Alisher navoly nomidagi toshkent davlat


NAVOIY VA ABU SA ’ID MIRZO M UNOSABATLARI



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

NAVOIY VA ABU SA ’ID MIRZO M UNOSABATLARI
Navoiyning Abu Sa’id mirzoga nisbatan qahr va alami 
uning asarlarida ochiq namoyon bo ‘lgan, ammo asl sabablari 
ma’lum emas. Ye.E.Bertels o ‘zining “Navoiy” monografiyasida 
mazkur masalada aniq fikr bildirmagan: bir joyda “Alisher 1464 
yili Mashhaddan Hirotga qaytdi. 1466-1467 yili Badaxshonda 
Navoiyning do ‘stlari tomonidan ko ‘tarilgan qo ‘zg‘olon Abu 
Sa’id tomonidan bostirilgach, u qochib, Samarqandga ketdi” 101 
desa, boshqa bir joyda Navoiyning yuqoridagi e ’tirofiga 
diqqatini qaratgan shekilli, “u 1467 yili Abu Sa’id tomonidan 
Mashhadga surgun qilindi”, - deb ko‘rsatadi,102 Olim negadir bu 
ikki xil qarashni mantiqan dalillamagan. Sadriddin Ayniy 
Alisher Navoiy va Abu Sa’id o ‘rtasidagi ixtilof Husayn 
Boyqaroning, Mir Said Qobuliy va Muhammad Ali G ‘aribiyning 
hamda Badaxshon shohlarining shoirga yaqin odamlar ekanligi 
vajidan paydo b o ig a n deb ko‘rsatadi.103 Oybek ham shunday 
hisoblaydi.104 Ayniy “Abu Sa’id 1466 yilda Alishemi surgun 
qilishga hukm chiqardi va Hirotni tark etib, Samarqandda
101 
Бертелъс Е.Э. Навои и Джами. - С.77.
I0‘ Курсатилган асар. - С.99.
103
Айний С. Навой: Куллиёт, - С.284 - 285.
Ойбек М. Алишер Навоий: Мукаммал асарлар туплами. 19 томлик. - 
Тошкент: Фан, 1979. T.XITI.- Б. 15- 16.
179


yashashni buyurdi. Ahmad Hojibek Alishemi o ‘zi bilan birga 
olib ketadi. Chunki unga Sulton Abu Said tomonidan Alishemi 
saqlash topshirilgan edi” 105, deydi. Olim Sharafiddinov “Navoiy 
Samarqandga 1465 yilda surgun qilinadi va uni Ahmad Hojibek 
Hirotdan 
Samarqandga 
nazorat 
qilib 
boradi” 
degan.106 
V.V.Bartold yozadi.: “Xondamirga binoan, Mir Alisher Hirotga 
Abu Sa’id huzuriga kelib bir qaneha vaqt yashadi. 0 ‘zi kutgan 
e ’tibomi sezmagach, Samarqandga ketdi. Bobur so‘zlariga 
qaraganda, Mir Alisher Samarqandga Abu Sa’id tomonidan 
qandaydir xato uchun surgun etilgan. M ir Alisherning o ‘zi tahsil 
uchun borganligini aytadi. U paytlarda tahsil uchun Hirotdan 
Samarqandga 
bormas 
edilar. 
Demak, 
uning 
Hirotdan 
Samarqandga ketishi surgun sifatida qaralishi lozim”.107 Bartold 
o ‘z taxminining ishcnarli chiqishi uchun b a’zi m a’lumotlami 
qasddan noto‘g ‘ri sharhlaganidan ham ko ‘z yumib bo‘lmaydi. 
Jumladan, u shunday yozadi: “Navoiy hayotining bu davrini 
yoritishda balki uning go‘zal va fasih tilli, “qalbini asir etgan” 
(k o ‘nglumni base sayd qildi) shayx Sadriddin Rivosiy haqidagi 
hikoyasi b a ’zi aham iyatga ega bo‘lishi mumkin. Unga hatto oliy 
darajadagi shaxslat ham (Badaxshon shohi va podshoh ham) 
jazrnan edilar, M ir Alisherning badaxshonliklar bilan yaqin 
aloqasi x-871 yil voqeasidan so‘ng uning hayotiga ta ’sir qilgan 
boMishi mumkin. Bunga sultonning shayxni uning do‘stlaridan 
rashk qilgani harn qo‘shi lgan b o lish i mumkin”.108
Bertels ham ‘'N avoiy” monografiyasida Navoiyning 
Samarqkandga borganligini surgun hisoblab, bu paytlarda 
Satnarqand ilm-fan m arkazi emas edi, deb fikr bildiradi. U 
Bartold singari Sadriddin Rivosiy masalasini ko‘rsatmasada, 
ammo tog‘alari va badaxshoniylar fojeasidan keyin shoir 
qochishga majbur b o ‘ldi, deb ta’kidlaydi.109 Bertelsning mazkur
105 Айний С. Навой: Куллиёт. - C.284.
106
Шарафиддинов О. Алишер Навоий, - Б.5.1 - 52.
107
Бартольд 
В .В . 
Мир Али Шир и политическая жизнь. - С.223 - 224.
108
Бартольд 
В .В . 
Мир Али Шир и политическая жизнь. - С.225.
109 Бертельс Е.Э. Навои. С.77.
180


tadqjqotda bunday yuzaki yondashuvining m a’lum sabablari bor 
deb bilaman. U o ‘ta sinchkov manbashunos va bilimdon 
n a v o iy sh u n o s 
b oisa-da, Bartold konsepsiyasini buzmaslik uchun 
uning xulosalari bilan manbalar orasidagi ziddiyatli likrlarga 
aniq chek qo‘ymagan va barchasini bir-biriga moslashtirishga 
majbur b o ig an . Shunday ekan, “surgun” masalasini qayta k o ‘rib 
chiqish navoiyshunoslikning dolzarb masalasiga aylanadi.
Biz bu masalada nima deyishimiz mumkin? Manbalarda 
“ s u rg u n ” 
m a’nosida qoilanishi mumkin b o ig a n “b a d a rg V yoki 
“ixroj qilish” iboralari Zahiriddin Muhammad Bobuming 
“Bobumoma”sida ishlatilgan. U Navoiy haqida gapira turib, 
“Bilmon, ne jarim a bila sulton Abu Sa’id mirzo Hirotdin ixroj 
qildi. Samarqandga bordi, necha yilkim, Samarqandda edi” 
degan.110
Bobur aslida “Abu Sa’id Navoiyni Samarqandga nega 
surgun qildi?” deb emas, balki “Bilmayman, qaysi gunohu uchun 
Hirotdan chiqarib yubordi?” degan mazmunda gapirgan. Mana 
shu farkni tushunishning o'ziyoq shoir tarjimai holidagi b a’zi 
to‘qimalami bekor qiladi. Bobur Navoiyning saroydan ketishi 
Abu Sa’id bilan bogiiqligini bilib, shohning xatti-harakatini 
qoralagan. Chunki shoirlar va iim ahliga homiylik qilish shohlik 
rasmi b o ig a n . Shoirlar va ilm ahli siyosatda betaraf boiganlar. 
Ular bir podshohdan qanchalik muruvvat ko ‘rsalar, uning 
vafotidan keyin unga m uxolif (hatto qotiii) b o ig a n keyingi 
podshohlardan ham shunchalik muruvvat ko‘rganlar. Shahardan 
badarg‘a qilish shoir tomonidan sodir etilgan juda o g ir jinoyat 
uchun ravo k o ‘rilishi mumkin. Zahiriddin Bobur Navoiy 
siymosida mudhish jinoyatchini 
ko‘rmagani 
uchun ham 
shohning bu ishidan taajjublangan, Chunki shoirlar qadim- 
qadimdan saltanat bezagi hisoblanganlar, sulton nomini dunyoga 
taratganlar, ulug‘vorligini tarix sahifalariga naqsh etganlar. 
Shoirlar va ilm ahliga homiylik qilish barcha sultonlarga obro‘ 
keltirgan. Aks holda, shoirlaming o ‘tkir hajvlari sulionni yetti
110 
Бобур. Бобурнома. - Тошкент: Юлдузча, 1989. - Б. 153.
181


iqlimga kulgu etishga ham qodir edi. Navoiyning Hirotdan 
chiqib ketishiga surgun tusini berish V.Bartold uchun nega zarur 
bo‘lgani tushunarli. U Bobuming fikri atrofida manbalardagi 
barcha faktlami o ‘z yoMiga moslashtirdi. Jumladan, Navoiyning 
Badaxshon shohlariga hurmati, Husayn Boyqaro bilan do‘stligi 
holatlarini 
bo'rttirish 
orqali 
Abu 
Sa’idning 
uyushgan 
muxoliflarini “tashkil” etdi. Yana bir qo‘shimcha sifatida Shayx 
Sadriddin Revosiy shaxsini siyosiy sahnaga olib chiqdi. Bartold 
ssenariysi bo‘yicha, Abu Sa’id Sadriddin Revosiyni rashk qilib, 
Badaxshon shohini qatl ettiradi, Husayn Boyqaro josusi 
Navoiyni Samarqandga surgun qiladi.
Alisherning tog‘alari shoirtab’ bo ‘lsalar-da, asosiy 
kasblari sipohiylik edi. Ularning Boyqaro lashkarboshilari 
qatorida Abu Sa’idga qarshi jang qilishlari va shahid bo iish lari 
umsh qonuniyatlariga taalluqli. Badaxshon shohi taqdiri ham 
xuddi shunday. Shu bois Navoiyning tog'alari yoki Badaxshon 
hokhnining Abu Sa’id buyrug‘i bilan qatl ettirilishi sulton va 
Navoiyning bir-birlariga sovuq munosabatda bo‘lishlariga asos 
bo‘la olmaydi (Navoiyning jiyani Amir Haydaming Husayn 
Boyqaro tomonidan qatlga buyurilishi kabi). Qolaversa, Navoiy 
Abu Sa’id Mirzo zamonida siyosat bilan shug‘ullanmagan yosh 
shoir edi. Husayn Boyqaro Abulqosim Bobur vafotidan so'ng 
Navoiy bilan ko'rishmagan, Navoiy esa bu davrda Hirotda ham
Mashhadda yurgani kabi, shoirlar muhitida, jo ‘shqin ijod bilan 
band, siyosatdan ancha yiroq shoir sifatida tasavvur uyg‘otadi, 
Oybek ham Mir Alisherning Sulton Husayn “qozoq”liklarda 
yurganda u bilan aloqasi bo‘lmagani va Hirotda yuz bergan 
fitnalarda uning ishtiroki m a’lum emasligini qayd etgan.111
Agar Abu Sa’idning Navoiyga Husayn Boyqaro tufayli 
xusumati bo‘lganda, uning o‘g ‘li Mirzo Sulton Ahmad Husayn 
Boyqaroga qarshi urush ochganda Navoiyni o ‘zi bilan olib 
ketmasdi. Bu haqda “Ravzat us-safo”da quyidagicha m a’lumot
111 
Ойбек. Адабий-танкидий маколадар //М укаммал асарлар туплами. - 
Тошкент, 1979. T.XII1. - Б. 17.
182


mavjud: “...az Xuroson ba Samarqand rafta dar xonaqohi Xoja 
Jaloliddin Fazlulloh, sokin gasht... to darin ayyomki, Mirzo 
Sulton Ahmad bino bar tavajjuhi xoqoni mansur ba subi Xuroson 
az obi Amuya guzasht amir Alisher niz hamrohi urdu ravon 
shuda bud. B a’d az tahqiqi xabari voqeai Sulton Abu Sa’id va 
istiloi hoqoni mansuri muzaffarlivo bar baldai foxirai Hirot az 
amir Hojibek ruxsat talabida ijozat xos il namuda va ruy ba Hirot 
ovard”. " 2
(..J

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish