Xususan, “j<” - “sin” harfi haqida gapirilganda, uning shakli
nahang balig‘ining umurtqa suyagidagi arradek bo‘lib,
rad
etuvchilar uchun ofatdek; V ’ - “mim” harfi ilon nafasidek o ‘t
sochib, yo‘l boshida og'zini ochgan holda yotadi, degan
tashbehlardan foydalaniladi. Shu tariqa Navoiy ushbu jumladagi
qolgan harflami ham mazkur maqsadga xizmat qildiradi va
kitobat (harf) san'atining betakror namunasini yaratadi.
Ikkinchi toifa, ya'ni qabul qiluvchilarga to‘xtalinganda endi
bu harflarning ijobiy ma'no kasb etishini kuzatamiz. Xususan,
“<_>*” “sin” harfi endi salomatlik y o iin in g zinasiga o‘xshatilsa, ‘V”
- “mim” harfming maqsad manzilidagi
buloq boshiga nisbat
berilganligini ko‘rish mumkin. Bulaming barchasida Navoiyning
yuksak badiiy salohiyati namoyon bo‘ladi.
Dostonning
ikkinchi
bobidan
boshlab
Navoiy
“Xamsa”sining yana bir o ‘ziga xos jihatiga duch kelamiz.
Navoiygacha yozilgan “Xamsa”larda boblarga alohida sarlavha
qo‘yilmagan. “ Hayrat ul-abror”ning ikkinchi bobidan boshlab
Navoiy saj'ning go‘zal namunasi b o im ish jum lalar orqali
bobning umumiy mazmun-mohiyatini ochib beruvchi nasriy
sarlavhalardan foydalanadi. Shoir sarlavhalar
tuzishda hamisha
ham bir xil andozadan kelib chiqmagan: zarur paytlarda
murakkab shakllarni qo‘llagan, ayrim o ‘rinlarda oddiy ifoda
usullaridan foydalanish bilan cheklangan.
Ikkinchi bob Xoliq, ya'ni Olloh hamdiga bag‘ishlanadi.
M azkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon
va quyoshdan tortib hat bir zarrani, butun o ‘simliklar va hayvonot
olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog‘lab
harakatlantirib
turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning
zoti lu tf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan
fikrlami ilgari surar ekan, bu o ‘rinda ta sa w u f ta'limoti asosida
flkr yuritilayotganligi ma'lum b o iad i.
Dostonning 3-6 boblari (to‘rt bob) munojotlami o ‘z ichiga
oladi. Birinchi munojotda
Alloh taoloning Bir-u Borligi, jamiyki
maxluqot unga sano aytsalar ham, uning hamdini
ado
etolmasliklari, Haq taolo o‘z Zotiga mazhar - ko‘zgu yaratish
274
maqsadida olamni yo‘qdan bor qilgani haqida so‘z yuritiladi.
Olamning go‘zalligi va mukammal yaratilganligini vasf etish
orqali mutafakkir shoir Parvardigori olamning benazir yaratuvchi
ekanligini chin e'tiqod sohiblariga xos bo‘lgan jo ‘shqinlik bilan
vasf etadi. Shu bilan birga, Borliqni yaratishdan asosiy maqsad,
olamning hikmati va gultoji, koinotning mohiyati inson ekanligini
aiohida iftixor va shukronalik bilan qayd qilib o4adi:
Do'stlaringiz bilan baham: