Bitta dosionga javob yozgan mualliflar
Bu guruhni g‘oyaviy yo‘nalishiga qarab ikkiga ajratish
mumkin:
1)
“Maxzan
ul-asror’’
tipida
doston
yozgan
mualliflar:
Osaliy Hiraviy, Nargisiy, CTivosiddin Sabzavoriy, Fosih
Rumiy, Sayyid Qosimiy.
2)
Layli va Majnun" tipida doston yozgan
mualliflar:
Shayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja
Hasan Xizrshoh, Zova Qozisi.
Xamsachilik tarixida fors-tojik adabiyotining yirik
namoyandalaridan biri Abdurahmon Jomiy (1414-1492) beshligi
alohida o ‘rin tutadi. Jomiy ijodkor b o ‘lish bilan
birga
naqshbandiya suluki vakili ham edi, bu holat u yaratgan asarlarda
ham namoyon bo‘ladi. Sharqshunos olim Konradning ta'biri bilan
266
aytganda, “u - shoir, u - faylasuf, u - filolog, u - musiqashunos.
Lekin shu bilan bir qatorda u ko'proq so‘fiy. Uning uchun
borliqni anglashning ikki ko'rinishi mavjud - borliq sirlari va ijod
sirlari” (Konrad N.I. Запад ва Восток, 276-bet).
Adabiyotshunoslikda
Jomiyning
“Xam sa”
yozgan-
yozmaganligi bilan bogMiq bahsli fikrlar mavjud. Ayrim
adabiyotshunoslar Jomiy dostonlariga “Xamsa” tarzida ernas,
balki yettilik - “Haft avrang” (“Salomon va Absol” hamda
“Silsilat uz-zahab” dostonlarini ham qo'shgan holda) shaklida
qarash
zarurligini
ta'kidlaydilar.
Lekin
Jomiyning
o ‘zi
“Xiradnomai Iskandariy” xotimasida o ‘z asarini “Panj ganj” deb
ataganligi uchun Jomiyni “Xamsa” yaratgan ijodkorlar qatoriga
kiritish to ‘g ‘riroq boMadi.
Abdurahmon Jomiy “Xam sa”sining birinchi dostoni
“Tuhfat ul-ahror” 1481- yilda yaratilgan. Falsafiy-axloqiy
masalalarga bagMshlangan bu doston Nizomiy “Maxzan ul-
asror”! hamda Amir Xusravning “M atla’ ul-anvor” dostonlariga
javob
tarzida
vujudga
keldi.
Dostonlar
nomlanishidagi
ohangdoshlik,
kompozitsion
qurilishdagi
o ‘xshashlik
va
qoMlanilgan she'riy oMchov bu fikmi tasdiqlaydi Doston 1707
baytdan iborat boMib, muqaddima qismi basmala bobi, beshta
hamd, beshta na’t, Xoja Bahouddin Naqshband haqidagi fasl,
Xoja Ahror Valiy tavsifidagi fasl, so ‘z U ’rifidagi uchta bob
hamda ko‘ngil ta ’rifidagi alohida bob hamda ilmul-yaqin, a>Tiul
yaqin va haqqul yaqin haqidagi uchta suhbatdan iborat. Salaflari
Nizomiy va Amir Xusravdan farqli oMaroq, Jomiyning
dostonida zamon podshohi madhiga bagMshlangan bob yo ‘q.
Asaming nomianishi, umumiy ruhi, X oja Ahror Valiyga
bagMshlangan bobning m a’no-mazmunidan kelib chiqib, bu
dostonni Jomiy o ‘z piri - Xoja Ahror Valiyga bagMshlab yozgan,
degan xulosa kelib chiqadi.
Asosiy qismda Jomiy salaflarga izdoshhk qilgan holda 20
ta maqolat va har bir maqolat dan keyin mavzuga mos ravishda
ibratl i
hikoyatlar
keltiradi.
Maqolatlar
quyidagi
tartibda
keltiriladi: 1) olamning yaralishi bayonida; 2) odamning xalq
267
qilinishi zikrida; 3) islom dinining saodati haqida; 4) imonning
mohiyati haqida; 5) saloti xamsa (besh vaqt namoz) haqida; 6)
zakot haqida ishoratlar; 7) K a'ba ziyorati haqida ishoratlar; 8)
uzlat bayonida; 9) sukut ioydalari haqida; 10) falakning
gardishidan shikoyat; 11) riyokor soTiylar va haqiqiy darveshlar
bayonida;
12) zohir ulamolarining ahvoli bayonida;
13)
podshohlargaxitob; 14) munshiylar va vazirlar haqida: 15) qarilik
haqida; 16) yoshlik bayonida; 17) husn va go ‘zallik haqida; 18)
ishq ta’rifida; 19) xomtama shoirlaming ahvoli bayonida; 20)
nasihat bobida,
1482-83-yillarda “Xamsa”ning ikkinchi dostoni "‘Subhai
ul-abror” (“Yaxshi kishilarning tasbehi”) maydonga keldi.
An'anaga muvofiq, xamsaning ikkinchi dostoni ishqiy mavzuga
bag‘ishlanishi kerak edi. Lekin Jomiy bu o‘rinda an'anadan
butunlay chekinib, falsafiy y o ‘nalishdagi yana bir doston
yaratadi. Lekin u birinchi doston kabi 20 ta maqolatdan emas,
balki 40 ta bo'lim - “iqd” (tasbeh donasi)dan iborat b o iib , har bir
nazariy qismdan keyin alohida hikoyat va munojot ilova qilib
boriladi. Doston hajman 2870 baytdan iborat b o iib , qisqacha
nasriy so‘zboshi, basmala bobi, hamd, na’t, munojot mavzusidagi
an’anaviy boblar bilan boshlanadi. Asosiy qism quvidagi
fasllardan iborat: 1) ko'ngil haqiqatining kashfida; 2) so'z
ta ’rifida; 3) she’r va shoirlik bayonida; 4) borliqqa tafakkur qilish
orqali Alloh borligini dalillashtirish; 5) tavhid bobida; 6) Haq
taolo zoti - Borliq haqiqati ekanligi bayonida; 7) tasavvuf sharhi;
8) murid va muridlik odobi; 9) tavba maqomi; 10) taqvo sirrining
kashfi; 11) zuhd maqomi; 12) safar va sayr-u suluk sirri; 13) sabi
bayonida; 14) shukr bayonida; 15) xavf bayonida; 16) rijo (umid)
bayonida; 17) tavakkul bayonida; 18) rizo bayonida; 19)
muhabbat bobida; 20) shavq bayonida; 21) g'ayrat haqida; 22)
qurb haqida; 23) hayo haqida; 24) hurriyat haqida; 25) fu tuw at
haqida; 26) sidq haqida; 27) ixlos bayonida; 28) saxovat bobida;
29) qanoat haqida; 30) tavozu’ bobida; 31) halimlik bayonida;
32) ochiqyuzlilik va xushfe’llik bobida; 33) do‘stlik va unsiyat
bobida; 34) sam o‘ bobida; 35) podshohlar va davlatchilik
268
bayonida; 36) davlat arbobini yaxshilikka targ‘ib etish bayonida;
37) raiyatni odil podshohdan minnatdor boMishlariga targ‘ib
etish; 38) farzandi - Ziyouddin Yusufga vasiyatlar; 39) o ‘z
nafsiga nasihatlar; 40) kitobxonlardan muallifning iltimoslari
zikrida.
Har bir bobda Jomiyning tegishli mavzuda nazariy
fikrlari, fikrining dalili sifatida ibratli hikoyat, latifa yo tamsil,
hikoyat oxirida umumlashma xulosalar keltirilgan.
“Subhat ul-abror” ramali musaddasi maxbuni maqsur
vaznida yozilgan boMib, Navoiyning guvohlik berishicha,
Jomiygacha hech kim bu vaznda doston yozmagan. “Xamsat ul-
mutahayyirin”ning uchinchi maqolatida Navoiy “Subhat ul-
abror”ni “Haft avrang” tarkibidagi to‘rtinchi doston sifatida qayd
qilib, “Saddi Iskandariy”da bu dostonni Jomiy “Xamsa”si
tarkibidagi ikkinchi doston sifatida qayd qilib o ‘tadi:
Yana «Subha» jon rishtasin tor etib
Ki, har muhra bir durri shahvor ctib (“Saddi Iskandariy” ,
7-bob).
Abdurahmon Jomiy beshligidagi uchinchi doston “Y usuf
va Zulayho” deb atali’o,
1483-yilda yaratilgan. Nizomiy
beshligida bunday mavzu va syujetdagi doston uchramaydi.
Jomiv “Xusrav va Shirin” mavzusidagi an'anaviy doston
yaratishdan voz kechib, Qur'onda “ahsan ul-qisas” - “qissalaming
sarasi” deb ta'riflangan Y usuf qissasi bayoniga bag‘ishlangan
“Y usuf va Zulayho” dostonini yaratadi. Dostonning umumiy
hajmi 4000 baytdan iborat b o ‘lib, xutba, hamd, n a’t, m e’roj, Xoja
Ahror
Valiy
va
Sulton
Husayn
Boyqaro
madhidagi
muqaddimaviy boblar bilan boshlanadi. Jomiy bu doston
syujetiga “Y u su f’ surasi hamda ushbu suraga yozilgan tafsirlar,
“Qisas ul-anbiyo” hamda isroiliyyot (islomiyatdan oldin o ‘tgan
payg‘ambarlar haqidagi yahudiy va nasroniy manbalar)ni asos
qilib olgan. Dostonda Yusufning beqiyos jamoli, otasi -
Y a’qubning unga b o lg a n beqiyos muhabbati, akalarining
hasadgo‘yligi va Yusufni quduqqa tashlab yuborishlari, ertasi
kuni Misr karvoniaagilarga arzimagan pulga o ‘z jigargo‘shalarini
269
sotib yuborishlari, Yusufning Misr bozoridagi savdosi, Misr
Azizi uni vazniga teng oltin toMab sotib olishi,
Azizning
sohibjamol xotini - Zulayxo Yusufni ko‘rib, bolaligidan tushida
ko‘rib, sevib qolgan kishi aslida Y usuf ekanligini biiib, unga
oshiqi beqaror bo ‘lishi, Zulayxoning talabini rad etgan Y usuf
malomat va tuhinatga uchrab, zindonga tushishi, tush ca'biri
tufayli zindondan ozod bo‘lib, oliy maqomlarga erishishi,
Zulayxo Haq dinga imon keltirgandan keyin Alloh uni qaytadan
sohibjamol qilib qo‘ygani va Y usuf unga uylangani haqidagi
lavhalar juda jonli va ta ’sirchan qilib tasvirlangan. Xotima
qismida Jomiy asaming yozilish sanasi ta’rixi va baytlar
miqdorini (4000 bayt) yozib, Yusuf timsolidan murod - Mir
Alisher Navoiy ekanligini ta ’miya (muammo san’ati orqali)
usulida qayd qilib o la d i.
Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sidagi to ‘rtinchi doston
“Layli va M ajnun” mavzusiga bagMshlangan b o ‘lib, 1483-yilda
yaratilgan.
Hajman
3680
baytdan
iborat.
Asar
salaflar
dostonlaridan
tasavvufiy
bo ‘yoqlarning
quyuqligi
va
ramziylikning kuchli ifodasi biian ajralib turadi. Dostonda
an’anaviy muqaddimadan so‘ng voqealar mazmuni keltiriladi.
Unga ko‘ra, Qays oiladagi o ‘n farzandning eng kenjasi. Uning
bolaligi tasviri keltirilmaydi, voqealar ibtidosida u tuya minib
yuruvchi yengiltabiat yigit sifatida tasvirlanadi. Qays dastiab
Karima ismli qizga ko‘ngil qo‘yadi. Lekin Karimaning badavlat
yigitga rag‘bat bildirganligini ko‘rib, qabilani tark etadi va
choparlardan Layli ismli qizning ta ’rifini eshitib, uni ko'rishga
boradi va sevib qoladi. Layli va Qaysning qabilalari o ‘zarc>
adovatda edilar. Qaysni amakisining qiziga uylantirmoqchi
boMadilar, lekin u ko’nmaydi. Shunga qaramay, Qaysning
uylanayotganlik xabari Layliga yetib boradi va u yigitni
beqarorlikda ayblaydi. Bundan ta’sirlangan Qays Layli tomon
yo‘iga tushadi va agar uni uchrata olsa, Ka'ba ziyoratiga borishga
ont ichadi. Qaysning orzusi amalga oshib, Laylini uchratadi va
Ka’ba ziyoratiga boradi. Makkadan qaytgach, sevishganlar yana
uchrashadilar. Bu paytga kelib Qays “Majnun” laqabini olgan edi.
270
Laylining otasi Qaysga qilich bilan tahdid qilib, qizi bilan
uchrashishni
ta'qiqlaydi.
Qaysning
oilasi
Laylini
so‘rab,
sovchilikka boradi, lekin Laylining otasi qizini dushman qabilaga
berishni istamaydi. Majnun dashtga - yovvoyi hayvonlar
tomonga chiqib ketadi. Dashtda Majnun lashkarboshi va shoir
Navfal bilan uchrashadi. Navfal Majnun nomidan Laylining
oilasiga sovchilikka boradi, lekin Laylining otasi yana rad
iavobini beradi. Majnun ishqiy she’rlari bilan shuhrat qozonadi
"va ularni tingiagan xalifa hatto uni taqdirlamoqchi b o lad i, lekin
Majnun rozi bo'lmaydi.
Saqif qabilasidan bir yigit Ka’ba yo‘lida ketayotib, Laylini
uchratib qoladi va unga sovchi yuboradi. Laylining otasi nasab va
boylikda yuqori b o lg an bu yigitga rozilik bildiradi va to‘y bo ‘lib
o ‘tadi. Layli kuyovga Majnunni sevishini va agar unga
yaqinlashsa, o ‘zini ham, uni ham o ‘ldirishini aytib. qasam ichadi.
Majnun Laylining turmushga chiqqanligini eshitib, qattiq xafa
bo‘ladi. Dostonda Majnunning Layliga, Laylining Majnunga
yozgan maktublari keltirilgan. Laylining kuyovi uning visoliga
erisholmay, qattiq iztirobga tushadi va xastalanib, vafot etadi.
Bir kuni Layli va Majnun tasodifan uchrashadilar, Majnun
Laylini ko‘rib hushini yo‘qotadi, Layli bazo‘r uni hushiga
keltiradi va kelasi safar yana shu yo‘l orqali uning huzuriga
kelishini aytadi. Oradan ancha vaqt o ‘tgach, Layli Majnunni yana
shu joyda narakatsiz holda uchratadi, uning boshiga qushlar in
qurishga ulgurgan edilar. M a’lum boMadiki, Majnun o‘sha
uchrashuvdan solng shu yerda Laylini kutib turgan ekan. Majnun
Laylini tanimaydi, uni endi Laylining qiyofasi qiziqtirmas edi,
chunki uning ishqi majoziydan ilohiyga o ‘tib bo‘lgan edi.
Majnunni yovvoyi hayvonlar orasida o ‘lik holda topadilar, uning
o ‘limini eshitgan Layli ham hayotdan ko‘z yumadi. Asar bu
olamning o ‘tkinchiligi haqidagi bob bilan yakun topadi.
“Xamsa”dagi so‘nggi - beshinchi doston “Xiradnomai
Iskandariy” ham
Jomiyning an'anaga rioya etishi
bilan
xarakterlanadi.
K o‘rinadiki,
Abdurahmon
Jomiy
yaratgan
271
masnaviy-dostonlar orasida falsafiy yo‘nalishdagi dostonlar
yetakchi o lrinda turishi bilan xaraktcrlanar ekan,
Fors adabiyotida Nizomiy beshligiga birinchi javob bitgan
ijodkor Xusrav Dehlaviy bo‘lsa, Navoiy bu vazifani turkiy tilda
ado etdi. Navoiy beshligida xamsanavislikning barcha shartlariga
qat'iy amal qilinganligini ko‘ramiz. Chunki xamsanavislik
an'anasidan bir oz bo‘lsa-da chekinish, turkiy tilda xamsadek
buyuk asarni yozib bo‘lmaydi degan fikrga olib kelishi mumkin
edi. Navoiy o ‘z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida
ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan
shakllami jilvalantirish usullari mavjudligini ko‘rsatib berdi va
uning bu asari umumjahon adabiyotining yuksak cho‘qqisi bo‘lib
qoldi. Navoiy "Xamsa"si ajdodlarimiz ma'naviy holatining
ko ‘zgusi bo ‘lib, unda o‘tmish davr ijtitnoiy turmushi, xalq hayoti,
urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o ‘z
aksini topgan. Navoiy "Xamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan
mustahkam bog‘langan beshta dostonni o ‘z ichiga oluvchi yaxlit
asardir,
Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb
masalalarini qalamga oladi. Mundarijaviy doston bo'lmish
"Hayrat ul-abror"da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jam iyat va
inson munosabatlariga doir savollarni qo‘ysa, keyingi dostonlarda
muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga
harakat qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi muqaddimalar voqelikka
shunchaki an’anaviy kirish bo‘lmay, balki dostonlar mundarijasi
uchun
ochqich
vazifasini
ham
o4aydi.
Shu
ma'noda
muqaddimalarda keltirilgan fikrlarga alohida e'tibor berish
dostonlar tagzaminida yashiringan ramziy ma'nolami ochishga
yordam beradi. Aynan muqaddimada buyuk mutafakkirning olam
va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va uning mazmuni
haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari, ijodkor sifatidagi buyuk
salohiyati u qo‘llagan badiiy timsollar, tashbeh-u tamsillar
vositasida butun bo ‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi.
0 ‘zbek mumtoz adabiyotining cho‘qqisi boMgan Alisher
Navoiy “Xamsa”si jahon adabiyotining noyob va o ‘lmas
durdonasidir.
272
Do'stlaringiz bilan baham: |