333
“SAB'AI SAYYOR” DOSTONI HAQIDA
Alisher Navoiy “Xamsa”sining to ‘rtinchi dostoni “Sab'ai
sayyor” deb alalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh
qahramoni Bahrom tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy
hukmdori Varaxran V (420-438-yillarda podsholik qilgan)ga
borib taqaladi. Bu podsho qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga
nihoyatda o ‘ch bo ‘lganligi uchun xalq orasida Bahrom G o‘r
(qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars
(Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi
sifatida keladi.
Bahrom bilan bogbliq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar
dastavval eronliklar tomonidan vujudga keltirilgan va davrlar
o ‘tishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi. Bahrom
G o‘r timsoli hashamat va ovga o ‘ch hukmdor hamda ishratparast
shaxs sifatida dastavval xalq og‘zaki ijodidan, so‘ngra yozma
adabiyotdan o ’rin oladi.
Bahrom obrazi dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy
“Shohnoma”sida tasvirlanadi. Firdavsiy Bahromni musbat va
manfiy jihatlarga ega murakkab shaxs sifatida tasvirlaydi: u bir
tomondan, adolatsevar podsho, vatanparvar yurt egasi, tengsiz
aql-idrok, kuch-quvvat sohibi, mohir ovchi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, kitobxon k o 'z o ‘ngida aysh-ishratga, ehtirosga o ‘ch,
xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida gavdalanadi. “Shohnoma”da
Bahrom G o‘r haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil
etib, unda Bahromning tug‘ilishi, taxtga chiqisbi, mamlakatni
idora qilish tadbirlari, ov vaqtida o ‘z kanizagi Ozoda bilan
to‘qnashuviga doir voqealar qalamga olingan.
Bahrom G olr va uning kanizagi orasidagi “Shohnoma”dan
olingan bu lavha Nizomiy Ganjaviy tomonidan qayta ishlanib,
mashhur “ Haft paykar” dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahrom
qiyofasidagi asosiy xususiyatlami: mohir merganlik, pahlavonlik,
kuchli shijoat va dovyuraklik, mamlakatni adolat bilan boshqarish
kabi fazilatlami saqlab qolgani holda uni yangi ma'no va mazmun
bilan boyitadi, ushbu timsol orqali o ‘z davri ijtimoiy masalalarini,
334
umuminsoniy g'oyalam i ilgari
suradi. Nizomiy Firdavsiy
dostonidagi Bahromning kanizak bilan bog'liq hikoyasini
qoliplovchi hikoya qilib olib, unga 7 mustaqil hikoyat kiritadi.
Nizomiy asari yaratilganidan keyin bir asrdan ko'proq vaqt
o ‘tgach, Xusrav Dchlaviy unga javob tarzida “Hasht behisht”
dostonini
yozadi.
Uning
dostonida
ham
Bahromning
sarguzashtlarini tasvirlovchi asosiy qoliplovchi hikoya va yetti
malika hikoyasi mavjud. Ushbu hikoyalar birgalikda jamlanib, 8
hikoyani hosil qilganligi uchun Dehlaviy o‘z dostonini “ Hasht
behisht'’ deb nomlaydi va malikalar aytib beradigan 7 hikoyatni
hind eposidan oladi. Shuningdek, dostonning muqaddimasi yetti
bob, yakunlovchi qismi esa bir bobdan iboratligi, umumiy boblar
soni sakkiztaligi uchun ham shunday nomlanishga sabab bo‘lgan,
degan qarashlar mavjud. Dehlaviy o ‘z dostonini Bahromning
taxtga chiqishi voqeasidan boshlab, ungacha b o lg a n voqeaiami
tushirib qoldiradi.
Mazkur mavzuda yaratilgan asarlardan yana biri - Ashraf
Marog‘iyning “Haft avrang” dostoni bo‘lib, Alisher Navoiy
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da Ashrafning ushbu dostonini “Sab'ai
sayyor” dostoni uchun asos bo‘lgan asar sifatida tilga oladi.
Navoiy
“Ashraf
“Haft
paykar”ning
yetti
hurvashin
peshkashimg‘a yarogMabtur”, deb yozar ekan, Nizomiyning “Haft
paykar” dostonidagi yetti go‘zal haqidagi hikoyalarni hal qilishni
Ashraf unga topshirganligiga ishora qiladi. A shraf dostonida
Bahromning kanizak bilan ovga chiqishi va umuman uning oshiq
bo‘lishi bilan bogMiq sahna yo‘q. A shraf oshiq podshoh emas,
balki odil podshoh timsolini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘yadi.
Alisher Navoiyning “ Sab'ai sayyor” dostoni mazkur
mavzuda yaratilgan birinchi turkiy doston bo‘lib, Navoiy o ‘ziga
qadar badiiy adabiyotda yaratilgan dostonlar va to ‘plangan boy
ijodiy tajribadan foydalangan holda mazmun e'tibori va g ‘oyaviy-
badiiy xususiyatlari bilan salaflari asarlaridan farq qiluvchi yangi
doston yaratdi.
335
Doston 38 bob, 5009 baytdan iborat bo‘lib, shundan 11
bobni muqaddima tashkil qiladi.
Doston muqaddimasi an’anaviy hamd bilan boshlanadi.
Navoiy Allohni d am n in g yaratuvchisi sifatida madh etar ekan,
dostonning mazmuni taqozosi bilan birinchi bobdayoq yetti
raqamiga alohida e'tiborni qaratib,
iltizom
(bir so zni biror
parchaning barcha misra yoki baytlarida qoMlab, shu so‘zning
muhimligini ta'kidlash) badiiy san'ati vositasida falakning yetti
qavat ekanligi, yetti gunbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti
iqlimga bo ‘lingani, yetti ko‘k, yetti yulduz kabilar haqida fikr
yuritadi. Shuningdek, Bahrom va Dilorom so‘zlarini asl va
majoziy ma'nolarda qo‘llab, sayyoralar olami, dunyoning
yaratilishi haqida o ‘z falsafiy qarashlarini bayon qiladi, dam ning
yaratilishini tasavvufdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |