O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASIOLIYVAO‘RTAMAXSUSVAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
|
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent moliya instituti
“Iqtisodiyot ” kafedrasi mudiri _____________ X. Asatullaev
2021 yil “__” ____________
|
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI”
fanidan kredit-modul tizimiga asoslangan
SILLABUS
Bilim sohasi: 300 000
|
- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
Ta’lim sohasi: 310 000
|
- Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
|
60310100
|
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
|
60411200
|
-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
|
60410400
|
-Moliya va moliyaviy texnologiyalar,
|
60410500
|
-Bank ishi va auditi
|
60410200
|
-Soliqlar va soliqqa tortish
|
60410600
|
-Sug‘urta ishi
|
60410700
|
-Byudjet nazorati va g‘aznachiligi
|
60412700
|
-Baholash ishi
|
60410900
|
-Birja ishi
|
60411500
|
-Biznes-tahlil
|
60310400
|
-Iqtisodiy xavfsizlik
|
60411000
|
-Investitsion loyihalarga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish
|
60412800
|
-Elektron tijorat
|
60412100
|
-Xalqaro valyuta kredit munosabatlari ijrosi
|
TOSHKENT-2021
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KREDIT-MODUL TIZIMIGA ASOSLANGAN
SILLABUS
Ma’ruzachi: “Iqtisodiyot” kafedrasi proffesori Jo‘rayev Toshbolta To‘xtayevich
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Tel. (telegram): (+99893) 546-40-88
E-mail: jurayev.t@mail.ru
Amaliyot o‘qituvchisi: “Iqtisodiyot” kafedrasi proffesori Jo‘rayev Toshbolta To‘xtayevich
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
Tel. (telegram): (+99893) 546-40-88
E-mail: jurayev.t@mail.ru
Kursning qisqacha mazmuni: Iqtisodiyot nazariyasi fanining ishchi-o‘quv dasturi iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyoti nazariyasiga tegishli mavzularni qamrab oladi. Mazkur dastur bakalavriat yo‘nalishlariga mo‘ljallangan bo‘lib bo‘lg‘usi mutaxasis kasb-korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib etishi, iqtisodiyotning sir asrorlarini idrok etishi talab qilinadi.
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot qonun-qoidalarini va rivojlanish prinsiplarini o‘rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fandir.
Kursning maqsadi- talabalarda iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Fanning asosiy vazifalari:
talabalarga iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko‘maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish, iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
iqtisodiyot nazariyasi asoslari;
fanining vujudga kelishidagi asosiy ta‘limotlar va uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari;
milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini;
makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni;
iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlari hamda ularning asosiy g‘oyalari to‘g‘risida yaxshi tasavvurga ega bo‘lishi;
iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning o‘zaro aloqa va bog‘liqligini;
resurslarning cheklanganligini va aholi farovonligini oshirish maqsadida ulardan muqobil foydalanish usullarini;
talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usularini;
iqtisodiy jarayonlarni matematik usullar orqali tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
iqtisodiyotning turli: mikro, mezo, makro, mega darajasida optimal qaror qabul qilish;
iqtisodiyotni boshqarish va makroiqtisodiyotda muvozanatga erishish;
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va boshqa muammolarni hal qilish;
iqtisodiy qonunlarni;
ilmiy tushunchalar (kategoriyalar) ni;
iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
bakalavrlar mazkur fanni o‘rganish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelajakda amaliyotda undan foydalanish;
talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish;
iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanni o‘qitishda interfaol, kommunikativ, pertseptiv yondashuvlardan maksimal darajada foydalanish, o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetentsiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash jarayonida:
- mezonni tanlash;
- o‘quv maqsadlarini toifalash;
- o‘quv materiallarini modullashtirish;
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta‘lim oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, mustaqil ta‘limni samarali tashkil etish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |