Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Bir-biriga kechti alar qonidin,
Shoh dag ‘i kechti ulus qonidin.
Vafoli do'stlar haqidagi hikoyatdan so ‘ng ishq ta'rifidagi 
maqolat keladi. Chunki vafo va ishq, sadoqat va muhabbat - bir- 
birini to ‘ldiravchi, bir-biriga aloqador tushunchalar. Navoiyning 
yozishicha, ishq - azaliy bodisa, u “ruh mayi” bilan jism ga kirib 
ketadi va uni mast etadi. Ishq-Ruh olamining go‘zalligi, husn-u 
jamoli hadsiz-chegarasiz. Ishq bulbuli bu go‘zallikni ko‘rib, 
olamga g ‘u lg ‘ula soladi. Inson jism iga taralgan ishq shu'lasi ana 
shu Mutlaq G o‘zallik olamidan ingan nurdir. Bu nur butun 
borliqni qamrab olgan “jahon mulki”ga aylangan, ya'ni shoir 
nazarida olamdagi muvozanat, tiriklik va harakatni ta'minlovchi 
asosiy mohiyat - Ishq qonuniyatidir. Shoir talqiniga ko‘ra, go'zal 
chehrani ко‘rib, visoliga havas qilgan odam oshiq emas, oshiqlik 
davo qilgan kishiga vafo va sadoqat tuyg‘usi begonadir, uning 
tosh ko ‘ngliga ishq o ‘ti ta'sir ko ‘rsatolmaydi. Nafsoniy istaklarini 
muhabbat niqobida ko ‘rsatmoqchi b o ‘lgan odam har qanday 
jazoga loyiq:
Bu esa oshiq

erur о ‘Iturguluk,
Boshdin-ayoq jismini kuydurguluk.
Keyingi baytlarda haqiqiy oshiqning sifatlari keltiriladi. 
Unga k olra, haqiqiy oshiqning “ham tili, ham ko‘zi-yu ham 
ko‘ngli pok”, u o‘zgalar xayolidan begona, ishq yo‘lida hatto 
o ‘zlikdan ham voz kechgan dardkash inson:
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tili, ham ко ‘zi-yu ham ко ‘ngli pok
О ‘zlugidin ishq ani pok etib,
Balki fano о 'tig ‘a xoshok etib.
Navoiy maqolatdan keyingi hikoyatda Shayx Faxriddin 
Iroqiy haqida bir rivoyatni keltirib, ishqning tarbiyaviy
291


ahamiyatini ham ochib beradi. Navoiyning talqinicha, ko‘nglida 
ishq otashi alanga olgan odam birovga yomonlikni ravo 
ko £rmaydi va o ‘zi ham yomonlikka yurmaydi. Ishq eng a w alo
go'zallik va ezgulikka oshno etadi, go'zallik sir-u asrorini kashf 
etishga undaydi, oshiqning didini, farosatini, zehni va qobiliyatini 
oshiradi. 
Ishq - tosh ko ‘ngillami 
yumshatuvchi, 
Shayx 
San'onlarni butparast etuvchi, johilni ma'rifatli shaxsga aylantira 
oladigan kayhoniy kuch, ilohiy tuyg‘u.
0 ‘ninchi maqolat to ‘g ‘rilik ta'rifida va egrilik inkorida 
b o ‘Ub, unda Navoiy rostlik, to‘g ‘riso‘zlik, to ‘g ‘ri yashash, 
odamlarga to‘g ri munosabatda b o ‘lish kabi fazilatlarni birma-bir 
sanab chiqib, uning ziddi b o ‘lmish egrilik, yolg‘onchilikning 
ofatlarini ham birma-bir keltirib o ‘tadi. Navoiy talqiniga ko‘ra, bu 
dunyoda faqat to ‘g ‘ri so
‘2
gapirib yashash imkonsiz. B a’zida 
inson zarurat tug‘ilib, yaxshi niyatda yolg‘on gapirishga majbur 
b o ‘ladi. Ammo yolg‘ormi kasb qilgan kimsa odamlar orasida 
obro‘ topmaydi. Bunday kishi agar to ‘g ‘ri gapirsa hamki, uning 
chin so‘ziga hech kim ishonmaydi:
Kimki о ‘zin ayladiyolg'on so ‘zin,
Kizb, der el, chin desa, qolg ‘on so ‘zin.
Maqolatdagi fikrlaming tasdig‘i sifatida mashhur “Sher va 
durroj” hikoyasi keltirilgan.
0 ‘n birinchi maqolatda ilm o ‘rganish, olinming jamiyatdagi 
mavqeyi, ilm talabidagi riyozatlar haqida so‘z yuritiladi. 
Navoiyning 
ilm 
va 
olimlik 
haqidagi 
fikrlari 
asosan 
quyidagilardan iborat:
- ilm yo ‘li fidoyilik va irodani talab qiladi;
-
maktab va madrasa k o ‘rganlaming hannnasini ham olim 
deb b oim aydi - olimlik tug‘ma iste'dod va kuchli iroda hamda 
uzoq yillik riyozat orqali qo ‘lga kiritiladi;
-ilm olish, bilimli b o iish insonga obro‘ va sharaf keltiradi; 
-ilm shunday boylikki, unga amal qilgan inson bilan bir 
umrlik sadoqatli do‘st sifatida qoladi;
-haqiq iy olim jamiyatning bebaho boyligi va uning 
kamolot ko‘zgusidir;
292


-
ilmni boylik orttirish, mansab pjllapoyalarini egallash 
vositasi qilgan odam johil va gnmroh kishi hisoblanadi. Haqiqiy 
ilm - odamlarga manfaat yetkazadigan va oxirat koriga 
yaraydigan bilimdir. Bunday bilim sohibi bo ‘lgan kishi o ‘tkinchi 
havaslar va muvaqqat muvaffaqiyatlar ketidan quvmaydi. 
Dunyoviy havaslar uyasi bo‘lgan qalbda ilmga jo y qolmaydi: 

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish