4. Gapning aktual bo‘linishlari. Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa, aktual bo‘linishda gap ma`no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qismi hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan noma`lumga qarab harakat qiladi.
Boshqacha aytganda, gapning konkret matndagi mundarijasidan kelib chiqib mazmun jihatdan bo‘linishi. Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1.So‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma`lum narsani ifodalovchi qism(tema); 2.So‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya`ni yangi informatsiya qismi (rema): Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari yana ham katta. Tema: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari, rema: yana ham katta.
Gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi: Institut studentlari (ifoda asosi) sport musoboqalarida ғolib chiqdilar (ifoda yadrosi).
Gapning hamma tiplari ham aktual bo‘linavermaydi. Odatda bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar, nominativ gaplar, to‘siqsiz gapning ba`zi tiplari aktual bo‘linmaydi.
YOzuvda gapning aktual bo‘linishi tinish belgilari bilan ajratilmaydi.
Oғzaki nutqda esa aktual bo‘linishda intonatsiya asosiy vositadir.
5. Paradigma va sintagma. So‘zning o‘zaro boғlangan shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilib, bir butun sistemani tashkil qiladigan ikki yoki undan ortiq formalari pardigma deb yuritiladi. Bunday formalarga ot yoki otlashgan so‘zdagi son (birlik, ko‘plik), kelishik, egalik; fe`llardagi zamon, mayl, shaxs-son formalari kiradi.
Boshqacha aytganda, til birliklari grammatik formalarning umumiy ma`nosiga ko‘ra birlashuvi, xususiy ma`nosiga ko‘ra farqlanuvchi sistemasi. Mas., otlarning kelishik bilan turlanish paradigmasi, fe`llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi kabi.
Sintagma (birlashgan narsa degani).
1.Nutqning mazmun va ritmik-milodik jihatdan bir butunlikni hosil qiluvchi semantik-sintaktik bo‘lagi. Sintagma bir yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi, hatto gapga teng bo‘lishi ham mumkin: Sovxozimiz paxta planini muddatdan ilgari oshirib bajardi.
2. Ikki so‘zning sintaktik boғlanishi bilan yuzaga keladigan nutq birligi (birikma yoki gap).
11-ma`ruza: TILLARNI TASNIFLASH ASOSLARI
R e j a :
1.Tillarning geneologik tasnifi.
2. Tillarning morfologik tasnifi.
3.Analitik tizimdagi tillar.
4. Sintetik tizimdagi tillar.
5. Polisentetik tillar.
Tayanch iboralar: affiksli tillar, flektiv tillar, agglyutinativ tillar, polisintetik tillar, tillarning tipologik tasnifi, sof analitik tillar, sintetik til, sheva, dialekt, differentsiatsiya, invariant vosita, xalq tili, yozma adabiy til, milliy tillar, integratsiya, tillar hamkorligi, tillar chatishuvi, substrat va superstrat hodisa, milliy til, kam tarqalgan tillar, ko‘p tarqalgan tillar, tillarning tarqalishi, millatlararo aloqa tili, xalqaro aloqa tili, jahon tillari, xalqaro til.
Tilshunoslikka oid adabiyotlarda 3000ga yaqin til borligi qayd qilingan. (Ayrim adabiyotlarda ularning soni 5000 gacha deb ko‘rsatilmoqda). Agar ularga shevalar ham qo‘shilsa, bu son nihoyat darajada oshib ketishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasida - 130
Hindistion - 720 til va sheva
Indoneziya - 180-200
Fillipin - 80
Janubiy Gveniya – 400 va hokazo.
Bu tillar funktsional jihatdan ham teng emas. Birida bir qabila gaplashsa, ikkinchisi xalqaro til hisoblanadi. Ba`zi tillar yo‘q bo‘lib ketgan (Amerikadagi hindu qabilalari tillari). O‘lik til-iste`moldan chiqqan, yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan til. Masalan: lotin tili, sanskrit tili.
Dunyoda shuncha miqdorda til mavjud ekan, tabiiyki,ularni tasniflab o‘rganishga ehtiyoj tuғiladi.
Ularning eng asosiy va muhim belgilarini nazarda tutib tasniflash nihoyatda mushkul vazifa ekanligini ham o‘tgan darsimizda ta`kidlab o‘tdik. Bir necha 100 yoki 1000 kishi gaplashadigan qabila tili ham, 400 mln.dan 500 mln.gacha odam gaplashadigan ingliz tili ham alohida til hisoblanadi.
Keyingi yuz yilliklarda, ayniqsa XVI-XVIII asrlar davomida turli tillarni o‘rganish natijasida to‘plagan ma`lumotlar ularni bir-biri bilan qiyoslab o‘rganishga omil yaratdi va asta-sekin tillarning bir-biri bilan yaqinlik, qarindoshlik munosabati borligi haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi.
Frantsuz olimi Gvilel’m Postellus (1510-1581)ning «Tillarning qarindoshligi haqida», golland olimi Iosif Skaligerning (1540-1609) «Evropaliklarning tillari haqida mulohazalar» asarlari yuzaga keldi. 1786 yilda ingliz sharqshunos olimi Vil’em Djounz (1746-1794) Kal’kuttada qilgan ilmiy dokladida sanskrit tilining grek, latin, kekel’t, got va qadimgi fors tillari bilan qarindoshligini ko‘rsatib berdi.
SHu tarzda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga ilmiy zamin paydo bo‘ldi.
Bu metodning shakllanishida F.Bopp (1791-1867) «Sanskrit tillarining tuslanish sistemasi va uning grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» (1816), «Sanskrit, zend, arman, grek, latin, litva, qadimgi slaviyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» nomli uch tomlik asari (1833-1952). Bu asarlari bilan tilshunoslikda agglyutinatsiya nazariyasini yaratdi.
Rasmus Rask (1787-1832)- «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi», YAkov Grimm (1785-1863)- «Nemis tili grammatikasi». U fonetik qonun, fonetikadagi o‘xshashliklar - «Grimm qonunini» yaratdi. A.X.Vostokov «Slaviyan tili haqida mulohazalar» (1820).
SHunday qilib avval qiyosiy-tarixiy metod, keyinchalik qiyosiy-tarixiy tilshunoslik vujudga keldi. Geneologik tasnif yaratildi.
XIX asrga kelib bu borada etarli ilmiy ma`lumotlar to‘plandi, tillarni tipologik guruhlashga ehtiyoj ortib bordi. SHu tarzda tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan:
areal-geografik
genetik-geneologik
morfologik-tipologik
funktsional struktural kabi.
Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonida xarakteristikasi, ayrim tillarining qo‘llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‘z ifodasini topadi. Mas.,O‘zbekiston hududida millat va elatlarning joylashishi. (Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi shuni ko‘rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘ғri kelmaydi).
Tillarning xalq tarixi bilan aloqasiga ko‘ra, asosan, uch tipga ajraladi: qabila tili, elat tili, milliy til.
Tilarning funktsional tasnifi qo‘yidagi belgilarga asoslanadi:
1) tilning o‘zi tegishli bo‘lgan xalq tarixi bilan aloqasi;
2) tilning jamiyatdagi vazifasi.
Tillarning ijtimoiy vazifasining kengayishi ularning funktsional differentsiatsiyalashuviga olib keladi. Natijada turli nutq stillari shakllanib boradi. Rivojlangan hozirgi tillarning ko‘pchiligida badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, so‘zlashuv kabi uslublar shakllangan.
Tillarning tipologik tasnifi da tillarning grammatik qurilishi asosga olinib, ularning asosiy tiplari belgilanadi. Unda tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farqlanadi. Morfologik tasnif ana shu usulga asoslanadi.
Morfologik tipologiya da ko‘proq so‘zlarning o‘zgarishi asosga olinadi. Tillarning morfologik tasnifi so‘z qurilishida o‘zak va affikislarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi. Bu tasnif tilshunoslikda keng tarqalgan.
Sintakaktik tipologiya gap va so‘z birikmalarida ifoda qilinadigan logik - semantik munosabatlarning universalligiga suyanadi, bunda kesim formasi, sintaktik aloqa, gapdagi logik semantik munosabatlar hisobga olinadi. Kesim formasiga ko‘ra gaplar ot va fe`l gaplarga ajratiladi.
Tillarning sintaktik tasnifida subekt-predikat, ob`ekt-atribut munosabatlarini ifodalanishiga asoslangan tasnif keng tarqalgan. Bu jihatdan I.I.Meshchaninov uch sintaktik tipni ajratadi: posessiv, nominativ, ergativ. Bunda ega nima bilan ifodalanishi hisobga olinadi. Posessiv-egalik, qarashlilik munosabatini ifoda qiluvchi maxsus sintaktik konstruktsiya. Nominativ-ega bosh kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalanishi. ergativ kelishik kavkaz tillariga xos.
Fandagi bu muammolarni hal qilishga chet el olimlari qatori o‘zbek tilshunoslari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Geneologik tasnifda til faktlari tarixiy printsip (usul) asosida o‘rganilib, tillarning qarindoshlik munosabati hisobga olinadi.
Struktural tasnifda hamma tillarning vazifasi bir xilligidan kelib chiqib, ulardagi umumiylik va o‘xshashlik asos qilib olinadi. Bu umumiy o‘xshashlik va universallik deyiladi.
SHundan so‘ng geneologik va morfologik tasnif va ularning afzal tomonlariga to‘xtalib o‘tiladi.
Geneologik tasnifni ham, qiyosiy-tarixiy tasnifni ham inkor etgan. O‘zining stadial tasnifini taklif qilgan. Bunda u til namontalogiyasi (tilning boshlanғich davridan qolgan qoldiqlarni o‘rganuvchi ilm) usulini qo‘llagan. N.YA.Marrning faraz qilishicha, insonlarning tovush nutqi dastlab to‘rt unsurdan sal, ber, yon, rosh dan iborat bo‘lgan emish. Dunyodagi barcha tillar ana shu to‘rt unsurdan tarkib topgan bo‘lib, hamma tillarning yaratilishida eng dastlabki umumiy materialdan bo‘lgan emish.
N.YA.Marrning bosqichli chizmasida har qaysi qardosh tillarning bir manbadan, bir o‘zak tildan tarqalganligi da`vo qilinadi, bu bilan esa geneologik tasnif inkor qilinadi.
SHu o‘rinda Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul luғatayn» asari.(107 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |