2.2.Shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarini assesment metodidan foydalanib o‘qitilishi.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam.U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtayi nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbayiga aylanishi mumkin.15
Til va shaxs munosabatlari haqida R. Jeykobson shunday yozgan edi. “Muayyan tilning aniq va aniq ilmiy tavsifi suhbatdoshlar orasida ularning ijtimoiy mavqeyi, jinsi yoki yoshi jihatidan tafovutlar mavjudligi yoki yo‘qligi haqidagi grammatik va leksik qoidalarsiz ish tutib bo‘lmaydi; Tilning umumiy tavsifida bunday qoidalarning o‘rnini aniqlash murakkab tilshunoslik muammosidir”.
Darhaqiqat, tilshunoslikda shaxs tushunchasi antropolingvistik paradigmaning asosiy ilmiy istilohi bo‘lguniga qadar semantik, morfologik, sintaktik jihatlardan tahlil qilinganligi ma’lum. Chunonchi, shaxsni nomlovchi leksemalar “Shaxs tavsifi nomlari” ostida ot mikrotizimida alohida lug‘aviy ma’no to‘dasini tashkil etishi substansial tahlil asosida aniqlangan. O‘zbek substansial morfologiyasi mazkur lug‘aviy ma’no to‘dasi lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga bo‘linishini va bunda semantik farqlovchi belgilarga tayanilganligini ko‘rsatadi.
Shaxsni tavsiflovchi lug‘aviy-ma’noviy guruhlar ichida shaxsni jinsi, millati, qarindoshlik, yaqinlik munosabati, ijtimoiy mavqeyiga ko‘ra tasniflash fanimizda shaxs otlarini leksik mikrotizim sifatida o‘rganish natijasidir. Ammo nutq jarayonida shaxsni jinsi, kasbi, millati, yaqinlik munosabatiga ko‘ra tavsiflovchi ot leksemalarning sintaktik munosabatdan hosil bo‘luvchi so‘z birikmalarining yuzaga chiqishi kuzatiladiki, bu shaxs kategoriyasi uning muayyan belgi-xususiyatlarini ifodalovchi sintaktik birliklarda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Y
Test
uqorida shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari haqida yetarlicha nazriy ma’lumot berilganligi sababli darsni mustahkamlash bo‘limida assessment metodidan foydalanib, olgan bilimlarimizni nazorat qilamiz va amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlaymiz.
1.Shaxs otlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? Raqamlarni jadvalning o'ng tomoniga yozing.
1) Zuhra; 2) Amper; 3) Hasan; 4) rentgen; 5) murabbiy; 6) Asal; 7) muxlis; 8) Anor.
a)1, 3
b)barchasi shaxs otlari hisoblanadi
c)1, 2, 3, 6, 8
d)5, 7
B) Gulsum opa, mulla Abdurahmon
C) temirchi Jo‘ra, usta Olim
D)suvchi yigit, sotuvchi erkak
2. Quyidagi joy nomlaridan qaysilari [sifat+ot] tuzilishidan iborat qo'shma otlar sanaladi?
1)chinnigul; 2) bilaguzuk; 3)Oqtepa; 4)Qo'tirbuloq; 5)qiziluzum; 6)boyo'g'li; 7)achchiqtomir;
8)Oqsaroy; 9)Qiziltepa.
A) 1,2,5,6,7
B) 1,3,4,5,8,9
C) 2,3,5,6,9
D) 3,4,8,9
3. Qaysi qo'shma so'zlar [ot+sifat] tuzilishidan iborat qo'shma sifatlardir?
1) iskabtopar; 2) diltang; 3) bag'rikeng,; 4) belburma; 5) qirqkokil; 6) dilshod.
a)2, 3,4,6
b)1, 2, 6
c)1, 2, 4, 5
d)1, 4, 6
4. Mos javoblarni belgilang. So'zlar qaysi usulda yasalganini toping.
1. Affiksatsiya usuli A) gulbeor, ko'zoynak
2. Fonetik usul B) yupqa, uloq
3. Semantik usul C) sinfdosh, oqla
4.Kompozitsiya usuli D) AQSH,A.Navoiy
5. Abbreviatsiya usuli E) yangi, hozir
Javobi: 1-B, 2-E,3-B,4-A,5-D
5. Qaysi qo'shma so'zlar [ot+ot] tuzilishidan iborat qo'shma otlardir?
1) asalari; 2) qumsaqich; 3) boyo'g'li; 4) atirgul; 5) ayiqtovon; 6) qorakesak.
a)2, 3,4,6
b)1, 2, 6
c)1, 2, 4, 5
d)1, 4, 6
6. Qaysi qo'shma so'zning ikkala qismi ham bir xil so'z turkumidan hosil bo'lgan?
1) tog'olcha; 2) sheryurak; 3) sizbop; 4) sovuqmijoz; 5) muzyorar; 6) ilonquyruq.
a)2, 3, 5
b)1, 2, 6
c)1, 2, 4, 5
d)1, 4, 6
7. So'z yasalishiga oid to'g'ri ta'riflarni jufti bilan belgilang.
1.Ot so'z turkumi
2. Sifat so'z turkumi
3. Son so'z turkumi
4. Ravish so'z turkumi
A olachipor, xomsemiz, tekis yuzli ...+… shaklidagi qo'shma so'zlardir.
B qirqkokil, ikkikat, ikkiyuzlama …+ot shaklidagi qo'shma sifatlardir
C Kompozitsiya usuli bilan yasalish qoliplari boshqa so'z turkumlariga qaragan nisbatan kam
D toshbolta, chayongul, ilongul aynan bitta so'z turkumiga oid so'zlar birikuvidan hosil bo'lgan .
8. Kimning qarashlari o`zbek tilshunosligi taraqqiyotining, shuningdek, derivatsiyaga oid keyingi qarashlarning ilmiy-metodik asosini belgilab berdi.
A) A.G`ulomov
B) M.Qurbonova
C) R.Sayfullayeva
D) Sh.Shahobiddinova
9. Quyida berilgan fikrlarning qaysilari noto'g'ri?
A. Tilimizda kompozitsiya usuli bilan ravish yasalishi qoliplari qo'shma fe'l, qo'shma ot, qo'shma sifat yasalishi qoliplariga qaraganda kamchilikni tashkil etadi.
B. [ravish+ot yoki ravish] tuzilishidan iborat qo'shma ravishlarga hali zamon, naridan beri misol bo'la oladi.
C. tezpishar, tezoqar, sovuqsevar, tezotar, tezsuzar -[sifat+fe'l] tuzilishidan iborat qo'shma sifatlardir.
D. O'zbek tilida fe'l va fe'l birikuvidan tuzilgan qo'shma fe'llar miqdori boshqa birikuvlarga qaraganda juda ko'p.
10. Quyida berilgan fikrlarning qaysilari noto'g'ri?
A. Ayyub G'ulomov o'zbek tilshunosligida so'z yasash usullari tushunchasini olib kirdi.
B. So'z yasash va so'z shaklini yasashni farqlashda faqat bitta tamoyil?denotativ ma'nolarning
aynanligi yoki farqligiga tayaniladi.
C. So'z yasash tizimida lison~nutq, sinxroniya~diaxroniya, unumlilik~unumsizlikni farqlashda
so'z yasash qolipi tushunchasiga tayaniladi.
D. So'z yasash qolipi vositasida yasalgan va yasama so'z tushunchalari farqlanmaydi.
Talabalarga stsndart testlar bilan birgalikda nostandart testlar blokini ham taqdim etishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |