30
- agar xitoycha (yoki boshqa o‗zlashma) so‗zni tushunish qiyin bo‗lsa,
shuningdek, u koreyscha sinonimiga ega bo‗lmasa, u holda, yangi so‗z
topish lozim.
Xullas, Shimoliy Koreyadagi til islohoti siyosiy mohiyatga ega bo‗lib,
u tilning so‗z boyligiga katta ta‘sir o‗tkazgan.
Yaponiya
informatika, kompyuter lingvistikasi borasida jiddiy
yutuqlarga erishgan. Yaponiyada nanotexnika rivojlangan. Nano o‗lchov
birliklarining old qo‗shimchasi bo‗lib, ―milliarddan bir‖ni ifodalaydi. Bir
nanometr metrning milliarddan biridir.
Nano
yunoncha so‗zdan olingan
bo‗lib, ―mitti‖ degan ma‘noni bildiradi. Nano texnologiya – ―mitti
texnologiya‖ bo‗lib, uning prototipi tabiatning o‗zida mujassam. Ko‗zga
ko‗rinmas bakteriyalar, chumoli, o‗rgimchak va shunga o‗xshash
hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Nanotexnologiya atamasini birinchi bo‗lib 1974-yilda
yapon olimi
Norio Naniguchi ishlatgan. Bu sohadagi dastlabki texnik vositalar
Shveytsariyaning IBM laboratoriyasida ixtiro qilingan. 1982-yilda
skanerlovchi zondni ixtiro qilgan Gerd Bining va Genri Rorerlar 1986-
yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‗lgan.
Yaponiyada kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar 1981-yilda
e‘lon qilingan 5- avlod kompyuterlarini yaratish umummilliy dasturi
asosida olib borilmoqda.
Hozirda kishilik taraqqiyotining barcha jabhalarida kompyuter
lingvistikasi fanining yutuqlarini ko‗rish mumkin. Oddiy qo‗l telefonidan
tortib eng murakkab funksiayalar uchun
ixtisoslashgan kompyuter va
robotlar aynan mazkur fan taraqqiyoti samarasidir. Zamonaviy texnika va
kompyuter lingvistikasi borasida xorijda olib borilgan tadqiqotlar natijasini
quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1)
tabiiy tilni qayta ishlash asosida mashina tili sifatida xizmat
qiluvchi sun‘iy til shakllantirildi. Jumladan, inson va mashina
munosabatini ta‘minlash uchun kompyuterga ingliz tili asosidagi sun‘iy til
kiritildi. Sun‘iy til barcha yaratilgan mashina
dasturlarining asosiy va
yagona kommunikativ vositasiga aylandi;
2)
kompyuter lingvistikasi virtual munosabatlar shakllanishi uchun
baza vazifasini o‗tadi;
3)
kompyuter lingvistikasi ilm-fan yutug‗i bo‗lgan mashina
tarjimasining yuzaga kelishini ta‘minladi;
4)
kompyuter lingvistikasi sohasida turli xil lingvistik muammolarni
hal qilishga yo‗naltirilgan dastrurlar yaratildi va bunday tadqiqotlar davom
etmoqda. Ular, asosan,
matn tahriri, avtomatik tarjima, analiz va sintez,
31
tabiiy tilning qayta ishlanishi, kompyuter leksikografiyasiga oid dasturlarni
o‗z ichiga oladi;
5)
kompyuter lingvistikasi nazariy asoslariga
tayangan amaliy fan
sifatida rivojlanib bormoqda. Uning nazariy asoslari nutqiy jarayonni,
matnni o‗rganishning turli xil model (gipoteza)larini yaratishda, nazariy
asoslarini ishlab chiqishda ko‗rinadi. Fanning
amaliy xususiyati tarjima
mashinalarini yaratish va uning ishlash jarayonini tashkil etish bilan
beigilanadi. Xorij kompyuter lingvistikasida quyidagi uch usul va
metodlardan keng foydalaniladi:
а) mantiqiy-matematik usullar: inkor amali, konyunksiya, dizyunksiya
amallari kabilar;
b) nazariy -informatsion usullar;
d) ehtimollik-statistik usullar.
Do'stlaringiz bilan baham: