Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

kompyuter 
lingvistikasi
fanining 
shakllanishiga zamin yaratadi.


15 
―Kompyuter lingvistikasi‖ fani XX asrning o‗rtalarida paydo bo‗lgan 
matematik lingvistika fani asoslaridan kelib chiqqan. Matematik 
lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini 
ishlab chiqish edi. Matematik lingvistika umumiy lingvistikaning formal 
va aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modellarini 
ishlab chiqishdan iborat vazifalarni amalga oshiradi. Shu tariqa tabiiy tillar 
grammatikasi formal modelining tuzilishi kompyuterda tarjima qilish, til 
o‗rgatish, matnlarni tahrirlash kabi amaliy dasturlarni ishlab chiqishga asos 
bo‗ldi.
Lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda talqin qilinadi, ya‘ni 
inson zaruriy subyekt sifatida tavsiflanadi. Kompyuter lingvistikasi 
jarayonida shaxsning ishtiroki bir qadar cheklanadi. Lingvistikada 
kompyuter tizimining joriy etilishi asrning buyuk kashfiyoti bo‗lgan 
kompyuter texnologiyalarining tilshunoslikka ham kirib kelganidan 
dalolatdir.
Dastlabki davrlarda fan ―Matematik va kompyuter lingvistikasi‖ deb 
nomlangan va ta‘lim jarayonida o‗qitilgan.
 
Kurs ikki qismdan iboratligi 
ta‘kidlanib, ularning mohiyati quyidagicha yoritilgan: 
Matematik lingvistika – tabiiy tillarning matematik modellarini 
(bunday formallashgan til 
metatil 
deb ataladi) ishlab chiqish, xususan, 
sun‘iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug‗ullanuvchi fandir. 
Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik 
modelini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan o‗z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‗yadi: 
-
formal grammatika yaratish; 
-
tabiiy va sun‘iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish; 
-
tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish; 
-
lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash; 
-
til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish 
(ehtimollar nazariyasi, statistika va kvantitativ metodlarni tatbiq etish).
An‘anaviy lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda, aloqadorlikda 
talqin qilinadi, matematik lingvistika esa tavsiflash jarayonida shaxsning 
ishtirokini, deyarli, inobatga olmaydi, u ko‗proq kompyuterga 
moslashtirilgan. 
Til grammatikasining matematik modeli matematik mantiqning 
aksiomatik nazariyasiga asoslanadi. Shu bois matematik lingvistika 
matematik mantiq asoslariga tayanadi.
Kompyuter 
lingvistikasi 
fanining 
asosiy 
maqsadi 
lingvistik 
masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va 


16 
mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta 
ishlash 
(Natural 
Language 
Processing)dan 
iborat.
1
Kompyuter 
lingvistikasining asosiy vazifalari quyidagilar: 
avtomatik o‗qitish tizimini ishlab chiqish; tillarni o‗qitish; bilimlarni 
tekshirish; matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash va tahlil qilish; 
matnlarning avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini 
(inglizcha 
parsing
) ta‘minlovchi tizimlar yaratish; mashina tarjimasi uchun 
mo‗ljallangan dasturlarni ishlab chiqish; lug‗atlarni va kompyuterdagi 
matnni statistik tahlil qilish; 
lingvistik muammolarni hal qilishga yo‗naltirilgan optimal dasturlar 
yaratish; muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish; matn 
strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish; elektron lug‗atlar va 
tezauruslar yaratish; sun‘iy intellekt tizimini ishlab chiqish; matnlar 
korpusini shakllantirish; matnni avtomatik referatlash; syujet strukturasini 
modellashtirish; nutqni avtomatik tushunish tizimini ishlab chiqish 
(inglizcha ASR – Automatic Speech Recognition); matndan faktlarni 
avtomatik ajratib olish (inglizcha fact extraction, text mining). 
Kompyuter lingvistikasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur 
dasturlarni muayyan algoritmik tilda tilshunos dasturchi yaratadi. U bu 
dasturlarni tuzishda maxsus sun‘iy tillardan foydalanadi. Hozirda internet 
ma‘lumotlariga ko‗ra sun‘iy tillarning quyidagi turlari mavjud: 
a) sintez qiluvchi dasturlar uchun: 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish