qilgan. A frosiyob h a r vaqt bu viloyatga kelganida shu
qishloqdan boshqa joyga turmagan. Forsiylarning kitobida
aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan. U jodugar
bo iib , Nuhpodshohningbolalaridandir. U о ‘ zinin g Siyovush
nomli kuyovini o id irg a n . Siyovushning
Kayxisrav nomli
o ‘g ‘li b o ‘lib, u otasining qonini talab qilib, k o ‘p lashkarlar
b ila n bu v ilo y a tg a k e lg a n id a A f r o s iy o b s h u R o m tin
qishlog‘ini hisor qilib turgan. Kayxisrav o ‘z lashkarlari bilan
ikki yil shu hisor atrofmi o ‘rab turdi va uning r o ‘b a ro ‘siga
bir qishloq
bino qilib, bu qishloqni R om ush deb atadi. Uni
yaxshiligidan R o m u s h deganlar. Bu qishloq hozirgacha
obodondir. Kayxisrav Rom ush qishlog‘ida otashparastlar
ibodatxonasini qurdi: otashparastlarning aytishlaricha, bu
ibodatxona Buxorodagi otashparastlar
ibodatxonalarining
eng qadimiysidir. Kayxisrav ikki yildan keyin Afrosiyobni
tu tib o 'ld ird i. A fro siy o b n in g g o ‘ri B u x o r o d a M a ’b ad
darvozasida rahmatli X o'ja Imom Abu Hafs Kabir tepaligiga
tutashgan k atta tepalik ustidadir.
B uxo ro aholisi Siyovushning o ‘ldirilishi t o ‘g ‘risida ajoyib
a s h u l a l a r t o ‘q i g a n : k u y c h i l a r b u q o ‘s h i q l a r n i « K i n i
Siyovush» - «Siyovush jan g i» deb ataydilar.
M u h a m m a d ibn J a ’far (a n -N a rs h a x iy ) o ‘sha v a q td a n
b u y o n uch m in g yil o ' t g a n deydi. (N a rs h a x iy . « B u x o r o
tarixi»).
Yettinchi afsoiia:
Afrosiyob tomonidan Siyovushning oMdirilishi.
B uxo ro arki
hisorining bino etilishiga m an a shu voqea s a b a b b o i g a n :
S i y o v u s h ibn K a y k o v u s
o"z
o i a s i d a n q o c h i b , J a y x u n
daryo sidan o 4 ib , Afrosiyobning oldiga keldi.
A frosiyob uni
y a x s h i q a b u l etdi va o ‘z qizini u n g a x o t i n l i k k a b e rib ,
aytishlaricha, barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat
o ‘ziga vaqtincha berib qo'yilgan joy ekanligi tufayli, Siyovush
bu yerda o ‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi. Shund ay
qilib, u Buxoro hisorini bino qildi va ko'proq vaqt o ‘sha joyda
turar edi. (Kimlardir) u bilan Afrosiyob o 'rtasid ay o m o n gap
yurgizgandi va (natijada) Afrosiyob
uni o id ir d i ham da shu
h iso rd a sh arq iy d a r v o z a d a n k irav e rish d ag i « D arv o zai
g ‘u riyo n » deb a t a lg a n s o m o n f u r u s h la r d a rv o z a s in in g
ichkarisiga dafn etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari
o ‘sha joyni aziz tutadilar va unga atab har bir erkak kishi
har yili N av ro ‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o'sha joyda
bittadan xo'ro z so'yadi. Buxoro
aholisining Siyovushning
o ‘ldirilishiga bag'ishlab aytgan marsiyalari b o ‘lib, u barcha
viloyatlarga m a sh h u rd ir. K uychilar uni « o ta sh p ara stlar
yig'isi» deydilar. Bu gaplar b o ig a n ig a hozir uch ming yildan
ortiqroq vaqt o ‘tdi.
Shunday qilib, m a n a shu riv o y atg a k o ‘ra bu hisorni
Siyovush
bino qilgan, b a ’zilar esa Afrosiyob bino qilgan
d e g a n l a r . S o ' n g b u h i s o r b u z i lib k e tib , k o ‘p y illa r
vayronligicha qoldi (Narshaxiy. «Buxoro tarixi»).
Do'stlaringiz bilan baham: