Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

G'azal tarzig'a avval aylab sitez,
Jahon ichra soldim ulug ‘ rustaxez.
О ‘qur vaqti ahli salomat muni
Ко ‘rub olam ichra qiyomat kuni...
Har asnofi zikri emas sha'nima,
Bilur har kishi boqsa devonima.
Shuningdek, Navoiy nazmdagi bu muvaffaqiyatlariga 
qanoat qilmay, ulug‘ muddao “Xamsa” yozish niyatida ekanini, 
bu yo‘lda Nizomiy va Dehlaviylaming nuroniy aihiga, Jomiyning 
ilohiy quvvatiga Qur'on tilovat qilib, fotiha o ‘qiyman deb yozadi:
Alarning ravonipur anvorig'a,
Bu birning dog ‘i quwati korig ‘a.
357


Qilib fotiha xatmi ixlos ila,
Ко ‘zum bah rid a jismi g ‘avvos ila.
9-bob 
Shoh 
G ‘oziy 
Husayn 
Boyqaro 
ta'rifiga 
bag‘ishlangan. Navoiy bu bobda m ubolag‘a san’ati vositasida 
Muhammad (s.a.v) payg‘ambarlar orasida alohida mavqeda 
b o is a , Sulton Husajoi Boyqaro ham barcha shohlar ichida 
shunday 
maqomdadir 
deb 
yozadi. 
Shuningdek, 
uning 
janggohdagi mahoratini tasvirlar ekan, doston mazmuni bilan 
bogMiq ravishda dushmanlariga nisbatan saddi Iskandariydek 
g ‘ov chekadi, agar jahonda Iskandardek ulug‘sifat zotni topish 
kerak b o isa , Sulton Husayndan boshqasi mos kelmaydi deb 
yozadi.
Dostonning 10-bobi 
shahzoda Badiuzzamon Bahodir 
madhidadir. Navoiy unga donishmandlik bogMning sarvi, zamona 
ahlining shahzodasi deb ta'rif berar ekan, zoti ham, sifati ham 
malak (farishta)ga o ‘xshashini aytib, 
tavze'
(bir tovushni bir 
necha marta takrorlash) va 
takrir
(bir so‘zni baytda ikki va undan 
ortiq holda takrorlash) san'atlari vositasida uning boshdan-oyoq 
yaxshilik va yaxshi xislatlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
Yig'ibyaxshiliq birlayaxshi qiliq,
Qiliqdek boshingdin ayoq yaxshiliq.
11-14 boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to‘rt 
tabaqasi: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar 
tarixi haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Dostonning asosiy qismi 15-bobdan boshlanadi. Asosiy 
qism o ‘ziga xos kompozitsiyaga ega. Uni shartli ravishda 
quyidagi 4 qismga b o ‘lish mumkin:
1) 
Iskandar voqeasi - Iskandar hayoti bilan bogMiq 
biror voqea yoki hodisa bayoni;
2) 
nazariy masala - muayyan axloqiy muammoning
ta’rifi;
3) 
hikoyat - shu axloqiy masalaga doir hikoyat;
358


4) 
hikmat - Arastu va Iskandaming suhbati.
Birinchi qism lirik xotimaga ham ega. Bu soqiy, m ug'anniy 
va Navoiyga murojaat tarzidagi baytlar bo6lib, Nizomiyda 
“Iskandam om a”ning 
birinchi qismi bo ‘lmish “Sharafnoma”da 
soqiyga, ikkinchi qism “Iqbolnoma”da mutribga murojaatni 
ko‘rsak, Dehlaviy dostonida ham soqiy, ham mutribga murojaat 
mavjudligini kuzatamiz. Navoiyda esa soqiy va mutribdan so‘ng, 
o ‘z-o‘ziga ham murojaat qilinganligi ko ‘rinadi. Xususan, 15- 
bobning lirik xotimasi quyidagicha:
Ayog‘chi, her и I javhari g ‘amzudo,
Dema g 'amzudo, jomi motamzudo.
Ki, andin sumursam g ‘amim qolmasun,
A to so ‘gidin motamim qolmasun.
M ug‘anniy, qilib soz rudi nishot,
Aning birla tuzgil surudi nishot.
Ki, so ‘z taxtida bo ‘Idum oromgir,
Bo 'lay tahniyat bazmida jomgir.
Navoiy, jahonning jiribin yema,
Xirad ollida naqsh-u zebin dema.
Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig ‘din gadoliqdumr.
Asosiy 
qism 
voqealari 
Iskandaming 
tug‘ilishidan 
boshlanadi. Rum mamlakatining shohi Faylaqus tangridan 
farzand so‘raydi. Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga 
kiraverishdagi vayronada yangi tug‘ilgan chaqaloq va o ‘lik onani 
uchratadi. Shoh o lik n i dafh ettirib, chaqaloqni o ‘ziga farzand 
qilib oladi va unga Iskandar deb nom beradi. Shoh Iskandaming 
ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor beradi va Arastuning otasi 
Naqurnojisni unga ustod qilib tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va 
boylikka emas, balki ilm-fan va olijanob fazilatlarga muhabbat 
ruhida ulg‘ayadi.
Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki 
Iskandar tarixini 
yozishni 
emas, 
balki 
u bilan bog‘liq
359


voqealarning ma'nosini ochishni maqsad qilganligini ko‘ramiz. 
Buni yuqorida keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta'rifi, 
hikoyatlar, savol-javob va lin k xotimalarning o ‘zaro almashinib 
kelishidan ham sezish mumkin.
Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar 
egallashi kerak edi, lekin u taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq 
uning shoh b o iish in i qattiq talab qilib turib olgandan keyingina 
Arastu unga toi kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo‘yib, 
kimmng arz-dodi boisa,, shohni o ‘zi bilan teng ко'rib. ahvolini 
aytishini so‘raydi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish