boradi. Haj yoMini shu tariqa o ‘n to‘rt yilda bosib o ‘tgan Ibrohim
Adham Makkaga kirsa, Ka'bani o ‘z o ‘rnida topmaydi. Haq
taologa munojot qilib sababini so‘rasa, gkaybdan “Ka'ba biyobon
yo‘li orqali muhabbat shavqidan qaddi egik bir kampir ziyoratiga
ketdi”, degan ovoz keladi. ICo‘p o ‘tmay, biyobon yoMidan
kelayotgan Robiya Adaviyani
ko‘rib,
bu ishning hikmatini
so‘rasa, Robiya unga shunday javob beradi:
Senga samar berdi namoz-u riyo,
Menga samar berdi niyoz-u fano.
Bu hikoyat orqali Ilohga bo‘lgan chin ixlos va muhabbat
har qanday ibodatdan ustun ekanligini ta'kidlagan Navoiy keyingi
maqolatda
sultonlar
ta'rifiga
o ‘tadi.
Navoiy
bu
bobda
podshohlikning mezoni - asosi adolatda ekanligini sarlavhadayoq
bayon etadi. Navoiyning talqini bo ‘yicha, podshoh ham boshqa
insonlar kabi tuproqdan yaralgan oddiy banda. Podshohlik -
imtiyoz emas, balki vazifa, uni halol bajarish uchun haqni
nohaqdan ajratib, adolat tamoyiliga so‘zsiz rioya qilish shart.
Xalq
birligi,
mamlakat
obodligi,
turmush
farovonligini
ta'minlovchi asosiy omil ham adolat hisoblanadi. Ammo, allsuski,
deb davom ettiradi o ‘z
mushohadasini Navoiy, bu qoidaga
hamma vaqt ham rioya qilinmaydi, zulm va zo‘ravonlikning
boshida ko‘pincha maishatparast va zolim hukmdorlar turadi.
Navoiy bu zulmkorliklaming natijalari sifatida shohlarning
bazmi jamshidlarini batafsil tasvirlaydi. Bu ajablanarli emas.
Chunki uning o‘zi bunday tongotar bazmlar, mayxo‘rliklar,
bema'ni va bemaza gap-gashtaklar, xalqning peshona terisidan
yig‘ilgan mablagMami ko‘kka sovurishlami ko‘p ko'rgan edi.
Nafs itining qo‘lida zabun bo‘lgan bu toifaning qiliqlarini o‘tkir
o'xshatish va tashbehlar orqali fosh etib,
ushbu jirkanch manzara
tasviri
orqali
hokimiyatning
oliy
tabaqasini
ogohlikka,
bunyodkorlikka da'vat etadi:
Zulmni tark aylavu dod aylagil,
Marg kunidin dag
7
yod aylagil.
Maqolatdan keyingi hikoyatda Sulton Husayn Boyqaroning
faoliyatiga bogMiq hikoyatni keltiradi. Unda aytilishicha, bir kuni
285
Husayn Boyqaro oldiga bir kampir kelib, qozi mahkamasiga olib
boradi va undan o ‘g‘lining
xunini talab qiladi. Qozi guvoh
so‘raganda, sultonning adolati va insofidan bo‘lak guvohi
yo‘qligini aytib, adolat so‘raydi. Shariat
qozisi bunda yo diyat
(xun to‘lovi) yo jonga jon deb hukm chiqaradi. Sulton
kampiming da'vosini qabul etib, shariat bo‘yicha ish tutishlarini
so‘raganida kampir sultonning odilligini ko‘rib, uzr so‘rab,
da'vosidan kechadi. Sulton xun to ‘lovi uchun shunchalik ko‘p
mablag‘ beradiki, kampir odamlar ichida “Zoli Zar” (“Tilla
kampir”) laqabi bilan shuhrat topadi. Bu hikoyat orqali Navoiy
Husayn Boyqaroni zolim podsholarga qarama-qarshi qo‘yib,
ularni ana shunday odil hukmdorlardati ibrat olishga da'vat etadi.
To‘rtinchi
maqolatda jamiyatning
quyi
tabaqasi
-
darveshlar haqida fikr yuritiladi. Ushbu maqolatning uchdan ikki
qismi riyokor shayxlar hajviga bag‘ishlangan b o ‘lib, qolgan o ‘ttiz
besh bayti chin so‘fiylar ta'rifidadir.
Navoiy “riyoyi xirqapo‘shlar”
timsolini yaratar ekan, uchta
asosiy jihatga e'tibor qaratadi: birinchidan, bunday diyonatsiz
dindorlar
omtnani
aldaydigan
darajada
tashqi
suratlarini
so‘fiylarga moslashtirganlar: xirqalari darveshlamikiday quroq
parchalardan tikilgan, qo‘llarida hamisha tasbih, eski sallani
chirmab, doimo zikr tushish orqali odamlarning e'tiborini
o ‘zlariga jalb etadilar.
lkkinchidan, bu toifaning
muridlari ham shayxlariga
o ‘xshab,
yolg‘on,
hiyla
va
riyoni
san'at
darajasida
o ‘zlashtirganlar. Ular nasha tarqatadigan bangi shayxlarini Xizr
deb ataydilar, safsatalarini karomat sifatida talqin qilib, ovoza
qiladilar. Birov agar zarracha shubha yo e'tiroz bildirsa, unga
qarshi jamiyki tuhrnat va bo‘htonlami ishga soladilar.
Uchinchi jihat shuki, bu nayranglar va soxta mashhurlikdan
asosiy maqsad - boylar nazariga tushish, ko‘proq
nazr-niyoz
to‘plash, alaloqibat, mamlakat sultoni inoyatlaridan bahramand
boiishdir. Navoiy xulosasi bo‘yicha, din va diyonat niqobi ostida
riyokorlik qiladigan, odamlami to ‘g"ri yo‘ldan adashtiradigan bu
toifa eng yomon kimsalardir:
286