1
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
O„ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
Xolmanova Zulxumor Turdiyevna
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili) yo‗nalishi
uchun
Toshkent – 2019
2
Мazkur o‗quv qo‗llanmasi bakalavriat bosqichi talabalari,
magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o‗qituvchilarga
mo‗ljallangan.
O‗quv
qo‗llanmasida
kompyuter
lingvistikasi
yo‗nalishining mohiyati,
asosiy masalalari yoritilgan, kompyuter
lingvistikasiga doir terminlar, tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
Данное учебное пособие предназначено для студентов
бакалавриата, магистрантов, исследователей и преподавателей. В
книге обсуждены основные вопросы
компьютерной лингвистики, а
также приложен глоссарий терминов, основных понятий данной
диcциплины.
This handbook is referred to the bacelor-students philology, masters,
researchers and techers of universities. In this book basic questions of
computational linguistics are analyzed and interpreted, as well as the
dictionary of key terms on computational linguistics is attached at the end
of the book.
Mas‘ul muharrir:
f.f.d., prof. H. Dadaboyev
Taqrizchilar:
f.f. d., prof. S. Muhamedova
f.f.d.,
prof. B.Mengliyev
f.-m.f.n., dots. I. Haydarov
Ushbu qo‗llanma O‗zbekiston Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligining 2019-yil 2-noyabrdagi 1023-sonli buyrug‗iga asosan nashrga
tavsiya etilgan (qayd raqami: №1023-050).
3
Kirish
2016-yil 13-maydagi ―Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat
o‗zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish to‗g‗risida‖gi farmon
(PF-4797) hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖
to‗g‗risidagi farmoni (2017 yil, 7 feval) talablaridan kelib chiqqan holda
lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik mazmunini yoritish,
nazariyani amaliyotga tatbiq qilish,
til birliklari, til hodisalarining amaliy
qiymatini aniqlash, fan doirasida o‗rganiladigan asosiy masalalarni
belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari haqida tasavvur
hosil qilish,
asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til
birliklarining tizim sifatida mavjudligini asoslash, lingvistik strukturani
nazariy muammolar va amaliy tilshunoslik
asosida tahlil qilish
kommunikatsiya tizimining asosiy vositasi bo‗lgan til mohiyatini
yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma‘naviy-ma‘rifiy
masalalarga doir har bir chiqishlarida ajdodlar merosini qadrlash, ularning
tafakkur mahsulidan unumli foydalanish, kitob mutolaasiga alohida e‘tibor
qaratish, shu asosda yoshlarni vatanga, millatga, tilga muhabbat ruhiyatida
tarbiyalash masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda:
―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va
ma‘naviy salohiyatga ega bo‗lib, dunyo miqyosida o‗z tengdoshlariga hech
qaysi sohada bo‗sh kelmaydigan insonlar bo‗lib kamol topishi,
baxtli
bo‗lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch imkoniyatlarini
safarbar etamiz,‖ – degan so‗zlari biz uchun dasturulamal vazifasini
o‗tamoqda
1
.
Yoshlarning iqtidorli, har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida
shakllanishlari, avvalo, til haqidagi bilim hamda nutqiy ko‗nikmalarga ega
bo‗lishlari bilan belgilanadi. Olib borilayotgan
islohotlar samarasini
yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi
uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‗yicha ustuvor
yo‗nalishlarni amalga oshirish maqsadida Prezident Sh.M. Mirziyoyev
tomonidan
2017-2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar
strategiyasi tasdiqlandi:
1