30.05.2022
"Tarjumon" asarida turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga oid ma'lumotlarning
aks etishi
Mo‘g‘ullar istilosidan keyin turkiy xalqlarning butun-butun guruhlari
arab mamlakatlariga, xususan, Misrga ko‘chadi va bu yerda oldindan yashab
kelayotgan xalqlar: arablar, forslar, turkiylar bilan birga hayot kechira boshlaydi.
Arab mamlakatlarida turkiy xalqlar mavqeining oshuvi ular tiliga qiziqishni yanada
kuchaytiradi. Misrda turkiy tillarni o‘rganish, ularni arab tiliga solishtirish va birbiriga
qiyoslash bo‘yicha filologik qo‘llanmalar soni ko‘payadi. Ana shunday
asarlardan biri – ―Kitobi tarjimon turkiy va ajamiy va mug‘uliy‖ asari. Bu
asarning muallifi va yozilgan vaqti aniqlangan emas. N.A.Baskakovning
taxminicha, bu asar XIII asrning o‘rtalarida yaratilgan. Mazkur asar tilshunos
Abdulla Yunusov tomonidan 1980-yilda nashr etilgan (―Таржумон‖ XIV аср
ёзма ёдномаси. Нашрга тайёрловчи Абд улла Юнусов. – Тошкент: Фан,
1980).
Asar 76 varaqdan iborat. Uning 62 varag‘i turkcha-arabcha, qolgani esa
mo‘g‘ulcha-forscha lug‘atlar. Asar Misr yoki Surıyada yozilgan deb faraz qilinadi.
Yodgorlik bitilgan joyda turkiy xalqlarning qipchoq, o‘g‘uz, turkman urug‘
xalqlari yashaganligi tufayli asarda ularning til xususiyatlari aks etgan. So‘zlikda
berilgan har bir bosh maqolada arab tilidan tashqari, turkiy, fors va mo‘g‘ul tillari
materiallari berilgan. Asosiy qism arabcha-turkiycha lug‘atdan iborat. Asarning
fors va mo‘g‘ul tillariga bag‘ishlangan qismlarida mo‘g‘ulcha-forscha va arabchamo‘
g‘ulcha lug‘at berilgan.
Bu asarning kirish qismida turkiy tillar lug‘ati va grammatikasi bo‘yicha
anchagina qo‘llanmalar mavjudligi haqida ma‘lumot keltiriladi. Bu ma‘lumot o‘sha
davrda turkiy tillarni o‘rganish va tavsiflash bo‘yicha ma‘lum an‘ana
yaratilganidan dalolat beradi.
Asar muallifi turkiy til shevalarining ko‘pligi va xilma-xilligini aytib,
bulardan ikkitasini alohida ajratib ko‘rsatadi: sof turkiy til va turkman tili
(turkmaniy til). Asarda keltirilgan material, asosan, sof turkiy tilga tegishli, bu til,
N.A.Baskakovning ko‘rsatishicha, qipchoq tili (Dashti qipchoq vakillarining tili).
Asarda izohlangan turkiycha so‘zlarning soni 1500 ga yaqin. Shulardan 90
tasi turkmancha yoki turkman tili orqali o‘zlashgan so‘z sifatida sharhlanadi.
Asarning turkiy tilga bag‘ishlangan qismi to‘rt bo‘limdan iborat:
1) otlar; 2) fe‘llar; 3) fe‘llarning tuslanishi; 4) qo‘shimchalar.
Lug‘atda otlar 26 mavzuviy-semantik guruhga ajratib berilgan. Shu
mavzuviy-semantik guruhlardan namunalar:
1) atoqli otlar va laqablar:
Aysalu, Aro‘slan, Atsitush, Mo‘g‘ultay,
Sato‘lmo‘sh, Altun, Aqbala, Gulnar, Gulbahar
kabi;
2) qarindoshlik nomlari:
ata, ana, cheche, ekajiepchi, kuyagu, kokurdash
kabi;
3) gavda a’zolarining nomlari:
bash, baltir, bago‘rsaq, bukrak, kerpik, egin
kabi;
4) yovvoyi va uy hayvonlarining nomlari:
qablan, bori, so‘rtlan, qulan,
qulun, tana, chibich, bog‘ra
kabi;
5) qush nomlari:
buldo‘rcho‘n, yabalak, sag‘izg‘an, qaz, sarlag‘ach,
tavshanjo‘l
kabi;
6) bog‘dorchilik va polizchilik nomlari:
alma, ayva, anjir, tal, sabaq, qavun,
tarbo
‘
z
kabi;
7) ro‘zg‘or buyumlari va ovqat nomlari:
qashuq, naeli, elak, ash, et,
tsavurma, churak
kabilar.
Tadqiqotchi A.Yunusov mazkur yodnomani arabchadan o‘zbek tiliga
mohirlik bilah o‘girgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |