Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

Sher uzra qilichi barq choqib,
Mo ‘г о ‘Isa shikasta yoshi oqib.
Darvesh desam ulus uza shoh,
Shohi darvesh borakalloh.
8-bob 
shahzoda 
Badiuzzamon 
ta'rifidadir. 
Navoiy 
shahzodaning ismi “zamonasining go‘zali, nodiri” ekanligiga 
ishora qilib, shunday yozadi:
Gar oti о ‘lub zamon badii,
Zoti kelib insu jon badii.
Alloh, Alloh, ne ol erur bu,
Ne роки xujasta zot erur bu.
Bobda Badiuzzamonning adolati, saxovati bilan birga 
qahriga ham alohida ta'rif beriladi:
323


Ad/i yorutub jahonni jovid,
Ul adl boshida ayni xurshed.
Chun qahri sharori ко ‘kka roji'
Ul “shin ” uza nuqta Nasri Voqi'.
Dostonning 9-bobi 
tun ta'rifiga bag‘ishlangan. Bob 
rrvuayyan ma'noda muqaddima bilan asosiy qismni bogMovchi 
ko‘prik vositasini o ltaydi. Bobda shoiming qorongM tunda xayol 
otiga minib, sayrga chiqish tasviri berilgan. Ishq vodiysiga 
yetganda ot oqsoqlanib, yo‘lda davom etolmay qoladi. Yomg‘ir, 
bo‘ron aralash momaqaldiroq guldurab, chaqin chaqadi. Chaqin 
yorug‘ida shoir saksovulday taxlanib yotgan inson suyaklari, 
vahshiy 
hayvonlarni 
ko‘radi. 
N.Komilovning 
“T asav v u f’ 
kitobida yozilishicha, bu tasvirlarning hammasida muayyan ramz 
bor. Bu tun hajr tuni, bu vodiy esa ishq vodiysi, vahshiy 
hayvonlar oshiqqa xuruj etgan balo-ofatlar, suyaklar ishq 
qurbonlaridan nishona. O lz asli, Ilohdan ajralgan musofir, g‘arib 
ruh Majnun shu vodiyda yakka o ‘zi boshini egib o ‘tiribdi. Shu 
o'rinda ikkita tashbeh qoMlanilganligini ko‘ramiz. Qorong'i tunda 
birin-ketin chaqmoq chaqib, uning yorug‘ida qabilalar ko"zga 
tashlanadi, shunda shoir tunni Laylining sochiga, chaqmoqni esa 
Layli yuzining ochilishiga o ‘xshatadi:
Andoqki qilib karashma mayli,
Zulfichra jamolin ochsa Layli.
Layli yuzi bu o'rinda ilohiy nur manbai, uzun sochlari -
moddiy dunyo, firoq tuzoqlari, (“Layli” so‘zining o 'zi ham tun 
ma’nosini bildiradi), ana shu nur manbaining chaqmoqlari 
Majnun qalbi va vujudidan joy olgan. Ikkinchi tashbeh: Navoiy 
ishq vodiysida “nori ayman” (shoxlari shu'lalanib turgan 
daraxt)ni ko ‘radi. Qissa boshlanib, Layli va Majnunning birinchi 
uchrashuvi 
tasvirlanganda shoir shu 
tashbehni takrorlab, 
Majnunni xuddi shu shu'lali daraxt qiyofasida chizadi, ya'ni Layli
324


yuzining shu'lasidan Majnun qalbi alangalanib ketadi. “Nori 
ayman” aslida Qur'ondagi Muso hikoyasiga ishoradir. Muso 
alayhissalom Allohga yuzingni ko‘rsat deb iltijo qilganlarida, 
Alloh bir uchqunni Tur tog‘i lomon 
yo‘naltiradi. Tur tog‘i 
parchalanib, qum holiga keladi, Ayman vodiysi esa yorishib 
ketib, undagi daraxtlar mash’aladay porlaydi. Alloh ishqi mana 
shunday qudratga ega.
Bu bobning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda 
shoir hotif (g ‘oyibdan ovoz beruvchi) tilidan o ‘z yozilajak 
asarining salaflar dostonlaridan qanday farq qilishi lozimligini 
bayon etadi.
10- 
bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir 
qabilasida uzoq kutilgan farzand Qays dunyoga keladi. Qaysning 
tug'ilishi, o ‘sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib turadi. 
Tug‘ilgandan ishq olovi bilan yo‘g ‘rilgan Qays o ‘tga talpinadi;
О ‘t ко 'rsaki mayl etib nihoniy,
Ishq о ‘ti tasawur ay lab oni.
Uni 4 -5 yoshlarida Layli qabilasiga o ‘qishga beradilar. 
Qays maktabda tez saboq chiqaradi, qisqa fursat ichida barcha 
ilmlami o ‘zlashtiradi va saboqdoshlarini hayratga soladi (Bu 
o ‘rinda Navoiy Alloh o ‘zining xos bandalariga alohida iste'dod 
berishiga ishora qilyapti). Qays saboq olib yurgan bu paytda 
Layli 
betobligi 
uchun 
maktabga 
qatnamayotgan 
bo‘ladi. 
Tuzalganidan so'ng ustozi benihoya shodlanganidan barcha 
shogirdlarini o‘qishdan ozod qiladi. Layli saboqdoshlarini 
gulshan sayriga taklif qiladi, ular bilan birga Qays ham bog‘ 
sayriga chiqadi. Qays Laylini ko‘rib hushini yo‘qotadi. Navoiy bu 
o'rinda Laylining husni gulzorni charog‘on qilib yubordi va 
gulzordagi bir nihol (Qays)ni xazon etdi deb yozadi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish