi:
Ev egasi Tengrig \a aylab niyoz,
Dedi: “Hamonoki shahi ayshsoz,
Zulm qo ‘yub, adldurur niyati,
Kim bu asar ayladi xosiyati”.
“Hayrat ul-abror”ning valiahd shahzoda Badiuzzamonga 
bag‘ishlangan yigirmanchi maqolatida Navoiyning davlatchilik 
bobidagi qarashlari yaxlit bir konsepsiya tarzida bayon etilgan 
bo‘lib, unda bayon eilgan tavsiyalar Amir Temur tomonidan o ‘z 
vorislariga vasiyat qilib qoldirgan o ‘n ikkita tuzukka to ‘la-to‘kis 
mos tushadi. Masalan, Navoiy bu bobda asl maqsadga 
yuzlanmoqchi b o ‘lgan valiahd eng avvalo, din va shariat 
ahkomlariga so‘zsiz bo‘ysunishi hamda shariat ahkomlari 
jamiyatda 
bekam-ko‘st 
ado 
bo ‘lishiga 
mas'ul 
boTmog‘i 
hukmdorlikning birinchi sharti ekanligini quyidagicha ifodalagan:
Istar esang maqsadi asliyg ‘a yuz,
Joddai shar'i Muhammadni tuz.
“Temur 
tuzuklari” 
kitobida 
keltirilishicha, 
Amir 
Temuming birinchi tuzuki ham “Tangri taoloning dini va 
Muhammad mustafoning shariatiga dunyoga rivoj berish” 
b o ‘lgan. “Hayrat ul-abror”dagi fikrlaming “Temur tuzuklari”dan 
yagona tafovuti - tuzuklar va Navoiy g ‘oyalarining tartibi mos
299


tushmasligidir. Faqat birinchi va oxirgi - o ‘n ikkinchi tuzuklar 
Navoiyning fikrlar tizmasi tartibi bilan muvofiq kelib, qolgan 
tuzuklaming ma'nolari bobning turli joylarda sharhlangan. 
Masalan, birinchi tuzukning sharhidan so‘ng oltinchi tuzuk 
(“Adolat va insof bilan Tan grim yaratgan bandalarini о ‘zimdan
rozi qildim. Gunohkorga ham, begimohga ham rahm-shafqat
bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim” - “Temur
tuzuklari", 75-bet )
mazmunini muvofiq keladigan oyat va 
hadislar ma'nolari bilan boyitib, quyidagicha nazm etgan:
Shar' tariqini shior aylagil,
Adi ila mulkwiga mador aylagil.
Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adi buzuq mulkini obod etar.
Alisher Navoiy o‘n ikki tuzukni ana shu zaylda sharhlar 
ekan, so ‘zining xotimasida bu fikrlar uning tafakkuri mahsuli 
bo ‘lmay, balki Sulton Flusayn Boyqaro faoliyatining dasturi 
ekanligini mamnuniyat bilan qayd etadi:
Har neki bu nomada mas tur erur
,
Borchag 'a shoh ishlari dastur erur.
lshda agar shahg ‘a shabih о
‘lg ‘asen,
“Al-valadu sirru abih ” о 'lg 'asen.
Bu baytlardan ma'lum bo‘ladiki, Temur vasiyatlari uning 
munosib vorislari tomonidan izchillik bilan tatbiq etilib, bu 
m o‘tabar sulolaning davlatchilik konsepsiyasiga aylangan.
“Hayrat ul-abror” dostonida xotima o ‘ziga xos o ‘ringa ega. 
Dostonning 62-63-boblari hazrat Navoiyning xulosa va yakuniy 
fikrlarini o ‘z ichiga oladi. 62-bobda Navoiy dostonni yaratish 
orzusidan boshlab uni tugatgunicha b o ig a n jarayon haqida yozar 
ekan, dostonni yozish xayoli unga tinchlik bermagani, el-u yurt 
xizmati, xalq arz-dodini tinglash uni asosiy maqsaddan 
chalg‘itsa-da, Xudoning o‘zi unga marhamat k o ‘rsatib, nihoyat 
bu ulug‘ muddaoni poyoniga yetkazganini betakror tashbehlar 
vositasida bayon qilib beradi. Bob so ‘ngida Navoiy g ‘oyat 
nazokat va kamtarlik bilan agar yozganlari elga manzur bo‘lmasa, 
uni afv etishlarini so‘rab, Allohga iltijo qiladi:
300


Jilva her el ко ‘ziga ham xo Ъ ani,
Qilg‘il ulus ко ‘ngliga marg'ub ani.
Har nechakim, jurmum erur pech-pech,
Lekin erur rahmating olinda hech.
63-bobda oyog‘i toyib ketib, kosadagi oshni shohning 
boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shohning xijolatdan o ‘lar 
holatga yetgan bu qulni afv etgani haqidagi hikoyat beriladi va bu 
hikoyat bevosita 62-bobga hamohang tarzda, unga ilovadek 
keltiriladi. Navoiy Allohni olijanob shohga, o lzini oyog‘i toyib 
ketgan qulga o ‘xshatar ekan, shunday yozadi:
Har necha ко p ho ‘Isa gunohim mening,
Shukrki, hor sendek ilohim mening.
Xijlat ila qolmadi xudjom manga,
Yeri durur aylasang ehson manga.
“Hayrat ul-abror” dostonida kun tartibiga qo‘yilgan 
masalalar bevosita “Xamsa”ning keyingi dostonlarida ham 
davom etadi, xususan, komil insonga xos adab, qanoat, karam va 
saxovat, futuvvat, rostlik, vafo kabi xislatlar bilan bog‘liq 
masalalar “Farhod va Shirin” dostoni, “Sab'ai sayyor” tarkibidagi 
hikoyatlar, “Saddi lskandariy” dostonlarida yangicha talqin 
topganligini ko ‘ramiz.
Doston aruz tizimining 
sari' bahri - sari'i musaddasi 
matviyi m akshuf (ruknlari va taqti'i: muftailun muftailun foilun -
VV - / - V V - / - V -
) vaznida yozilgan. Bu vazn pand-u 
nasihat mazmunidagi fikrlarni bayon qilishga nihoyatda qulay 
boig an lig i sababli doston uchun asosiy she'riy o ‘lchov vazifasini 
o‘tagan.
301



Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish