Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

(example based approach) 
asosida o‗qitishga asoslangan. Bunda muayyan masalani yechish uchun 
namunalar (misollar), ya‘ni o‗qituvchi moslamalar tayyorlanadi va tarmoq 
shu asosda tekshiriladi. Bunda turli xil metodlardan foydalaniladi. Eng 
keng tarqalgan metod – bu dastlabki yechim va sinov natijalarini e‘tiborga 
olgan holda neyron tarmoqlari strukturasini korrektirovka qilishga 
asoslangan metod 
(back propagation method) 
bo‗lib, unda oldindan 
ko‗plab o‗qitish materiallari tayyorlab olinadi, u o‗z bazasidagi mavjud 
ma‘lumotlarni yangi kiritilayotgan o‗qituvchi namuna-tanlamalar bilan 
solishtiradi. Agar ma‘lumotlar bir-biriga mos kelsa, neyron tarmoqlari 
strukturasida korrektirovka amalga oshirilmaydi. Faqatgina ma‘lumotlar 
bir-biriga muvofiq kelmaganda korrektirovka yuz beradi. Shundan so‗ng 
neyron tarmoqlarida muayyan amaliy vazifani hal etish tizimi to‗la 
shakllanadi.
1
Sun‘iy intellekt tizimiga doir amaliy ishlardan biri ekspert tizimlari 
hisoblanadi. Ekspert tizimi – bu muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud 
bilimlarning 
imitatsiyasi 
tarzida 
yaratilgan 
kompyuter 
dasturi. 
Boshqacharoq aytganda, ekspert tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar 
jamlangan qomus yoki professional ekspertlarning kompyuter modelidir. 
Ekspert tizimlari odatiy kompyuter dasturlaridan farq qiladi. Odatiy 
kompyuter dasturlari qidiruv tizimi, hisoblash va manipulyatsiya 
tizimigagina ega bo‗ladi. Ekspert tizimlari mazkur jihatlardan tashqari 
1
Anderson J. and Rosenfeld E.
Neurocomputing Foundations of Research. - Cambridge: MIT 
Press, 1998; 
Fukushima K. A.
Neural Network for Visual Pattern Recognition. IEEE Computer, 
1988; 
Hopfield J.J.
Neural Networks and Physical Systems with Emergent Collective 
Computational Abilities. Proceedings of the National Academy of Sciences, 1982. Bu haqida 
qarang:
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007. 
Rahimov A.
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.


155 
xuddi insonlarda bo‗lgani kabi dalillarga tayanib muhokama yuritish 
imkoniyatiga ham egadir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi 
mavjud: ma‘lumotlar ombori va mantiqiy mashina. 
Ekspert tizimlari konsepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard 
Feygenbaum nomi bilan bog‗liq bo‗lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy 
masalalarni 
yechishda 
kompyuter 
dasturlarining 
samaradorligi 
formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‗ra muammoli sohaga doir 
bilimlar bazasiga bog‗liq ekanligini asoslab berdi.
1
Dastlab ekspert 
tizimlari diagnostika va kasallikni davolash sohasiga tatbiq etildi. Ekspert 
tizimlari keyinchalik kimyo, biologiya, geologiya sohalarida ham qo‗llana 
boshladi. 
Ekspert tizimlariga bilimlar bazasini kiritish uchun simvolli 
ma‘lumotlarga ishlov berishga xizmat qiladigan LISP, REFAL, PROLOG 
kabi sun‘iy tillardan foydalanilmoqda. Bu tillar evristik bilimlar va 
mantiqiy xulosalarni yuzaga chiqarishda eng qulay dasturlash tillari 
hisoblanadi. Bunda yagona qabul qilingan bilimlar bazasi uchun deklarativ 
formalizm hamda qaror qabul qilish uchun protsedura tizimi 
qo‗llaniladi. Ekspert tizimlari ichiga ekspertlar hamda bir qator yordamchi 
dasturlar kiradi. Jumladan:
- savol-javobli dastur foydalanuvchi bilan tabiiy tilda munosabatga 
kirishishni ta‘minlab beradi; 
- bilimlar 
ombori 
dasturi 
foydalanuvchiga 
bilimlar 
bazasiga 
o‗zgartirishlar kiritish hamda to‗ldirib, boyitib BORIShga imkon beradi; 
- tushuntiruvchi 
dastur 
– 
javoblar 
tizimini 
tekshiradi; 
- interpretator-dastur muayyan sohadagi terminlarni sharhlash, izohlashga 
yordam beradi;
-ijro etuvchi dastur barcha tizimlar ishihi ta‘minlab beradi.
Ekspert tizimlari deklarativ va protsedurali bosqichlar asosida 
ishlaydi. Deklarativ bosqich 
– bu ekspert tizimiga kiritilgan 
bilimlar bazasi bo‗lsa, protsedurali bosqich ekspert tizimlarining mavjud 
bilimlar bazasiga tayanib hukm chiqarish va aniq qaror qabul qilish 
bosqichini o‗z ichiga oladi.
Informatsiya shiddat bilan ko‗payib borayotgan bugungi davrda 
ekspert tizimlarining bilimlar bazasini uzluksiz to‗ldirib, yangi bilimlar 
bazasi bilan boyitib BORISh muhim vazifa bo‗lib qolmoqda. Bilimlarning 
mavjud holatlar bilan muvofiqligi hamda bilimlar bazasining boyitilishi 
ekspert tizimlarining tushuntiruvchi dasturlari asosida amalga oshiriladi. 
1
Белонoгов Г.Г.
Компьютерная лингвистика и перспективные информационные 
технологии. - М.: Русский мир, 2004. - С.226; 


156 
Keyingi paytlarda bilimlar bazasi bilan shug‗ullanuvchi maxsus yo‗nalish 
ham shakllandi. Bu yo‗nalish 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish