NAVOIY SAMARQANDDA
Barcha manbalar Alisher Navoiyning Samarqanddagi
hayotini
tahsil
bilan
bog‘laydilar.
Dastlabki
m a’lumot
Abdurazzoq Samarqandiyga tegishli.119 Mirxond ham shunday
fikmi bildiradi. Ammo Samarqand safarining sabablari xususida
farq bor. Mirxond Navoiy Samarqandga Xurosonda “o ‘ziga
munosib e’tibor topmaganligi” uchun ketgan deb hisoblaydi.120
Xondamir “Xulosat ul-axbor”da shoirning Samarqandga ketish
sabablarida chuqurlashmagan, ammo u diqqatni Navoiy «taqdir
jafokorligi oqibatida Husayn Boyqarodan uzoqlashib ketdi»
degan fikrga qaratadi: “Hazrati sultonning yaqin kishisi (Navoiy)
go'daklik chog‘idan bolalik tongining nihoyasigacha ul muzaffar
bayroqli sultonning yonida b o ig a n va jafokor taqdim ing vositasi
bila bir qancha vaqt uning xizmatidan uzoqlashib ketgan b o iib ,
Samarqanddan yetib keldi”.121 M azkur ikki asarning yozilgan
vaqti
Alisher Navoiy qudratli
podshoh
Sulton
Husayn
Boyqaroning yaqin kishisi sifatida izzat va ikrom sohibiga
aylangan bir vaqtga to ‘g ‘i kelishini hisobga olsak, mualliflarda
tarixchilarga xos maddohlik xususiyatini sezish mumkin. Biroq
Xondamirning fikrini Abdurazzoq Samarqandiy fikriga qarshi
fakt sifatida qarash to ‘g ‘ri emas. U tahsil uchun borilganini inkor
etgan emas. Balki ularning do‘stliklarmi yana bir karra ta’rif-
tavsiflagan va ikki do ‘stnmg aneha payt ko4rishmagan!iklarini
ulaming Hirotdan tashqarida yurgan judolik davrlari bilan
ifodalagan. Shunday esada, “Ravzat us-safo”da o‘ziga munosib
e ’tibor topmaganligi uchun Samarqandga ketganligi haqidagi
ta ’kiddan Navoiyning iqtidori Hirotda yetarli baholanmagani va
119
Матлаи са’дайн ва мажмаи бахрайя. 3318-варак.
120
Равзат ус-сафо. Босма. - Лакхнау, XIX аср. VII жилд. - Б, 15.
121
Хулосат ул-ахбор... ро'лезм а. 0 ‘зРФА ШИ, инв. №2209. 460c-eapaq.
186
u n in g H iro td a n k e tis h ig a t o ‘g ‘ri k e lg a n lig ig a a m in boM ish
m u m k in .
M azkur m a’lumotlaming mavhum va qisqa tarzda
keltirillshining sababi shundaki, ular, avvalo, Navoiyga maxsus
bag'ishlab
emas,
balki
yo‘l-yo‘lakay
aytib
o‘tilgan
ma’lumotlardir. Ushbu ta ’kidlar faqat tarixiy asarlarda qayd
etilgan, Sulton Husayn Boyqaroning taxtga o ‘tirishi munosabati
bilan keltirilgan tafsilotlardir. «Taqdir jafokorligi» iborasiga
kelsak, Xondamir Navoiyning poytaxtdan uzoqligini nazarda
tutgan. U ehtimol, ixroj sabablaridan to‘la bo‘lmasa-da, qisman
xabardor boMishi ham mumkin. Chunki Navoiy vafotidan so‘ng
yaratgan “Habib us-siyar” asarida xuddi shu voqealar bayoniga
aniqlik kiritib: “Sulton Abu Sa’id zamonida Hirot dor us-
saltanatiga qaytib, bir muddat ul iqboloshiyonlik ostona
xizmatida bo‘ldi. Ammo o ‘z holiga yarasha daraja va rioyat
topmagach, Xurosondan Samarqandga ketdi” tarzida Abu Sa’id
nomint
ochiq-oydin
ko‘rsatib
o ‘tgan.122
Demak,
oldingi
asarlarida sultonning nomini ochiq k o ‘satishga nimadir xalal
bergan.
Bizningcha,
Amir
Alisher
“Xulosat
ul-axbor”
yozilayotgan paytda bu masalaga alohida e ’tibor qaratilishini
xohlamagan, shekilli.
Buyuk adibning o ‘zi Samarqanddagi hayoti haqida kam
m a’lumot qoldirgan. “Majolis”dagi qaydlar asosida uning Uloi
Shoshiy, M avlono Y usuf bilan tanishuvi, Fazlulloh Abu Laysiy
madrasasida ta ’lim ola boshlashi, Y usuf Badeiy bilan oshno
kirishishi kabi ijod ahli bilan munosabatini yoritish mumkin.ш
Mavlono
Mir Qarshiyning sahhoflik
do‘konida o ‘tkazib
turiladigan mushoaralarda qatnashib turganligi124, M avlono
Riyoziy bilan she’r ustida bahs yuritishi uning Samarqand
fozillari bilan yaqin aloqada bo'lganligini tasdiqlaydi.125 Yana
122 Набиб ус-сияр. - Б.217.
123 Мажолис ун-нафоис. -Б.60.
*24 Ко'рсатилган асар. - Б.58.
Л5 Ко'рсатилган асар. - Б.59.
187
ba’zi xotiralar borki, maxsus ko ‘rsatilmagan esa-da, ular Sa-
marqand davriga taalluqli, degan fikrdamiz. Masalan, Navoiy
Mavlono Riyoziy fikrasida quyidagi voqeani esiaydi:
Bu g ‘arro m atla’ aningdurkim:
Sitoraest duri go‘shi on hilolabro%
Zi ro 4i husn ba xurshed mezanad pahlu.
Ikki m isra’ orasida rabt jihatidin bir «ki» lafzi kerak.
Faqir anga dedimki, bu nav’ yaxshiroq bo ‘lg ‘ayki:
Zi ro‘i husn duri go‘shi on hilolabro‘,
Sitoraestki, bo moh mezanad pahlu.
Insof yuzidin kerakki, musallam tutsa erdi, jadal bunyod
qildi, faqir soqit b o id im . 0 ‘z yoronlari taloshtilar ham qabul
qilmadi, Samarqandda favt b o ‘ldi” .126
Riyoziyning o ‘rinli tanqidga e ’tiroz bildirishidan bu
voqea Navoiyning yigitlik davrida ro ‘y bergan deyish mumkin.
Zero, Navoiy o ‘rta yoshlarda shunchalik mashhurlik tutgan ediki,
uning maslahatlariga, hatto Abdurahmon Jomiy quloq osar edi.
Demak, Navoiyning shoirlik mahorati yuksak esa-da, hali yosh
yigit ekanligi seziladi. Voqeaning Samarqandda sodir b o lg an ig a
Riyoziy “samarqandligdur” va “Samarqandda vafot etdi” deyishi
dal il b o iish i mumkin. Chunki “Majolis”da qo‘llangan qurilma
bo‘yicha zikr etilgan voqea tavsiflanmishning o ‘z vatanida yuz
bergan esa, Navoiy shoir vatanini tilga olish bilan kifoyalangan.
Agar shoir boshqa joyga ko‘chib borgan bo'lsa, ayni asar
yozilayotgan davrda muqim turgan joyi ta ’kidlangan masalan,
“Andijondindur,
so‘ngra
Samarqandga
bordi”).
Shunga
qaraganda, Riyoziyni samarqandlik deyish asnosida Navoiy
voqea Samarqandda bolg an ig a ham ishora etgan.
Navoiyning Samarqandda yashash tarzi qanday b o ig an i
borasidagi m a’lumotlar bir-biriga zid. Jumladan, Zahiriddin
Bobur «Bobumoma»da Alisherbekka Samarqandsa Ahmad
126 o -Illa ерда.
188
Hojibek murabbiy va muqavviy (homiy) b o ‘ld i127 deyishidan
uning hokim tomonidan moddiy qoilab-quvvatlanganligini
bilish mumkin. Faxriy Hirotiy negadir bu davrda shoir nochor
ahvolda yashagan degan fikrni bildiradi128. Har ilckala m uallif
ham Navoiyning kiehik zamondoshlari va e ’tiborga loyiq fozillar
sanalishi tufayli masalaning yechimi, tabiiyki, uchinchi ovozni,
tarozi pallasidagi mulohazalar muvozanatini uzil-kesil hal qilishi
mumkin bo‘lgan yana bir xolis manba bo'lishini taqozo etadi.
Afsuski, u yo'q. Ana shu muammoga duch kelgan ko'pgina
navoiyshunoslar
uning
yechimini
buyuk
shoir
ijodidan
izlaganlar. Ye.E.Bertels Navoiyning Samarqandga kelgan id an
so‘nggi kayfiyatini bildirish niyatida shoiming «Hayrat ul -abror»
dostonidagi o ‘n birinchi maqolatda keltirilgan yosh tolibi ilmning
katta shahardagi ahvoli bayoniga suyanadi va “Alisher she’rda
tasvirlangan kabi kambag‘al sifatida kelmagari bo ‘isa ham,
ammo begona shaharda yoru birodarsiz, kimsasizlikdan o ‘zini
yo‘qotib qo‘yish hollari karn b o ‘lmagan bo‘lsa kerak”, deb
xulosa chiqaradi.129 Xuddi shu she’r V.Abdullaevning kitobida
ham 130, Izzat Sultonning kitobida ham keltiriladi.131 V.Abdullaev
uni qashshoqlik va muhtojlikka izoh sifatida keltirsa, Izzat Sulton
muhtojlik va mag‘rurlik tasdig‘i sifatida ko‘rsatgan. Ye.E.Bertels
ham, umuman olganda, Navoiyning Samarqanddagi hayotini
qashshoqlikda o ‘tgan deb hisoblaydi.
Taxminimizcha,
Zahiriddin
Bobur
o ‘z
xulosasida
Xondamirdan eshitganlari va «Makorim ul-axloq» asarida
shoiming
Samarqanddagi
hayotidan
keltirilgan
lavhalar
ruhiyatidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Faxriy esa Navoiyning
o‘z og‘zidan eshitganlari asosida “sovuq kechalaming birida
Alisherning
hammomga
borish
zarurati
tug‘ilgani
va
hammomchiga yonidagi juzvdonini garovga qo ‘ymoqcbi bo ‘Isa
127
Бобурнома. - Б. 153.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |