Bu el erur barcha yomondin yomon,
Kimki yo ‘q ondin yomon - ondin yomon.
Haqiqiy so‘fiylar esa, bularning aksi: bu dunyoning yaxshi-
yomoni bilan ishlari yo‘q, yolg‘on, shuhratparastlik va riyodan
uzoq, ko‘ngli muhabbat va ma'rifat nuri biian munavvar, Haq
y o iid a sobitqadam, payg‘ambar sunnatidan bir qadam ham
chekinmasdan ruhiy kamolotni kasb qilgan zotlar, bu yo‘lda hatto
“Xizr bir axzar (yashil) giyoh'’dir.
Haqiqiy oriflaming biri Xoja Abdulloh Ansoriyga k o ‘ra,
ibodatni do‘zaxdan qutulish yo jannatga kirish uchun emas, balki
Haq taolo buyrug‘iga so‘zsiz amal qilish deb bilish kerak:
Biyrn ila kim Haqni paras tish qilur,
Nafs najotini tdab ish qilur.
Kim chekar ummid ila farsudaliq,
Qasdi erur ravzada osudaliq.
Beshinchi maqolat karam va saxovat haqida. Unda
berilishicha, Xudo kimga mol-davlat bcrgan bo‘lsa, saxovat va
qo‘li ochiqlik uning qismatiga aylanishi kerak. Eng yomon
sifatlardan biri baxillik bo‘lsa, eng yaxshi xislatlardan biri
saxovat hisoblanadi. Navoiy ushbu maqolatda saxovatning
quyidagi shartlarini keltiradi: 1) saxovatda isrofgarchilikka yo‘l
qo‘ymaslik; 2) shuhratparastlik yuzasidan xayr-saxovat qilmaslik;
3) faqat muhtoj kishigagina xayr qilish; 4) befoyda ehson oshlari
va xayriya tadbirlarini o'tkazish uchun xalq molini talon-toroj
qilmaslik; 5) xayr-u ehson qilishda sababchini Xudo, o ‘zini bor-
yo‘g ‘i bir vosita deb bilish, saxovatni Alloh yo‘lida qilish.
Maqolat so'ngida hazrat Alining “Haqiqiy karam diram sochish
emas, balki ta’ma tarkidir” mazmunidagi hikmatini keltirib,
Hotam Toyi haqidagi hikoyatni ilova qiladi. Hikoyatdagi asosiy
g ‘oya esa, “o‘z mehnati tufayli bir diram topish birov bergan
xazinadan yaxshiroq” mazmunidagi ushbu baytda ifodalangan:
Bir diram olmoq chekibon dastranj,
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj.
Navoiyning odob, hayo va xoksorlik haqidagi qarashlari
oltinchi maqolatda o‘z ifodasini topgan. Bobning sarlavhasida
287
shoir adabni baxtiyorlik kaliti, eng ko‘p qadrlanadigan insoniy
fazilat, hayo bilan xushtavozelikni esa odobning asosiy
shartlaridan deb ta'kidlagan. Maqolatda esa, bu hayotiy
xulosaning turli qirralari ochib berilgan. Navoiy bu bobda turli
ijtimoiy munosabatlar - oila va er-xotin munosabatlari, farzand
tarbiyasi, ota-ona oldidagi burchni bajarish, jamiyatdagi turli
qatlamlar orasidagi munosabatlar, podshoh xizmatida bo‘lish
odoblari haqida aniq tavsiya va foydali maslahatlar beradi.
Navoiyning talqiniga k o ‘ra, insonga sharaf keltiruvchi narsa mol-
dunyo, mansab yo nasl-nasab emas, balki insonni jamiyatning
gultojiga aylantiruvchi narsa - uning odobidir:
Elga sharaf bo 'Imadi joh-u nasab,
Lek sharaf keldi hayou adab.
Anushervon odil haqidagi hikoyat (Anushervonning hali
shoh boim agan paytida bir kanizakka oshiq bo'lib, bog‘da bu
kanizakka qo‘l uzatmoqehi boMgani, ammo ochilgan nargis gulini
ko‘rib, qilmishidan uyalgani) orqali hayo va odob shoh-u gado
uchun bir hisoblangan insoniy fazilat ekanligini ta'kidlangan.
Qanoat ta'rifidagi yettinchi maqolat badiiy timsollarga
boyligi bilan alohida ajralib turadi. Navoiyning fikricha, kimki
qanoatni o‘ziga kasb qilgan bo‘lsa, u eng boy insondir. Oltin,
kumush va zeb-u ziynatlami boylik deb bilmaslik kerak, balki
haqiqiy boylik qanoat xazinasidir:
Kimgaki ish bo ‘Idi qanoat fani,
Bilki, ani qildi qanoat g ‘ani.
Ganji tajammulni g'ino bilmagil,
Balki g ‘ino ganji qanoatni bil.
Mazkur maqolatda qanoat tushunchasi chiroyli tashbehlar
va tamsillar vositasida ifodalab berilganligini ko‘ramiz. Masalan,
osmon qanchalik katta bo ‘lmasin, u bitta kulcha, ya'ni quyosh
bilan kun kechiradi. K o‘z doim shuning uchun ravshanki, u
mehrob ostida turib, ikkita bodom bilan oziqlanadi. Shunday
ekan, insonlar qanoat bobida osmon va ko‘z singari boMishlari
288
kerak. Maqolatda kitobot (hart) san'atining ham yetakchilik
qilishini kuzatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |