Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Xitoy kompyuter lingvistikasi
Informatsion texnologiyalar va ingliz tili ta‘siri natijasida xitoy tili 
leksikasida o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Xitoy tilining xos xususiyatlaridan 
biri bo‗lgan omonimiya uning butun tarixiy taraqqiyot bosqichida muhim 
rol o‗ynadi. Hozirgi kunda xitoy ierolgliflarining keng imkoniyatlarini 
hisobga olib, omonimlar asosida kompyuter o‗yinlari yaratilmoqda. 
Ieroglif yozuvlar XX asrda bir qator o‗yinlarga asos bo‗ldi. Xitoy Xalq 
Respublikasi on-layn kommunikatsiyasining ommaviy xarakteri til 
me‘yorlariga talabning pasayishi bilan belgilanadi. 
Internet Xitoy xalqi hayotida muhim rol o‗ynaydi. Internet tizimidan 
foydlanuvchilar butun Yevropa aholisidan ko‗ra ko‗proq miqdorni tashkil 
etadi. Tarmoqda barcha Xitoy ommaviy axborot vositalari, ilmiy jurnallari 
berib boriladi. Xitoyda favqulodda 
wangluo wenxue
degan rasmiy nom 
bilan kiritilgan 
seteratura
(cетевая литература) – tarmoq adabiyoti 
ommaviylashdi. Xitoy sotsial tarmoqlarida va blogosferasida sezilarli 
o‗zgarishlar kuzatilmoqda. 90% xitoylik ovozli matn ko‗rinishidagi 
xabarlarni uzatishda internetdan mobil aloqa vositalari yordamida 
foydalanadi. Bugungi kunda har kuni jahon bo‗ylab millionlab xitoyliklar 
foydalanadigan eng faol va ko‗p funksiyali 
WeChat 
kommunikator – 
ilovasi (
welxin
―kichik xabar‖) mashhurdir. Til resurslaridan, grafik 
elementlardan, so‗zdan, grammatikadan foydalanishning yangi yo‗llari 
chatlarda va forumlarda kuzatiladi. Bugungi kunda Xitoydagi tilni va 
yozuvni an‘anaviy standartlashda on-layn muloqot tili lingvistik fenomen 
sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xitoyda qadim davrlardan 
boshlab yozma va og‗zaki nutq o‗rtasida katta farq kuzatiladi. Savodxonlik 
elitaga xos xususiyat sifatida qaralgan. Yozma nutqqa xitoyliklar hamisha 
hurmat va e‘tibor bilan yondashgan. Xitoy tiliga hamisha e‘tibor berib 
kelingan. Xitoyda har yili faol so‗zlar va ifodalar ro‗yxati tuziladi, 
neologizmlar lug‗ati nashr etiladi. On-layn kommunikatsiya xitoy tilini 
og‗zaki va yozma shaklida namoyon bo‗lar ekan, o‗zida muhim ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan til vositasini namoyon qiladi. Xitoyda bir 
tomondan internet-muloqot yozma shaklda amalga oshmoqda. Ikkinchi 
tomondan, on-layn kommunikatsiya jonli muloqotni, dinamiklik va yuqori 
darajadagi ekspressivlik xos bo‗lgan jarayonni ta‘minlamoqda.
Ierogliflar bu belgilardan foydalanuvchilarga bir qadar murakkablik 
tug‗dirmoqda. Xitoyda oddiy insonning nutq tezligi minutiga 170 
bo‗g‗inni, ierogliflarni terish tezligi 30-50 belgini tashkil etadi. 
Ierogliflarni kompyuterga kiritish xitoyliklar uchun bir qadar qiyin. 
Ierogliflarni kiritishning ikki usulidan foydalaniladi: fonetik usul –2tadan 


27 
4ta harfgacha bo‗lgan harflar kombinatsiyasini o‗z ichiga oluvchchi pinyin 
transkripsiyasi va grafik usul – ieroglifni 
touchscreen
texnoloogiyasi 
yordamida qo‗lda yozish. Birinchi usul o‗rtacha 9–12 belgidan iborat 
bo‗ladigan ierogliflarni yozishda ikkinchisiga nisbatan tezkor hisoblanadi. 
Pinyin transkripsiyasini qisqa vaqtda amalga oshirish uchun faol 
qo‗llanuvchi, so‗zlashuv uslubiga xos ifodalar va barqaror birikmalar 
kodlashtiriladi. 
Ma‘lumotni tez yetkazish maqsadida iyerogliflarning bosh harflaridan 
olingan qisqartmalardan foydalaniladi. Ko‗p hollarda foydalanuvchilar 
yaqin-atrofdagi begonalarga nisbatan ham qo‗llanuvchi qarindoshlik 
terminlarini qisqartiradilar:

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish