Haqqa yetishish yo‘li ikki qadam masofadek gap, lekin bu
ikki qadamni bosib o'tish uchun ming yillik mashaqqal
sarflanishi kerak. Bu ikki qadamning biri o ‘zlikdan voz kechish.
ikkinchisi o‘zlikni topish, ya'ni o ‘zlikdan voz kechmay turib, chin
ilohiy o ‘zlikni topish mumkin ernas.
Inson o ‘zlikdan qutulmay,
Ilohga yetolmas ekan, demak,
uni tezlashliruvchi chora - vosita kerak. Dostonda majoziy ishq
tong yorug‘iga, haqiqiy ishq quyoshga o ‘xshatiladi:
Bu о ‘zlukdin qutulmoq chorasozi,
Nimayo'q, o'ylakim ishqi majoziy...
Majoziy ishq bo 'Idi subhi anvar,
Haqiqiy ishq anga xurshidi xovar.
Alisher Navoiyning bu o ‘rinda majoziy ishq va haqiqiy ishq
haqidagi fikrlari Navoiy ijodida ishqni to‘g ‘ri talqin qilishga
ko‘mak beradi. Shoir majoziy ishqni tong nuriga, haqiqiy ishqni
quyoshga o ‘xshatish bilan “majoz - haqiqat yoMidagi ko ‘prik’'
ekanligigiga, Yaratganga muhabbat U yaratgan xilqatlarga
muhabbat otqali oydinlashishiga ishora qiladi. Zero,
tongning
nuri
quyosh
tarafga
nazar tashlashga undaydi.
Demak,
Farhodning oldida turgan ishq dastlab majoziy ishq sifatida
namoyon boMadi. Biroq majoziy ishq uchun "m azh ar' kerak.
Mazhar - Haq jamoli zuhur etgan insondir. Farhod uchun mazhar
- Shirin edi.
Farhod shu tariqa Suqrot huzuriga borar y o ‘lda tariqat
maqomlarini bosib o ‘tadi, piri komil suhbatidan bahramand
bo‘lib, ilohiy ishqning mohiyatini anglay boshlaydi. Chin
mamlakatiga qaytib borib, ko'zguda endi nafaqat Shirinni,
balki
o‘zini va o ‘zi kelgusida boshdan kechirishi kerak bo‘lgan
voqeaiami ko ‘ra boshlaydi.
Ko‘zguda Shirinni ko‘rgan Farhodning hayoti yana
balolarda, sinovlarda o‘taveradi. Avval kemaning halokatga
uchrashi, uning yolg‘iz bir taxta ustida qolib, dengizda oqim
bo‘ylab suzishi, eronlik savdogarlar tomonidan qutqarilishi,
31.3
qaroqchilarga qarshi jang, suv qaziyotgan
odamlaming joniga
oro bo‘lib kirishi - tog‘ kesib, suv chiqarish mashaqqatlari -
bulaming barchasi ramziy ma'noda majoziy ishq y o iid a chekkan
ruhoniy iztirobiar, azob-mashaqqatlar. Bu voqealarni jonli, rangin
bo‘yoqlarda tasvirlagan shoir Farhodning dard-u iztiroblari, ishq
hasratlarini kuchli dramatizm bilan taqdim etadi. Dostonning
hakim Suqrot bilan bog‘liq o ‘rinlarida
tasavvufiy raazmun-
mohiyatning kuchayib ketganligini ko‘rish mumkin edi. Umuman
olganda, bu uslub asaming boshidan-oxirigacha kuzatiladi. Shu
bois asami zohiriy va botiniy ma'nolarda tushunish, idrok etish
mumkin. Zohiriy mazmunning o ‘ziga asoslanib idrok etilganda
ham dostonning ma'rifiy qimmati yuqori ekanligini kuzatish
mumkin. Masalan, Farhodning ko ‘hkanligi Nizomiy dostonida
asosan Besutun tog‘idan Xusrav askarlariga yo‘l
ochish orqali
ko‘rsatilsa, Navoiy dostonida suvdan qiynalgan xalqqa ariq
qazishi voqeasi garchi o ‘ta mubolag‘aviy tarzda berilgan bo ‘lsa-
da, muayyan jihatlari hayotiy asosga ega. Navoiy yashagan
davrda Hirotning o‘zida ham suv tanqisSigi muammosi tnavjud
edi. “Vaqfiya” asaridagi ariqlar, hovuzlar qazilganiigi haqidagi
ma'lumotlar bunga misol. Farhoddek shahzodaning xalqqa bergan
ko ‘magini badiiy tasvirlagan shoiming ijtimoiy (shahzodalarga
pand ma'nosida) maqsadlari bor edi.
Xos va avom kitobxonga
birdek qiziq bo'lgan bu dostondan har xil darajadagi kitobxon o ‘z
imkoniyat va iqtidori darajasida ta'sirlanishi mumkin. Asarning
yana
bir
nomi
“Mehnatnoma”ni
ko‘pchilik
Farhodning
Armaniyadagi mehnati bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi. Bu
bir qarashda to ‘g ‘ridek. Biroq Navoiyning o ‘zi doston boshida
“Mehnatnoma”ni qoilaganida, Farhod boshidan kechirgan
qiyinchiliklar va mashaqqatlami nazarda tutgan edi.
Dostondagi har bir timsol yuksak mahorat bilan ishlangan
bo‘lib, Navoiy har bir obrazga, har
bir detalga muayyan badiiy
ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ko‘rish mumkin. Dostonda ilohiy
ishqdan bebahra foniy dunyo kishilaridan biri Xusravdir. M uallif
bu ikki qahramonning munozarasini tasvirlar ekan, ikki xil ishq -
avom ishqi va ilohiy ishq o ‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib beradi.
314
jami 25 baytdan iborat bu munozarada deyarli har bit baytda
rauayyan badiiy san'atning yetakchilik qilishini kuzatish mumkin.
Xususan,
Do'stlaringiz bilan baham: