Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

vahdat ul-viijud
falsafasi asosida bayon 
qiladi:
Ishq sensen dog ‘iyu oshiqsen,
Yana ma'shuqluqqa loyiqsen.
Ayni ma’shuqluqda jilvai zot,
O'zini ко ‘rgali tilab mir'ot.
Husnunga har dam о ‘zga surat о ‘lub,
Ко ‘zgu takrori ham zarurat о 'lub.
Necha husn ichra jilva zohir anga,
К о 'zguluk aylabon mazohir anga...
Sensen-u sendin о ‘zga xud nirna yo ‘q,
Gar ко ‘runsa sen о ‘Ig'ung ul nima о 'q.
Dostonning 2-bobi munojot bo‘lib, bunda buyuk shoirning 
Yaratuvchiga murojaati, najot utnidi, tavba va iltijolari 
o ‘z 
ifodasini topgan:
Qodiro, ul zaif-u osiymen,
Ki boshimdin ayoq maosiymen.
336


Navoiy tashbeh san'ati vositasida o ‘zini toat vaqtida xasta 
chumoliga, isyon vaqtida vahshiy sherga, nafsini bahaybat filga, 
ko‘ng!ini nimjon pashshaga o ‘xshatadi:
Toat aylarda mo 'ri xasta barin,
Lek isyon mahalli sheri arin.
Nimjon pashsha ко ‘nglum ayla gumon,
Zo ‘ri nafsim nechukki pili damon.
Shuningdek, munojotda yaratilayotgan asam ing shuhratini 
olamga yoyishni so‘rab qilingan iltijo ham mavjudligini 
ko‘ramiz:
Shuhratin olam ichra paydo qil,
Olam ahlin alarga shaydo qil.
Navbatdagi 
bob 
M uhammad 
(s.a.v.) 
madhiga 
bag'ishlanadi. Bob sarlavhasida “U1 shohi risolatpanoh na'tikim’' 
degan jumlalarning qoilanilishi tasodifiy bo‘lmay, yozilajak 
dostonning bosh qahramoni shoh ekanligiga ishora. Bobda 
Payg‘ambarimizning asli qurayshiy, yerlari abtahi, mazhablari 
hoshimiy, manzillari Yasrib ekanligi aytilgach, U zotning nuri 
“ Lot” 
bilan 
“Uzzo”ni 
shikastlagani, 
ismlarining 
harflari 
yechilganda ikkita “mim” harfming etaklari osilib, kufr eli 
motamining zulmatiga, din elining esa ulug‘vorligiga aylanishi 
aytiladi.
4-bob 
Me'roj 
tuni 
ta'rifiga 
bag'ishlanadi. 
Bunda 
payg‘ambarimiz huzuriga elchi (Jabroil) kelib, Haqning salomini 
yetkazganligi va oshiq o ‘z mahbubining visoliga erishmoq 
niyatida ekanligini xabar qilgani, payg‘ambarimiz yaratuvchining 
huzuriga borganlarida ummatlarining gunohini kechirishni 
iltimos qilganlari va barcha istaklari birma-bir qabul qilinganligi 
haqida so‘z boradi.
5-bob so ‘z ta'rifida. Navoiy bu bobda so‘zga yuksak baho 
berar ekan, shunday yozadi:
So ‘z kelib avval-u, jahon so ‘ngra,
337


Ne jahon, kavn ila makoti so ‘ngra...
Alloh-AUoh, ne so ‘zdurur bu so ‘z
Mundin ortuq yana bo 'lurmu so ‘z?
Jism bo ‘stonig ‘a shajar so \zdur
;
Ruh ashjorig 'a samar so 'zdur.
6-bob ulug' 
salaflar Nizomiy va Dehlaviy madhiga 
bag‘ishlangan. Sho’.r dastlab badiiy adabiyotdagi ikki adabiy tur, 
ya'ni nazm va n asr ta'rifiga to ‘xtalib, ularni bir-biriga qiyoslaydi 
va nazmning nasrdan ustunligini isbotlar ekan, she'riy asarlarda 
chiroyli, ta'sirli tbora va badiiy san’atlarni ko‘plab q o ila sh va 
injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa sochib 
yuborilgan javohirdek 
go‘zallikdan 
mahrum 
deb 
yozadi. 
Shuningdek, nazm shakllari orasida masnaviyga alohida to ‘xtalib, 
uni “vasi' maydon” (keng maydon) deb ataydi:
Mas naviykim, burun dedim oni,
So zda keldi vasi’ maydoni.
Nizomiy haqida so4z yuritar ekan, u bu maydondan to^pni 
olib chiqib ketdi, ya'ni go‘y va chavgon o ‘yinida yutdi: masnaviy 
yaratishda birinchi bo ‘ldi deydi:

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish