Qadimiy so’zlar lug’ati
Demak, yangilik va eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan sozlar eskirgan qatlam. So‘z
ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‘qolishi, yoki ularning ma‘nosini
ifodalaydigan boshqa so‘zlarning paydo bolishi munosabati bilan ayrim so‘zlar asta-sekin
qo‘llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo‘llanadi. Ularning ba‘zilarini
tushunish
mumkin, ayrimlarini ko‘pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa,
izoh talab etadi. Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan
leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so‘zlar o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan, ammo hozir eskirib
qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy so‘zlar jamiyatda yo‘q
bolib ketgan
narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‘llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimi yo‘q.
Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim
– 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba‘zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‘lib qoladi.
Bunday so‘zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy qatlamda
ishlatiladi.
Masalan: boy so‘zining ma‘nosini qiyoslang: Boy Yo‘lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen
boy bo‘laman deb nima
ishlarni qilmading, oqibati nima bo‘ldi?
Arxaik sozlar. Hozir mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik
so‘zlar deyiladi. Arxaik so‘zlar yig‘indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so‘z
bo‘lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi.
Eskirgan so‘z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‘lgani
uchun uning
eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so‘z mavjud boladi. Aslida
bir narsaning birdan ortiq nomi bo‘lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera
oladigan
tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lib,
ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so‘zi
hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llanilyapti. Sekretar so‘zi eskirib,
arxaiklashib qolgan. Arxaik so‘zlar sozlovchining ko‘z oldida iste‘moldan chiqib
ketayotgan so‘zlardir: revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal
(internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), omiz (ko‘krak) kabi.
So‘zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi mumkin.
Shunga ko‘ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil boladi.
Leksik arxaizmda so‘z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida
eskirgan, bekat –
karvonlar to‘xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bagir – «jigar» ma‘nosida eskirgan, davlat
– «boylik» ma‘nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. Iboralarning
arxaiklashish holati kop, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham uchraydi: dasti
alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -
mish shakllari, ravishdoshning –bon,
-ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko‘rsatuvchi
bog‘lama eskirgan grammatik shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi (sovun,
qovoq).