Bunday umumiy tushuncha yo biron olmosh bilan yoki ma'no hajmi keng bo'lgan boshqa
bir so'z bilan ifodalanishi mumkin. Solishtiring: Yaxsh-yomon — hamma, do'st-dushman
— hamma, erta-kech — har vast, oshna-begona -hamma, eski-yangi — har xil, ostin-ustin
— to'polon, olish-berish — aloqa, bordi-keldi — aloqa.
Yarim antonimlarni tilshunos quyidagncha tushuntiradi: «Yarim antonimlarda belgilarning
zidligi asosiy o'rinda turadi. Inkor qilish, yuqorida aytilganidek, kuchsiz, sezilar-sezilmas
bo'lib, ularni juft holda olib, biror umumiy tushunchaga to'la ravishda tenglashtirish har
vaqt mumkin bo'la bermaydi. Masalan: er-xotin — oila (ammo oila
ersiz yoki xotinsiz
bo'lnshi mumkin), opa-singil — hamshiralar (ulardan biri «hamshira» deyish mumkin),
o'gil-qiz — bolalar (ulardan birini, ko'pligini ham «bolalar» deyish mumkin) yigit-qiz.
chol-kampir, kuz-bahor, aka-uka kabilar uchun ham xuddi shunday bir umumiy
tushunchaga tenglik xarakterli emas.
1.
to'la antonimlar mustaqil bo'lib, ularning qarama-qarshi ma'no bildirishi uchui
koitekst
2.
bo'lishi shart emas: qurmoq-bizmoq, tirik-o'lik, ko'pchilik-ozchilik, past-baland,
3.
yorug'-qorong'i va shu ko‘rinishda.
2. Antovimik juftlikdagi so'zlarning biri, ikkinchisi bilan o'rin almashtira oladi: arzon
qimmat yoki qimmat-arzon kabi. O‘zbek tilida ko'pgina antonim so'zlarni stili talabiga
ko'ra almashtirib bo'lmaydi. katta-kichik, yaxshi-yomon; -u, -yu yuklamalari bog'lovchi
vazifasida qo'llanganda ham antonim so'zlarning o'rni o‘zgarmaydi. Kunu tun katta-yu
kichik. Ammo: kichik-u katta tarzida qo'llanmaydi.
3. Bir semantik zanjirga aloqador bo'ladi: kun-tun(vaqt) o'ng-chap (tomon) kabi.
4. Antonimik juftlikni tashkil etuvchi to'la antonimlarning har biri o'z sinonimlariga, ya'ni
to'liqsiz antonimlarga ega bo'lishi mumkin: sovuq-issiq, sovuq-qaynoq, sovuq-jazira,
sovuq-qizib ketgan (qizigan) kabi.
5. To'la antonimlardan yangi, hatto boshqa turkumdagi so'zlar yasalganda ham (ular o'zak
e'tibori bilan) o'zaro ma'no zidligini saqlaydi: yosh-qari (sifat), yoshlik-qarilik (ot)
yosharmoq-qartaymoq (fe'l) kabi.
6. Ular ko'p
ishlatiladi, kishilarning xotirasida chuqur o'rnashgan bo'ladi. Shuning uchun
ularning birini aytish bilan ikkinchisi esga kelaveradi: er-osmon,
olmoq-sotmoq va shu
ko‘rinishda.
7. Antonimik juftlikdagi so'zlar hamma yoki bir necha ma'nosi bilan o'zaro antonim bo'lib
keladi.
8. Antonimik juftlikdagi so'zlar grammatik bir so'z turkumiga oid bo'ladi: hayot-o'lim (ot),
yaxshi-yomon(sifat) va shu ko‘rinishda.
Tilshunoslar to'liqsiz antonimlarni quyidagi belgilar asosida ko'rsatadi.
1. To'liqsiz antonimlar asosan fikrni aniq ifodalash, yorqin obrazlar yaratish uchun
ishlatilib, ular ko'pincha
nutq jarayonida, kutilmaganda yuzaga keladi, doim yangilikdek
sezilib turadi.
2. Antonimik juftlikdagi so'zlardan biri ikkinchisining ta'sirida qo'shimcha ma'no
nozikligiga ega bo'ladi.
3. To'liqsiz antonimlarning hosil bo'lishida bir so'zga teng bo'lgan
frazeologik birliklar
ishtirok etishi mumkin.
Keltirilgan misollardan ko'rinadiki, antonimlarning to'la va yarim yoki to'liqsiz
antonimlarga ajratishda, asosan, ularning nutqda qo‘llanilishidagi xususiyatlari, bir
semantik
zanjirga, bir so'z turkumiga oidligi, stilistik farqlar,
emodionallik kabi xislatlar
nazarda tutiladi. M. R. Livov bunda antonimik juftlikdagi so'zlarning leksik ma'nolari
miqdorini tilga olgan bo'lsa-da (7-punkt), biroq u ko'p ma'noli so'zlar hamma ma'nolari
bilan yoki faqat bir necha ma'nosi bilan bir-biriga zid qo'yiladimi bunga befarq qarab,
ularni har ikki holda ham to'la antonimlar qatoriga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: