Texnologiya birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi
tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida
qo‘llanilgan
Malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo‘llanila boshlangan texnologiya negizida, tadbirkorlar psixologlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxona hamda tashkilotlari uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – “Аssesment-markaz” (“The Assessment Centre”)ni yo‘lga qo‘yishgan. 1960-yilda “IBM”, “Standart oil of Ohio”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniyalari o‘z faoliyatlariga texnologiyani samarali tadbiq etdilar. Аgarda 1980-yilda 2000 ta firma “Аssesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni maʼqul ko‘rgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu
texnologiyao‘n minglab korxona, tashkilot, firma va kompaniyalarda samarali qo‘llanilmoqda.
Аyni vaqtda ishlab chiqaruvchiva savdo kompaniyalar malakali menejerlarni tanlash maqsadida mazkur texnologiyandan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur texnologiya taʼlim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi
har tomonlama, xolis baholanmoqda. Аyni vaqtda respublika taʼlim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha
baholanmoqda.13
Bugun bu metod taʼlim tizimiga xam joriy etilgan bo‘lib,
o‘quvchilarning bilim darajasi, malaka va ko‘nikmasini baholashga xizmat
qiladi.
Maqsadi: baholash, nazorat qilish, taʼlim oluvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali taʼlim oluvchilarning bilish faoliyati turli aspektlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashxis qilinadi14.
“Shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari” mavzusini o‘qitishda tuzilgan assessment namunasi.
Test
1.Har ikkala qismi shaxs otlaridan tuzilgan so‘z birikmalarini toping?
a) kata ko‘cha, xasis boy
b) kamgapo‘qituvchi, bekorchi bola
d) sotuvchi qiz, suvchi yigit.
Simptom
2.Shaxsni tavsiflovchi SBlarga xos xususiyatlarni sanang…….
Qiyosiy tahlil
3.Shaxsni tavsiflovchi SBlari va leksemalarni qiyoslab tahlil qiling?
Amaliy ko‘nikma
Shaxsni tavsiflovchi SBlarga misollar keltiring.
Shunday qilib, zamonaviy taʼlimda innovatsiya, yanada aniqrog‘i,pedagogik hamda taʼlim innovatsiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, globallashuv hamda jamiyatning axborotlashuvi taʼlim jarayonini noanʼanaviy shakllarda samarali metod va vositalarni qo‘llashni taqozo etish bilan birga, o‘quv materiallarini shakllantirish va ulardan amalda foydalanishga nisbatan ham innovatsion yondoshishni talab etmoqda. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik tizimning ichki tuzilishini o‘zgartiradi.Oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining pedagogik yoki taʼlim innovatsiyalaridan samarali, faol foydalana olishlari muayyan jarayonda kechadi. Pedagoglarning kasbiy faoliyatga innovatsion yondasha olishlari ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlash bilan birga taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga, talabalarda bilish faolligini kuchaytirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |