Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti 304-guruh talabasi Numonova Dilnozaning o’zbek terminologiyasi va lug’atchiligi fanidan qayta topshirish ishi



Download 407,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.07.2022
Hajmi407,89 Kb.
#795874
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
terminologiya qayta topshirish



Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti 
universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti 304-guruh 
talabasi Numonova Dilnozaning o’zbek terminologiyasi 
va lug’atchiligi fanidan qayta topshirish ishi 
 
 


25.04.2022
XIX asr ikkinchi yarmi, XX asr o'rtalarida o'zbek lug'atchiligi 
O‘zbek lug‘atchiligi tarixida XIX asrning oxiri XX asrning boshlari alohida
o‘rin tutadi. Bu davrda xalqlar o‘rtasidagi ma‘naviy-ma‘rifiy munosabatlarni aks
ettiruvchi ikki va uch tilli so‘zlashgichlarning yaratilishi, bunda, ayniqsa, ruscha-
o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha, shuningdek, o‘zbek tilini boshqa yevropa va xorijiy
sharq tillari bilan qiyoslab o‘rganishga mo‘ljallangan lug‘atlarning yuzaga
kelganligi ancha e‘tiborli.
Davr nuqtayi nazaridan baho beradigan bo‘lsak, mazkur davr manbalari milliy
adabiyotimizda ―jadid davri adabiyoti‖ deb nomlanib, o‘zbek adabiyotshunosligida
an‘anaviy mumtoz badiiy adabiyotidan yangi o‘zbek adabiyotiga, o‘zbek
tilshunosligida esa eski o‘zbek tilidan XX asrda shakllangan yangi o‘zbek adabiy
tiliga o‘tish davriga, ya‘ni an‘ana va yangilik kesishgan nuqtada, oraliq maydonda
yuzaga kelgan manbalar. Bunda nafaqat badiiy adabiyot namunalarida, balki
leksikografiyaga oid mavjud lug‘atlarda ham ana shu oraliq holat ikki rivojlanish
nuqtani birlashtirish vazifasini bajarganligini va har ikki nuqtaning belgilarini
o‘zida namoyon qilganligini ko‘ramiz. Bu holat lug‘atlarning yaratilish maqsadi va
ehtiyojida, turlarida, tamoyillarida, so‘zliklarining berilishida, tarkibida, tarjima
lug‘atlarida so‘zlarni izohlash usullarida, leksikografik ishoralardan foydalanishda
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu davr o‘zbek lug‘atchiligining rivojlanishi, taraqqiyoti haqida 
fikr yuritar ekanmiz, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmi o‘zbek
lug‘atchiligi davri, ya‘ni jadid ma‘rifatparvarlari faoliyati bilan bog‘liq davr
lug‘atchiligining o‘rni haqida ham alohida fikr aytishga to‘g‘ri keladi. Inqilobni
qo‘llab-quvvatlash va ikkilanishlar davrida (dastlabgi davr) mamlakat taraqqiyoti,
millat ravnaqini o‘ylab, barcha sohani tiklashni, har sohada dunyo hamjamiyati
qatoriga ko‘tarilishni nazarda tutib, ommaning ong, ilm darajasini, ma‘naviyatini
yuksaltirish maqsadida ana shu qayd etilgan ziyolilar turli xil lug‘atlar tuzish, rus
tilini o‘rganish, ular bilan erkin muloqotni ta‘minlash kabi jihatlarni nazarda tutib


lug‘atchilik ishiga alohida e‘tibor qaratdilar. Ular bu borada qilinayotgan ishlarda,
ya‘ni ma‘rifat yo‘lidagi har bir ish – odamlar bilimini, ongini oshirish, ta‘limni
yaxshilashda faol ishtirok etdilar. Lug‘atlar tuzish ishida qatnashdilar: 1926-yili
G‘ozi Olim Yunusovning ―Qisqacha ruscha-o‘zbekcha siyosiy-huquqiy lug‘at‖i
nashr etildi. Bu lug‘at o‘sha davrda ilk bor yaratilgan terminologik lug‘atlardan.
Shuningdek, mazkur lug‘at o‘zbek lug‘atchiligida sohaviy – terminologik lug‘atlar
tuzishni boshlab berganligi bilan ham ahamiyatli; Ashurali Zohiriy tomonidan
―Ruscha-o‘zbekcha mukammal lug‘at‖ (2 jildli, 34 000 so‘zli, 1927-1928) tuzildi;
S.Rahmatiy, A.Qodiriylar ishtirokida ―Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik‖ (Toshkent-
Qozon, 1934 yil. Lug‘atning 1-jildi nashr etilmay qolgan); Elbek tomonidan
―O‘zbekcha shakldosh so‘zlar lug‘ati‖ (1924) tuzildi. Bu lug‘at o‘zbek tilida
birinchi bor tuzilgan maxsus lug‘at. Shuningdek, Elbek tomonidan ―O‘zbek to‘la
so‘zligiga materiallar‖ (O‘zdavnashr, 1935) asari ham nashr etiladi. Elbek bu
asarida o‘zbek tilining etimologik, morfemik lug‘atlarini yaratish borasidagi o‘z
nazariy va amaliy qarashlarini bayon qiladi, ular haqida ma‘lumotlar beradi.
Ibrohim Davron tuzgan ―Ibn Sino asarlarida qo‘llangan arabcha, forscha
so‘zlarning izohli lug‘ati‖ (1922) ma‘lum muallif tomonidan yaratilgan asar tili
asosida yaratilganligi uchun leksik tanlangan lug‘at sifatida muhim. Abdurauf
Fitrat tomonidan ―Eng eski turk adabiyoti namunalari‖ kitobining 3-qismi
lug‘atdan iborat (1927). Bu lug‘at darslik materiallari asosida tuzilganligi tufayli
o‘zbek lug‘atchiligida yaratilgan birinchi o‘quv lug‘ati hisoblanadi; 
M.Brilevning―Shokirjon Rahimiyning ―Kattalar Yo‘ldoshi‖ darsligi uchun o‘zbekcha 
ruscha lug‘at‖i (1927) ham yaratilgan. Bu lug‘at ham o‘sha davr jadid adibi tuzgan darslik
asosida yaratilganligi uchun ilk o‘quv lug‘ati.
Jadid vakillarining yetakchilaridan biri bo‘lgan To‘raqo‘rg‘onlik (Namangan
viloyati) Ishoqxon Ibratning ―Lug‘oti sitta al sina‖ (Toshkent, 1901) ko‘p tilli (6 ta
til) tarjima lug‘ati ham alohida ahamiyatga ega. Bu lug‘at, umuman, turkiy


lug‘atchilik tarixida XIV asrlarda tuzilgan ―Tarjumoni turki va ajami va mo‘g‘uli
va forsi‖ ko‘p tilli lug‘atidan keyingi, o‘zbek lug‘atchiligi tarixidagi birinchi ko‘p
tilli lug‘at ekanligi bilan juda muhim.
Bu davr lug‘atchiligi XIV-XIX asrlar oralig‘ida yaratilgan lug‘atlar ta‘sirida
shakllandi. Shu bilan birga, yangi davr, ya‘ni mustamlakachilik talablari bilan
bog‘liq ehtiyojlar asosida qaror topdi. Jadidlar faoliyat ko‘rsatgan davrdagi
lug‘atchilikning eng xarakterli jihati, yetakchi tomoni shundaki, bu davrda asosan
―o‘zbekcha-ruscha‖ va ―ruscha-o‘zbekcha‖ tarjima lug‘atlarini yaratishga alohida
e‘tibor qaratildi. 
O‘zbek lug‘atchiligi tarixida XXasr alohida o‘rin tutadi. Bu davrda turli
maqsadlarni ko‘zda tutgan ko‘plab terminalogik lug‘atlar, o‘quv va imlo lug‘atlari,
ikki va uch tilli so‘zlashgichlar yaratildi. Bunda ayniqsa, ruscha- o‘zbekcha va
o‘zbekcha- ruscha, shuningdek o‘zbek tilini boshqa yevropa va xorijiy sharq tillari
bilan qiyoslab o‘rganishga mo‘ljallangan lug‘atlar alohida o‘rin tutadi.
Ularning eng muhimlari sifatida E.D.Polivanovning ―Qisqacha ruscha-
o‘zbekcha lug‘at‖i(Toshkent, Moskva,1926), Ashurali Zohiriyning 2jildli ―Ruscha-
o‘zbekcha mukammal lug‘ati‖ (34 ming so‘z; Toshkent 1927-28), K.K.Yudaxinning
― Qisqacha o‘zbekcha-ruscha lug‘ati‖(arab grafikasida, Toshkent 1927),
U.Axmadjonov va B.Ilyozovning ―O‘zbekcha-ruscha lug‘at‖i (lotin grafikasida,
Toshkent 1931), S.Rahmatiy va Abdulla Qodiriylarning ―Ruscha-o‘zbekcha to‘la
so‘zlik‖ (2-jild, 34 ming so‘z; Toshkent- qozon,1934, lug‘atning 1-jildi nashr etilmay
qolgan), V.V.Reshetovning‖ Qisqacha o‘zbekcha-ruscha lug‘ati‖(Toshkent, 1935)
kabilarni ko‘rsatish mumkin. 40-yillarning boshlarida 17-ming so‘zli ―O‘zbekcha –
ruscha lug‘at‖ (Toshkent 1941) va 30 ming so‘zli ―Ruscha - o‘zbekcha lug‘at‖
(Toshkent 1942) yaratildi va nashr etildi. Professor T.N.Qori-Niyoziy va professor
A.K.Borokovlar tahriri ostida tayyorlangan ushbu lug‘atlar so‘zligining tarkibi
jihatidan ham, lug‘at maqolalarining to‘laligi jihatidan ham avval nashr etilgan


lug‘atlardan ancha mukammal edi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti leksikograflarining
respublikadagi tajribali tarjimonlar bilan hamkorlikda yaratgan 5 jildli ―Ruscha-
o‘zbekcha lug‘at‖ning bosilib chiqishi (78 ming so‘z Toshkent 1950-55), 50 ming
so‘zli 1 jildli ―Ruscha - o‘zbekcha lug‘at‖ (M. 1954) va 40 ming so‘zli 1 jildli 
―O‘zbekcha- ruscha lug‘at‖ (M. 1959) kabi lug‘atlarning nashr qilinishi o‘zbek
leksikografiyasining tarixida muhim voqea bo‘ldi. Mazkur lug‘atlar, ayniqsa, 1959 -
yilda nashr etilgan ―O‘zbekcha - ruscha lug‘at‖ o‘zbek tilining dastlabki, birinchi
izohli lug‘ati tuzish uchun asos bo‘ldi va uning ilmiy bazasini yuzaga keltirdi. Ushbu
lug‘atlarda o‘zbek leksikografiyasining tajribalari umulashtirilgan, hozirgi zamon
o‘zbek tilining leksik- semantik tizimi va XX asrda shakllangan meyorlari birinchi
marta keng tavsif etilgan edi. 



Download 407,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish