“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI HAQIDA
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va
Shirin” deb atalib, 1484-yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu
mavzu "Xusrav va Shirin" shaklida mashhur edi. Afsonaning
bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo ‘lib,
milodiy 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o ‘z o ‘g ‘li Sheruyaning
buyrug‘i bilan o ‘ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki
Shiringa b o ‘lgan muhabbati ko ‘pgina tarixiy asarlarda qayd
etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o ‘zi ham “Tarixi muluki
Ajam” asarining sosoniylar tarixiga bag‘ishlangan
qismida
Xusrav Parvez haqida ma'lumot beradi. Badiiy adabiyotda Xusrav
va Shirin muhabbati haqida birinchi b o lib Firdavsiy o ‘zining
"Shohnoma" dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida
ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning "Xusrav
va Shirin" dostoni 1340-yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy
tilga tarjima qilingan.
Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun aw algi
dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan
Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Aslida Farhodning bosh
qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda
Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan O rif Ardabiliyning
“Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni
bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy
dostonidan butunlay farq qiladi. Navoiy “Farhod va Shirin”
dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida
Nizomiy, Dehlaviy, A shraf M arog‘iylami eslab o ‘tar ekan, yana
bir noma'lum ijodkorga ham ishora qilib o‘tadi:
Yana bo 'lg ‘on ekan bit noma marqum,
Vale roqim emasturyaxshi ma'lum.
Adabiyotshunoslikda ushbu noma'lum ijodkor aynan O rif
Ardabiliy bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud.
302
Farhod obrazining ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi.
0 ‘z asarining manbalarini xalq og‘zaki ijodidan olgan Firdavsiy
“Shohnoma”sida Farhod pahlavon (Afrosiyobning jangovar
sipo’nsolori) sifatida tilga olingan. Bu obraz Nizomiyning
■‘Xusrav va Shirin” dostonida epik planda talqin etila boshladi.
Nizomiyning
dostonidagi
Farhod
xalq
orasidan
chiqqan
toshyo‘nar usta. U oqil va insonparvar, g ‘oyat savodli va
pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol
o ‘ynamasa-da,
muallifning yetakchi g ‘oyasini
tushunishda
muhim ahamiyatga ega. Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav”
dostonida esa Farhod oliynasab shahzoda, taqdirga tan beruvehi
baxtsiz oshiq sifatida tasvirlanadi.
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782
baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi.
Doston an'anaviy hamd - Allohning maqtovi bilan boshlanadi.
Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda A lisher Navoiy
yaratuvchining qudratini ta'riflab, uning irodasi bii.aii qalamga
olmoqchi bo‘lgan g ‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritar ekan,
birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi:
Bihamdikfath abvob ul maoniy,
Nasib et ко 'nghima fath о ‘Imak oni.
Ya'ni: Ma'nolar eshiklarining ochilishi sening m aqtoving
bilan va ko'nglum ga ularni zabt etishni nasib ail.
Keyingi baytlarda Navoiy ma'r.olar xazinasi qulllga
qo‘lining kalit bo‘lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga
yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olam ahlini
bahramand qilishni umid qiladi.
Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotg^ni “ Farhod va
Shirin” dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlarning
muxtasar tavsifini beradi, “dard bog‘i” deb ta’riflangan it?hq bilan
aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir Xoliq
maqtoviga kirishar ekan, eng aw alo , u inson ko'nglini ishq
303
guishani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini
madh etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |