3.Analitik tizimdagi tillar.
Analitik – grekcha analitikas – echilish, ajralish demakdir. Analitik tillarning xususiyati shundan iboratki, bu tillarda grammatik munosabatlar qo‘shimchalar orqali emas, analitik vositalar (so‘z tartibi, boғlovchi, ko‘makchi va boshqalar) yordamida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, fors kabi tillar mana shunday tillardir.
Analitik tillarga roman tillari, Daniya, yangi grek va boshqa tilar kiradi.
4. Sintetik tizimdagi tillar. Sintetik tillarda grammatik ma`no qo‘shimchalar orqali, ya`ni so‘zning tarkibida ifodalanadi. Masalan, rus tilida knigu so‘zi leksik ma`nodan tashqari bir necha grammatik ma`nolarni ham ifodalaydi (vinitel’niy padej, birlik va jenskiy rod).
Sintetik (grekcha sintetikos – biriktirish, birikish ma`nolarini anglatadi) tillarga qadimgi hind-evropa tillari, hozirgi Litva, slavyan, nemis tillarining ko‘pchiligi kiradi.
Sof analitik va sof sintetik tillar bo‘lmaydi. Mas., budu pisat’, budesh’ pisat’, budut pisat’, budem pisat’ – pishu, pishesh, pishet, pishut kabi.
5. Polisintetik tillar. Bu tillarga amerika hindulari tili, chukot, koryak va boshqa tillar kiradi. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so‘zlar fe`l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim; to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida: t’mayn’valmnark’nmen – men (t’), katta (mayn), pichoqni (vala), charxlayapman (mnarkan); ti-ata-kaa-nmi-rkiin - men semiz buғularni o‘ldirayapman.
12-ma`ruza: TILNING TASHQI VA ICHKI JIHATI
TILNING TASHQI SHAROITI
Reja:
Tilning ichki tuzilishi.
Tillar taraqqiyotidagi farqlanish va o‘xshashliklar.
SHeva va lahjalar.
Adabiy til va uning mezoni.
Tillarning o‘zaro ta`siri.
Jamiyat tilsiz bo‘lmaydi va aksincha til ham jamiyatsiz bo‘la olmaydi. Til kichik bir qabila yoki kamroq sonli millat bo‘ladimi yoki xalq bo‘ladimi, barchasi uchun zarur bo‘lgan muhim muloqot vositasidir. Tildagi turli hodisa va vositalar, belgilar va xususiyatlar o‘zgaradi, biri yo‘qoladi, boshqasi hosil bo‘ladi. Asta-sekin til rivojlanadi. Agar biror tilda jamiyat a`zolari so‘zlashmay qo‘ysa, uni o‘lik til deb yuritiladi. Masalan, lotin, xet, shumer, akkad, got, pras, xurrit tillari ana shunday o‘lik tillar sirasiga kiradi. Lekin bu o‘lik tillar boshqa tillarga katta ta`sir o‘tkazib, hozir ham boshqa tillarda o‘lik tillaridan o‘zlashgan so‘z va iboralar, turli grammatik vositalar bor.
Tillarning saqlanishi va o‘lik tilga aylanishi tashqi shart-sharoitlarga boғliqdir. Tillar o‘rtasidagi aloqalar unda so‘zlashuvchi aholining joylanishi ya`ni geografiyasi va jamoaning madaniyati, iqtisodi, urf-odati, psixologiyasi bilan boғliqdir. Ba`zi tillarda juda kam odam so‘zlashsa, boshqa ba`zisida miilionlab xalq so‘zlashadi. Tillarning hududiy tarqalishi ham juda rang-barang. Masalan, ingliz va ispan tillari turli qitqa va mamlakatlarda tarqalgan hududiy variantlariga egadir. Tillarning mahalliy farqlari aks etgan varianti uning sheva va dialektlari deb yuritiladi.
Jahondagi ba`zi tillar va ularning dialektlari o‘rtasidagi farqlar hali aniqlanmagan. Tillar o‘z qo‘llanish sohasi bilan ham farqlanadi. Masalan, lotin till fanlarning turli sohalarida, ayniqsa, tibbiyot, biologiya, kimyo, geologiya, fizika va boshqalarda qo‘llanadi. Qadimiy grek till ham fanlarning turli sohalarida qo‘llanadi. Italyan tilidagi so‘zlar san`at sohasida ko‘proq qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |