35
S.Rizayevning nomzodlik dissertatsiyasi ham o‗zbek adabiy tilining
grammatik va fonologik sistemasini statistik tekshirishga bag‗ishlangan.
1
S.Muhamedov
tomonidan
yaratilgan
asarlar
2
kompyuter
lingvistikasiga oid keyingi tadqiqotlar uchun manba sifatida xizmat qildi.
A.Ayimbetovning doktorlik dissertatsiyasida statistik metodlardan
foydalanilgan holda o‗zbek, qozoq va qoraqalpoq tillarining yaqinligi
isbotlangan.
1996-yil 20-21-mayda Samarqand shahrida sohibqiron Amir
Temurning 660 yilligiga bag‗ishlangan "Injenerlik
tilshunosligi va til
o‗qitish jarayonini kompyuteriashtirish" muammolariga doir II xalqaro
ilmiy anjuman o‗tkazildi. Bu anjumanni akad.R.G.Piotrovskiy "Injenerlik
tilshunosligi va mustaqil davlatlarda informatsion industriyaning
tikianishi" mavzusidagi ma‘ruzasi bilan boshlab berdi. Shuningdek,
anjumanda "Turkiy tillar mashina fondining dolzarb masalalari",
"Injenerlik tilshunosligi va lug‗atshunoslik", "Nutq sistemasi va uning
unsurlarini kompyuter yordamida andozalash" singari o‗ttizdan
ortiq
qiziqarli ma‘ruzalar tinglandi hamda muhokama qilindi. Bu anjuman
materiallari alohida to‗plam holida nashr etilgan.
3
O‗zbek kompyuter lingvistikasini shakllantirish va rivojlantirish
maqsadida O‗zbekiston Milliy universitetida 2001-yilda kompyuter
lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyada o‗zbek tilining
matematik va
kompyuter modellarini yaratish, o‗zbek tilidagi matnlarni
tahrir qilish, inglizcha-o‗zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab
chiqish bo‗yicha ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib borildi.
Laboratoriyada nafaqat kompyuter tilshunosligi, balki kompyuter
adabiyotshunosligiga oid izlanishlar ham olib borildi.
Lingvistikaga doir
masalalar, ya‘ni tillarni o‗qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir
qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish bilan bir qatorda,
adabiyotshunoslikning kompyuter bilan hamkorlikdagi vazifalari: badiiy
asarni referatlash, dunyo miqyosidagi kutubxona, adabiyot uchun obyektiv
va universal
tahlil dasturlarini yaratish, asarlarni tartibga solish,
joylashtirish, qidirishga oid tadqiqotlar ham amalga oshirildi.
1
Ризаев С.
Ҳозирги ўзбек адабий тилининг грамматик ва фонологик системасини статистик
текшириш. Филол.фан.номз...дисc. –Т., 1970, 236 б.
2
Мухамедов С.
Статистический анализ лексико-морфологической структуры узбекских
газетных текстов. Автореф.дисc…канд.филол.наук. –Т., 1980, 25 с.; shu muallif. Ўзбек
тилининг алфавитли–частотали луғати. –Т.: Фан, 1982, 110 б.; shu muallif. Лингвистика и
нечетко – множественная природа естественного языка // Опыт экспериментального и
структурного изучения. –Т..: Фан, 1982.
3
Йўлдошев Б.
Компьютер лингвиcтикаси. – Самарқанд, 2009. –Б.9-17.
36
O‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi yo‗nalishlariga doir
ilmiy maqolalar e‘lon qilingan.
1
A.Po‗latovning N.Jo‗rayeva, S.Muhamedovalar bilan hammualliflikda
yozgan
«Разработка формальной модели
грамматики узбекского
языка» maqolasida o‗zbek tili grammatikasi formal modeli namunasi
keltirilgan. Tilning formal modeli matematik mantiqning aksiomatik
nazariya konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan.
O‗zMU magistrantlari U.Do‗simova va G.Valiyevalarning magistrlik
dissertatsiyalarida o‗zbek tilshunosligida ilk bor (rasmiy-idoraviy uslub
asosida) ayrim fe‘l va otlarni modellashtirish muammolari tadqiq qilindi.
2
So‗nggi
yillardagi
bitiruv
malakaviy
ishlari,
magistrlik
dissertatsiyalarining ma‘lum qismi kompyuter lingvistikasi masalalariga
bag‗ishlangan.
Jumladan, 2014 yilda tezaurus lug‗at mavzusiga doir
magistrlik dissertatsiyasi himoya qilindi
3
. 2016-yilda L. Abduhamidova
avtomatik tahrirga doir bitiruv ishini amalga oshirdi
4
. M.Abjalova o‗zbek
tilidagi matnlarni kompyuter vositasida tahrir qilish
dasturining lingvistik
ta‘mini masalalariga bag‗ishlangan magistrlik dissertatsiyasini himoya
qildi.
5
Kompyuter lingvistikasiga doir qo‗llanmalar nashr qilindi
6
.
Kompyuter lingvistikasiga oid quyidagi mavzular bo‗yicha bitiruv
malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda:
1. O‗zbek tilining rasmiy-idoraviy va kompyuter uslublarini ishlab
chiqish.
2. O‗zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish.
3. Tabiiy tillarning optimal modelini ishlab chiqish.
4. O‗zbek-rus-ingliz tillarining qiyosiy tahlili.
1
Do'stlaringiz bilan baham: